1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə18/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
6594 Majmua

Apparaturali testlar - bu shunday testlarki. unda test natijaJarini qayta ishlash va ko‘rsatish uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan, audio va videotexnika, elektron hisoblash mashinalari. Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o ‘rganiladi va unga aniq m iqdoriy va sifatiy tahlil beriladi. masalan, materiallarni esda olib qoJish jarayoniga. individlarning
guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin.
Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida. bilish sohasining qandaydir bir turida yutug'ini baholashda qo’llaniladi, masalan, tafakkum ing mantiqiyligi, diqqatning barqarorligi, verbal tafakkuming rivojianganlik darajasi.
Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini diagnostika qilish bilan bog’liqdir. masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va boshqalar.
Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test
kishining u yoki bu psixologik sifatini to 4g*ridan-to'g‘ri em as, balki
bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining k o ‘p m a'noli ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat syujetining noaniqligi, shaklsiz dog'lar, tugallanmagan jum lalar va boshqalar kiradi. Bunday ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o'z -o‘zining «proektsiyasini» ko'rsatib berishi deb yuritiladi. Bu guruh testlariga, R orshax testi, Tematik Appertseptiv Test (T A I) va boshqalar kiradi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati
tu g ‘ilganda q o ‘Ilaniladi. Psixodiagnostik eksperim ent metod sifatida kamdan-kam
voqelikda, asosan, kishining zarur psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash im koniyati bo‘lmaganda q o ‘llaniladi. Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy jarayonlarning xususiyatlari qiziqtirganda
qo'llaniladi, yutuqqa erishish testlari esa kishining qobiliyati, k o ‘nikm a va m alakalarini baholash vazifasini o ‘taydi. Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining um um iy k o ‘rsatkichini aniqlash va miqdoriy baholash zarurati
tug'ilganda foydalaniladi. Psixodiagnostik m etodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo'yiladi:
1. Testning ijtim oiy-m adaniy adaptatsiyasi.
Bu so‘zlar tuzilm asi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan test topshiriqlari ushbu jam iyat madaniyati m illiy qadriyatlariga m os b o ‘lishi zarur degan m a’noni anglatadi. M asalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir m am lakatda birinchi m arta q o’llanilayotgan bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi s o ‘z-m antiqiy bo‘lmasa, balki obrazli amaliy tafakkurli bo‘lsa, test
albatta ijtimoiy-madaniy moslashtirilgan boMishi shart. Agar test m oslashtirilm agan holda, ya'ni qanday b o ls a shundayligicha q o ‘llanilsa, u holda biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu m am lakatda yashovchi kishilaming tafakkuri taraqqiyotining ko'rsatkichiga mos kelm aydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu m am lakatda so‘z-m antiq tafakkuri asosiy rolga ega bo‘lsa-yu, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo'lsa, u holda biz aqliy taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega boklamiz.
2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi. U shbu talabga binoan, testning so’z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasm lar kishilar tom onidan har xi] idrok qilinishi va
tushunilishi momentlari boMmasligi kerak.
3. Test topshiriqiarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi. Bunda psixologik test topshiriqiarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi lozim, chunki kishi o ‘zining ish qobiliyatini yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir.
4. Ushbu test uchun m e'yorlarning mavjudligi. Test me'yorlari deb. ushbu test reprezentativligining o fcrtacha ko‘rsatkichi tushuniladi. ya'ni k o ‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o*rtacha ko'rsatkichi bilan individning k o ‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, sinaluvchilarning yoshi. jinsini aniq bilgan holda. katta tanlam a guruhidan olingan test natijalarining 0‘rtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi. Test me'yorlari - bu kishilar taraqqiyotining o 'rtach a ko'rsatkichi.
