1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Diqqat xossalarini tabiiy sharoitda ham o`rganish mumkinmi?



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə25/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
6594 Majmua

Diqqat xossalarini tabiiy sharoitda ham o`rganish mumkinmi?
Diqqatni o`rganishga yo`naltirilgan laboratoriya metodlari blankalar usulidan
iborat bo`lib, ular korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur
sinovi blankalari turli stimullardan-harflar, raqamlar, geometrik shakllardan iborat
bo`lishi mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib
bir xil tarzda belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko`rsatkichi vazifani
bajarishning aniqligi koeffitsienti bilan belgilanadi. Vazifani bajarishning aniqligi
koeffitsienti (A) Uippl formulasi bilan hisoblanadi: bu erda N - umumiy aniqlangan stimullar soni, R-qoldirilgan stimullar soni, rnoto`g`ri aniqlangan stimullar soni. Diqqat tanlovchanligining yana bir ko`rsatkichi, tekshiriluvchi tomonidan berilgan stimulni topish uchun sarflangan vaqt (m) (T.C) dir. U bitta stimulni topishga sarflangan vaqt (S) tanlash vaqti deb qaraladi. Tanlash tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S = mT
Bu uslubni o`tkazish uchun kirill alifbosidagi harflardan iborat blankalar
tayyorlanadi. Har bir blankada 10 qatorga 54 tadan harf yozilib ular ichida tartibsiz
holda 24 so`z (turli darajadagi qiyinlikdagi) yashiringan. Tekshiriluvchining vazifasi
ana shu so`zlarni topishdan iborat. Bunda sarflangan vaqt e`tiborga olinadi. Eksperimentator avvaldan tayyorlangan dastur-blankasiga ega bo`ladi. Natijani
tahlil qilishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1) Natija dastur blankasi bilan solishtiriladi.
2) CHizilgan so`zlar soni sanab chiqiladi.
3) Qoldirilgan so`zlar soni sanaladi(p):
4) Noto`g`ri chizilgan so`zlar soni aniqlanadi- (r).
5) To`g`ri chizilgan so`zlar soni (m) aniqlanadi.
6) Uippl formulasi bo`yicha A ni hisoblanadi.
7) Tanlash tezligini hisoblash (S).
8) Barcha tekshiriluvchilar uchun o`rtacha ko`rsatkichni aniqlash.
Ana shular natijasiga ko`ra diqqatning tanlovchanligining individual xususiyati
tahlil qilinadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin