Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Diqqatni psixik faoliyatdagi ahamiyati nimadan iborat?
2. Nima uchun diqqat tanlovchanlik xususiyatiga ega?
3. Diqqat xossalarini sanang?
4. Diqqat ko`lami qanday asbob yordamida aniqlanadi?
5. Diqqatning kontsentratsiyasi qanday omillarga bog`liq?
11.12-MAVZU: Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi ( Xotira).
R E J A :
1. Xotira psixodiagnostikasi uchun mo‘ljallangan (D.Veksler xotira shkalasi, A.Benton vizual retensiya testi
2. R.Meyli xotira testi) hamda umumiy psixodiagnostik sinovlar (qatordagi elementlarni eslab qolish, assotsiativ eslab qolish, tanib qolish vazifasiga asoslangan va yodlash jarayonini diagnostika qilishga asoslangan sinovlar)
3. Xotiradagi individual xususiyatlarni aniqlash.
Tayanch tushunchalar: Xotira,esda oldirish,unutish,esgatushirish,antitsipatsiya,operativ xotira.
Inson xotirasi voqelikni aks ettirish shakli bo`lib, axborotni qabul qilish, qayta
ishlash va saqlash jarayoni deb qaraladi. Psixologik tadqiqotlarda xotira-inson shaxsi
yaxlitligining muhim tarkibiy qismi deb baholanadi. SHuning uchun ham inson
xotirasida saqlanayotgan axborotlar qayta tuzilishi, ayrim hollarda tez esda qoldirib,
boshqa vaziyatlarda qiyinchilik tug`dirishi ham mumkin. SHaxs shakllanishi bilan
uning xotirasi ham yaxlit tizimga aylanib boradi. Psixik aks ettirish shakliga ko`ra xotiraning - obraz, hissiy, so`z-mantiqiy va harakat xotirasi turlari farqlanadi. Agar xotirani yagona tizim deb qaralsa, uning turlari turli darajani tashkil etadi. Masalan, qisqa muddatli xotira axborotni qayta ishlashning birlamchi bosqichi hisoblanadi. U materialni qisqa muddatda esda qoldirish va qayta esga tushirishda, esda saqlashda namoyon bo`ladi. Operativ xotira faoliyatning aniq maqsadlari uchun zarur bo`lganda materialni esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iboratdir. Uzoq muddatli xotirada materiallar uzoq muddatga esda qoldiriladi, saqlanadi va qayta esga tushiriladi. Eksperimental tadqiqotlarda ko`pincha xotiraning alohida jarayoni va turlari o`rganish predmeti bo`lib xizmat qiladi.
Inson xotirasi bilan hayvonlar xotirasi o`rtasida farq bormi?
Xotirani eksperimental o`rganishda ko`pincha tekshiriluvchilarga u yoki bu
qo`zg`atuvchi eslab qolish uchun beriladi va biroz o`tgach uni qayta esga tushirish
so`raladi. Bunday tajribalarda 4 ta o`zgaruvchi mavjud: 1) qo`zg`atuvchi materialni
tekshiriluvchiga berish usuli; 2) materialni esda qoldirish usuli. 3) materialni esda
qoldirish va unutish o`rtasidagi oraliq. 4) esda qoldirilgan materialni qayta esga
tushirish usuli. Esda qoldirish jarayoni-antitsipatsiya yoki yodlash, axborotni esda saqlashsaqlash; tanish-o`xshash qatorlar, individual xususiyatlar esa qatorning tushirib
qoldirilgan a`zosi metodlari bilan o`rganiladi. Tanish jarayonini tajriba yo`li bilan o`rganilganda berilgan materialni esda qoldirish va uni qayta esga tushirishni o`rganish alohida o`rin tutadi. Bu tanish jarayonini xotiraning boshqa jarayonlaridan farqini ajratib turuvchi asosiy xususiyatdir. Tanish boshqa jarayonlarga nisbatan engilroq, muvaffakiyatliroq deb qaraladi. Ammo, sun`iy ravishda tanish jarayonini murakkablashtirish mumkin. Bunda ko`rsatiladigan qo`zg`atuvchilar soni ko`paytiriladi yoki ularning xususiyatlari orttiriladi. Ba`zan tekshiriluvchi yo`l qo`yadigan xatolar soni ortib boradi. O`xshash qatorlar metodi tanish jarayonini o`rganishning klassik uslublaridan biridir. Bu metodda tekshiriluvchiga avval so`zlar qatori beriladi, so`ngra biroz vaqt o`tgach undan ko`ra uzunroq so`zlar qatori beriladi. Bu qatorda avvalgi berilgan so`zlar ham mavjud bo`lib, tekshiriluvchining vazifasi ularni aniqlashdan iboratdir. Natijalarni tahlil qilishda quyidagi ko`rsatkichlar aniqlanadi. Birinchidan, tanish jarayonining miqdoriy ko`rsatkichini aniqlanadi (KT). Bu koeffitsient to`g`ri tanilgan so`zlar sonining (m) umumiy ko`rsatilgan so`zlar soniga (N) nisbatini 100 ga ko`paytirilganiga teng, ya`ni Agar xatoliklar mavjud bo`lmasa, u holda tanish koeffitsienti 100% ga teng bo`ladi.
Ikkinchidan; tanish jarayonining sifat ko`rsatkichini aniqlash uchun xatolar
koeffitsienti K x hisoblab topiladi. Bu koeffitsient ikkinchi marta ko`rsatilganda yo`l
qo`yilgan xatolar sonining (R) umumiy so`zlar soniga nisbatini 100 ga
ko`paytirilganiga teng. Tanish va xatolar koeffitsienti bir -biriga teskari bog`liqlikka egadir. Komp’yuter xotirasi va inson xotirasi o`rtasida farq bormi?
Operativ xotirani ko`pincha amaliy maqsadlarda tadqiq etiladi. Ayniqsa, bu
muammo bilan muhandislik psixologiyasi shug`ullanadi. Operativ xotirani o`rganish
jarayonida esda qoldirish xajmi, esda saqlash muddati, materialni qayta esga
tushirishning aniqligi e`tiborga olinadi. Laboratoriya tadqiqotlarida G.V.Repkina ishlab chiqqan va T.P.Zinchenko tomonidan qayta ishlangan metoddan foydalaniladi. Tajriba raqamli material yordamida olib boriladi. Bunda tasmaga bir, ikki, uch xonali sonlar yoziladi. Tekshiriluvchining vazifasi eksperimentator tomonidan ko`rsatilgan raqamlarni o`chirishdan iborat. Natijalarni tahlil qilish uchun quyidagi uchta ko`rsatkich olinadi; Birinchidan, barcha sinovlar uchun to`g`ri topilgan raqamlarning o`rtacha miqdorini topish. Bu ko`rsatkich esda qoldirishning o`rtacha xajmi (V) ya`ni,
bu erda m- har bir sinovda tekshiriluvchi tomonidan to`g`ri topilgan raqamlar soni, N
- sonlarning dasturdagi mikdori. Ikkinchidan; - bu operativ xotirada materialning saqlanish muddati: bu erda l - tajriba boshlanishdan tekshiriluvchining birinchi xatoga yo`l qo`yguncha o`tgan tasma(lenta) uzunligi, S - tasmaning o`tish tezligi
(bu erda S q5 mm G` s.) Uchinchidan: - bu operativ xotirada qayta esga tushurishning aniqligi (A). bu erda P - tekshiriluvchining xatolari soni. Tajriba boshlangunga qadar o`zi yozib oluvchi tasmaga 30 ta uch xonali (1- bosqich uchun), 60 ta 2 xonali (2-bosqich uchun) va 30 ta 1 xonali (3-bosqich uchun) sonlar yozib tayyorlab qo`yiladi.
1-bosqich – 1 sinovdan, ikkinchisi 2 ta va 3-bosqich 1 ta sinovdan iborat. V, T
va A ko`rsatkichlari solishtirilib, vazifaning murakkabligi operativ xotiraga qanday
ta`sir etishi haqida xulosa chiqariladi.
Xotirani tajriba yo`li bilan o`rganish qanday amaliy ahamiyatga ega?
Inson xotirasining tiplari sof holda juda kam uchraydi. Ko`p hollarda ular birbiri bilan qo`shilib ketgan bo`lib, ulardan biri boshqasiga nisbatan etakchilik qilish
mumkin. Ana shu etakchi xotira tipini aniqlash uchun qatorning ushlab qolingan a`zolari metodidan foydalaniladi. Bu metodning mohiyatiga ko`ra tekshiriluvchiga qator so`zlar o`qib beriladi, so`zlardan esda qoldirilganlarini qayta esga tushirib aytib
berishi kerak. Xotirada qoldirilgan so`zlar soni (m) ni hisoblab, qayta esga tushirish
koeffitsientini (Kv) topish mumkin. Etakchi xotira tipini aniqlash uchun qo`zg`atuvchi material turli usulda ko`rsatilishii mumkin. (ko`rish, eshitish, yoki aralash). eksperimentator materialni ko`rsatishi, o`qib berishi, yoki tekshiriluvchiga materialni o`qib berilayotganda pichirlab takrorlab turishi, havoda qo`li bilan yozib turishiga ham ruxsat berilishi mumkin. Har bir sinovdan so`ng tekshiriluvchi eslab qolgan so`zlarini tartibidan qat`iy nazar varaqqa yozib chiqadi. Tajriba natijalarini tahlil qilishda qayta esga tushirish koeffitsienti taqqoslanib, xotiraning etakchi tipi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Mavzu yuzasida nazorat savollari:
1. Psixik faoliyatda xotiraning roli va ahamiyati qanday?
2. Xotira jarayonlariga tavsif bering.
3. Materialni esda koldirish qanday omillarga bog`liq?
4. esda saqlash va unutish bir-biriga qanday aloqada bo`ladi?
5. Xotiradagi individual farqlar qanday aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: |