Har qanday me'yor, o ‘lchov ham vaqti bilan o'zg arib turadi. chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik
taraqqiyotida o ‘zgarishlar boMadi, masalan, XX asrning birinchi choragida kishilarning intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan m e’yorlar. shu asrning oxirgi choragida qo'yilgan me’yorlarga to*g‘ri kelm aydi chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichiari ancha yuqorilagan. Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga k o ’ra kamida har besh yilda test m e'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart. asosan bu intellektual testlarga talluqlidir. Test me'yorlariga q o ‘yilgan talablardan tashqari, test o'tkazishni, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning q at’iy qoidalari mavjud. Bularquyidagilardir: U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o ‘zida boshqa bir kishida sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o ‘tkazish bilan bogMiq bo'lgan xatoliklarning oldini olish imkonini beradi.mnSinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va
ko'rsatm alam i yaxshi tushunib olishi uchun oldindan tayyorgarlik ko*rib qo'yish.
Test o ‘tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi, birbiriga xalaqit berm asligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test natijalarini o'zgartirib yuborishi mumkin. H ar bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish uchun
asoslangan va aniq ishlangan matematik-statistik usuliami oldindan tayyorlab qo‘yish. Biz test turlari va uning me'yorlariga q o 4yilgan talablarni o 'rg an ib chiqdik, endi test m e'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o 4tsak.
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980-yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi, V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida toMiq yoritib o ‘tilgan. Ammo ko4rsatib o ‘ti!gan adabiyotlarda psixom etrik testlam ing asosiy muam mosi, test
m e’yorlari toHiq yoritib berilm agan. Bu birinchi navbatda amerikalik
testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining yaratgan
qo'llanm asi, g 4arb testologlari tomonidan ikkita asosiy printsipi zaruriy tanqidiy muhokam alarga ega bo'lm aydi, bular diagnostic m e’yoriy sifat tarzida statistik me'yorlaming qo'llanilish muammolari va normal modellarga ham m a em pirik ma’lumotlarning taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlar m uam m osi. Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining qisqacha kontekstini analiz qilib o‘tamiz:
1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o 'lch o v testi - bu qisqa topshiriqlam ing punktlarning ketma-ketligi, sinaluvchi tomonidan topshiriqlar bajarilishi natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. M asalan, alohida topshiriqlardan tuzilgan intellektual testlam ing interpretatsiya qilinishi: «echimi to‘g ‘ri», «echim i noto*g4ri», «javob yo4q» (vaqt etishm asligi sababli topshiriqni o'tkazib yuborilishi), shaxsiy savolnom alam ing tahlil qilinishi: sinaluvchi tom onidan ta'ktdlanishi lozim bo'lgan javoblar berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»). Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi, kalit h ar bir punkt b o ‘yicha sonlar bilan ifodalanadi. Masalan, topshiriqning
to 'g ‘ri echim iga - «+1». Noto’g‘ri o'tkazib yuborilganiga — «0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini k o ‘rsatib beradi.
2. Psixometrikada o‘lchov m uam m olari va test punktlarining xususiyatlari. O ’lchov ko’rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu - o'lchanayotgan xususiyatga berilgan kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial psixom etrikada bunday fizik etalonlar m avjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o kzi
bajaradi, buni shunday tushunish kerakki, topshiriqning m urakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb qarash m um kin. Ya’ni, topshiriq qancha m urakkab boMsa. uning echimini toppish uchun kishi qobiliyatining darajasi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Test punktlarining kuchi va m urakkabligini test o‘tkazish yordam idagina aniqlash mumkin. M urakkablikni aniqlash «foizli
o ‘lchov» bilan belgilanadi, test topshiriqlariga «to'g'ri» javob bergan sinaluvchilar foiz bilan aniqlanadi, ya'ni «foiz» qancha kichik b o klsa. murakkablik shuncha yuqori bo‘ladi. Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsim lanishi ko‘rsatib beradi. Agar test ballarining taqsimlanishi egriligi o ‘ng tomonli assim etriyaga ega bo‘lsa, unda test murakkab topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assim m etriyaga ega bo’lsa, u holda test topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin