1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə35/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
6594 Majmua

Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma'noni anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat hamda iste'dodlar majmuasidan iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta'kidlab o’tiladi, chunonchi shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi.
Talantning asosiy belgilari:
a) muvaffaqiyatni ta'minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
v) originallik unsurining mavjudligi qobiliyat hamda iste'dodlar yiqindisidan iborat ekanligi;
d) individual psixologik xislatliligi;
e) ijtmoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchilik imkoniyati kabilar.
Psixologik ma'lumotlarni umumlashtirgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta'kidlab o’tish talant tuzilishini yaxshiroq tushunish imkoniyatini yaratadi.
1) talant - bu shaxs psixik xislatlarining shunday birikmasidirki, uni a)alohida yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) xatto noyob sifat tariqasida o’lchab bo’lmaydi.
2) shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud ekanligi hamda yetarli darajada taraqqiy etganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o’rnini bosib yuborishi (konsensasiya qilish) mumkin.
Moskvaning umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari tomonidan o’quvchilarning talanti, iste'dod tushunchasi o’rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig’indisi aql iste'dod tuzilishini vujudga keltirilgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin:
A) bunday shaxsning birinchi xususiyati ziyraklik, shaylik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir.
B) shaxsning ikkinchi xususiyati uning mehnatga tayyorgarligi (mehnatga moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir.
V) insonning uchinchi xususiyati unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mahsuldorligi. Ma'lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, maxsus iste'dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi.
Psixologik tadqiqotlardan ma'lum bo’lishicha birorta ham qobiliyatning yo’qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste'dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo’li bilan muvaffaqiyatli ravishda o’rni bosib boriladi.
Qobiliyatlar rivojlanishini quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin.


layoqat qobiliyat darajasiga ko’tarilishi uchun eng murakkab yo’lni bosib o’tishi kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab, bir necha bosqichda amalga oshadi.


Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo’li bilan, ikkinchidan mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo’li, bilan uchinchidan, umumlashgan aqliy operasiyalarni shakllantirish yo’li bilan borishi kerakki, bu operasiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o’zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilishni ta'minlasin. To’rtinchidan, o’quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo’li bilan borish kerakki?, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat'iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana olmaydi. Oltinchidan, maktab o’quvchilariga nisbatan individual munosabatda bo’lishni umumiy talablar bilan to’g’ri qo’shib olib borishdir. qobiliyatning muayyan izchillikda namoyon bo’lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko’rsatib turibdi.
Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo’lishi mumkin. Ilmiy abstraksiyalash qobiliyatning ikki darajasini farqlash imkonini beradi; reproduktiv va ijodiy aks ettirish darajalari. o’z qobiliyatini rivojlantirishning birinchi darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o’zlashtiradi. Faoliyatni o’rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik munosabatda bo’lish yaramaydi albatta, birinchidan har qanday reproduktiv aks ettirish, faoliyat ijodiy faoliyat elementlarini ijodiy aks ettirish faoliyati esa reproduktiv faoliyat elementlarini, o’z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o’zgarmas va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o’zlashtirib, ko’nikma hosil qilish jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o’tib turadi. qobiliyatning tabiiy manbai ham mavjud bo’lib va u tabiiy zehn deb yuritiladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin