1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Diqqat kontsentratsiyasi va barqarorligi o`rtasida qanday farq mavjud?



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə26/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
6594 Majmua

Diqqat kontsentratsiyasi va barqarorligi o`rtasida qanday farq mavjud?
Diqqatning barqarorligi va to`planishini o`rganish ishlab chiqarish amaliyoti
extiyojlaridan kelib chiqqan. Ixtiyorsiz diqqat barqarorligini o`rganish uchun
apparatura metodlaridan foydalaniladi, ixtiyoriy diqqatni o`rganishda esa, albatta,
shaxsning faolligi hisobga olinadi. Bunda eng keng tarqalgan usul korrektura
sinovidir. Korrektura sinovini Burdon tomonidan ishlab chiqilgan va Anfimov tomonidan modifikatsiya qilingan varianti keng foydalaniladi. Diqqat barqarorligining ko`rsatkichi tanlash tezligining o`zgarishidir. Bu metodda stimul 1 ta emas, bir nechta (mn), o`z navbatida vaqt oraliqlari ham bir nechta (Tn). Butun tekshirish mobaynidagi tanlash tezligining o`zgarishi quyidagicha ifodalanadi: Diqqat kontsentratsiyasining shartli ko`rsatkichi (K1 i KN) vazifani bajarish aniqligi koeffitsientini-ta`sir bilan va ta`sirsiz koeffitsientning o`zaro munosabati. Aniqlik koeffitsienti ta`sir bilan va ta`sirsiz holatlar uchun ham Uippl formulasi bilan hisoblanadi. Tadqiqot o`tkazishdan oldin Burdon-Anfimovning korrektur sinovi blankasi tayyorlanadi. Kirill alifbosidagi harflar 30 qatorga 40 tadan yozib chiqiladi. Tekshiriluvchi ana shu harf ichidan ko`rsatilgan harflarni chizib chiqadi. “CHizing” degan buyrukdan so`ng qaysi harfda to`xtagan bo`lsa, usha joyga vertikal chizib chiqadi. 30 sekundlik oralikda eksperimentator belgilab boradi, 2-4 oraliqda 15 sekund mobaynida ovoz chiqarib har xil harflarni aytib turadi. Bu tadqiqot 5 minutga mo`ljallangan.
Natijalarni tahlil qilishda quyidagilarga asoslaniladi:
1) natija- dastur bilan solishtiradi.
2) korrektura blankasidagi vaqt oraliqlari aniqlanadi: (T1....T10)
3) har bir vaqt oralig`i uchun to`g`ri javoblar aniqlanadi (m)
4) har bir vaqt oralig`i uchun tanlash tezligi S(S1....S10) aniqlanadi.
5) grafik tuzib chiqiladi, diqqat barqarorligining shartli dinamikasi deb atalgan
grafikning obtsissa o`qiga 30-sekundlik oraliqdagi (T1....T10) ordinata o`qiga
tanlash tezligi (S1....S10) qo`yiladi;
6) ta`sirgacha bo`lgan diqqatning aniqlik koeffitsienti hisoblanadi;
(Abn va Abn)
7) diqqat kontsentratsiyasi (K 1 va K n ) hisoblanadi;
8) diqqatning barqarorligi va kontsentratsiyasi haqida xulosa chiqariladi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin