Qobiliyatlar tasnifi Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo’linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini, og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini, o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o’z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo’lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi.
O’quv qobiliyatlari bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir; 2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir; 3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir. Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga chiqariladi.
F.A.Gallning fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat" sifatlari miya yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab ko’rish orqali go’yo odamning qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi va og’irligiga bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi 2001 gramm, D.G Bayronniki 1800 grammni, mashhur ximik Yu.Libixniki 1360 grammni, yozuvchi Afransniki 1017 gramni tashkil qilgan. Eng katta miya aqliy jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan.
1675 yilda F.Galtonning "Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550 yilda ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan. Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan.
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik qollarda mashhur odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni hobiliyatlar taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.