Psixologik tadqiqot bosqichlari:
1. Tayyorgarlik bosqichi: vazifa, faraz va metodikani aniqlab olish.
2. Ma`lumot to`plash bosqichi. Metod kichik bosqich va seriyalarga bo`lib
o`tkaziladi.
3. Tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilish bosqichi korrellyatsiya koeffitsienti,
o`rtacha qiymat, standart og`ish va boshqalarni hisoblash, grafiklar tuzish.
4. Natijalarni interpretatsiya qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
YUqoridagi bosqichlar asosida tashkil etilgan psixologik tadqiqotlar
ko`zlangan maqsadga olib borish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollar.
1.Psixodiagnostikaning tamoillari qaysilar?
2.Psixodiagnostik shaxsga qo‘yiladigan talablarhaqida nimalar bilasiz?
3.Psixodiagnostikaning ma’naviy-axloqiy talablari haqida fikr bildiring?
4.Metodikaning validligi turlari haqida fikr bildiring?
5.Metodikaning ishonchliligi va aniqligi haqida fikr bildiring?
9-MAVZU. Bilish jarayonlari psixadiagnostikasi (diqqat).
R e j a :
1.Diqqat psixodiagnostikasi.
2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari.
3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
Tayanch tushunchalar: Diqqat,diqqatning ko`lami,barqarorli, ko`chishi,kontsentratsiyasi,korrektur sinovi,
Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan
aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va
to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga
bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi. Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi sifatida) ham, holat ham (masalan, e`tiborlilik) deb qarash mumkin.
Diqqatning ishtirokisiz faoliyatni amalga oshirish mumkinmi?
Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq namoyon bo`ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko`ra diqqatning -
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi turlarini ajratish imkonini beradi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi,
to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir.
Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt
ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud
bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori
bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor-pertseptiv
zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan
ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi. Ko`pgina qo`zg`atuvchilar orasidan, ajratib olingan ayrimlarigina tanlovchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy ko`rsatkichi bu tezlik bilan ko`plab ob`ektlar orasidan kerakli qo`zg`atuvchini topa olishda, sifat ko`rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo`ladi. Diqqatning muvaffaqiyatihar ikkisini ham o`z ichiga oladi.
Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va ob`ekt ustida
diqqatni uzoq vaqt to`plab turishni ta`minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat
barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda
ko`plab va yo`naltirib turilishidir.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o`zida sub`ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo`naltirib va to`plab turishidan iborat. Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko`rsatkichi sub`ektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi.
Diqqatning ko`chishi, uning yo`nalishi va to`planishini bir ob`ektdan
boshqasiga o`tishi tushuniladi. Uning ko`rsatkichi sub`ektning bir faoliyatdan
boshqasiga o`tishining qiyinligida namoyon bo`ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha,
diqqatning ko`chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Asab tizimi
harakatchan bo`lgan kishilar diqqatining ko`chishi oson, rigid - qotib qolgan bo`lsa,
qiyin bo`ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko`chishi shaxs
xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog`liq: YUqorida sanab o`tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan bog`liq bo`lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |