1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
6594 Majmua

Psixodiagnostika - shaxsning individual-psixologik xususiyatlari farqlarini (aniqlab o‘lchashda) har xil m etodlar bilan aniqlab o ‘Ichasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so'rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga asos b o ‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan m etodikalarning
kamligi k o ‘rinib qoldi.
Psixodiagnostikaga m atematik-statistik metodlar va korrelyatsiya ham da tahlil qilish, faktorli analiz paydo bo’lishi va takomiilashuvi, psixom etrik tadqiq qilish am aliy jihatdan juda katta Samara berdi. Fan va texnikada diagnostikaning juda kcrp turlari bor. M asalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini o'rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika - har xil texnika sistemalari.
elektron hisoblash m ashinalari, kom pyuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni o ‘rgatadi; sport diagnostikasi - jism oniy jarayonlarning o'zgarish holatlarini o ‘rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika - shaxs guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini aniqlab.
sifatli va mikdoriy jihatdan o ‘lchab beradi.
Test - shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini. Irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda
qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar. Testlashtirish - psixodiagnostika m etodlaridan biri bo’lib. standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordam ida individual
farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan 0 ‘lchash. Etuklik testlari psixodiagnostika m etodlaridan biri bo'lib. konkret bilim, malaka va k o ‘nikmalarning o ‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: harakat testlari, og’zaki va
yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar. m ateriallar asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi. Intellektual testlar - psixodiagnostika m etodlaridan biri bo’lib individning aqliy taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi.
Proektiv test motivatsiyaning anglanilm agan yoki to'liq anglanilmagan shakllarini o ‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning yagona psixologik metodidir. «Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tom onidan 1939 vilda qo’lIangan. Shuningdek, u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi: Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi,
bulutlar testi, uch o ‘lchamli proektsiya testi). Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi). Sharhlash metodikalari (SA TO , TAT, Rene Jil testi). To’ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
K atapsis metodikalari (psixogram m a, proektiv o‘yin). Ekspressiyani o'rganish m etodikalari (dastxat, m uloqot tahlili). ijod m ahsulini o'rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo). Bunday m etodikalam ing asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti va qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvaio, shaxsning m unosabatlar sohasini aks ettiradi va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan m axsus reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi. M azkur ishlar o ’quvchilam i maktab, kollej va litseylarda o’qish jarayonida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo'naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini. ta'lim va
tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo‘naltirilgan.
Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda o'tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi: Ongli m aqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va akadem ik litsey hamda kasb-hunar koileji o ‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalarining yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvoflqligini psixologik tekshiruvdan o'tkazadi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O 'quvchilam ing kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning hissiyotlari, irodaviy sifatlari, 0‘z‘04zini boshqarish
im koniyati, intellektua! darajasini tekshiradi. M aktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta’lim m alakalari, k o 4nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi
kam chiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi buzilishlar
sababini diagnostika qiladi. Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosabatini
o'rganish uchun ulami tekshiradi. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilm iy tavsiyalar ishlab chiqish.
Hozirgi zam onda fanga m a’lum, insonning psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini o'rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik m etodikalar am aliyotda keng qo'llanilm oqda. Yangi
ilmiy tushunchalam i bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida. ularga xos belgilarni o ‘rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalam i ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan fanlaming, masalan fizika fanining tusbuncba va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar q o ‘yüdi va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va verifikatsiya talablaridir.
Operatsionalizatsiya talabi asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda albatta aniq, konkret muolajalar. usul va metodlami ko'rsatib berish va ular yordam ida ilmiy tushunchalam i bayon qilishda bu ko‘rinishlar haqiqatdan
mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim.
Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati ish jarayonida ilmiy tushunchadagi ko^inishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatJarga ega ekaniigiga ishonch hosil qila olsin.
Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilm iylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha, fanga kiritilayotgan yangiliklar, albatta. haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash m aqsadida tekshiruvdan o'tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so4zi «tekshirish»
m a'nosini anglatadi. Bu har qanday tushuncha b o ‘shliqdan paydo bo’Imaganligini, haqiqatdan ham m avjudligini isbotlashda, unga mos psixodiagnostik muolajalar yordam ida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv» tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga m a’lum tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, k o ‘rinishiam i aniq
tavsiflab bera olishimiz kerak.
«M otiv» tushunchasini quyidagicha ta’riflab ko‘raylik. “ Motiv - bu ichki, psixologik, o ‘zini anglagan yoki o*z-okzini anglamagan odam harakatini q o ‘z g ‘atuvchi manba hamda u bir maqsadga yo‘naltirilgan holda faollikni qoMlab turadi‘\ Bolalar psixodiagnostikasi am aliyotida faqat validli aniq va
ishonchli metodlar qokllanilishi shart, aks holda natijalam ing ishonchsiziigi va noaniqligi ham da xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi yuzaga chiqishi mumkin. Q o'llanilayotgan m etodlar sifatiga, uning yordam ida olingan
natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik m etoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi m uassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o ‘tkazishda bir qator kasbiyahlokiy tavsifga ega talablar q o ‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir: H ar qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola
shaxsiga ziyon etkazish m aqsadida qollanm asligi shart Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o ‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). G o'daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlam i ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi
mumkin. O ta-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan m ustasno) m utaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o ‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‘liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil om illarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olm asdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‘la olmaydi. Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o ‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib brogan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart. Psixodiagnostikada qo‘llanilayotgan ko'pgina m etodikalar yosh m e’yorlari atamasi bilan bogMiq.
Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog’lom ham da tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o'rganilayotgan xususiyatlarning o'rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog’liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me’yorlari o‘rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og'ishi, o'tkazilgan tadqiqotdan
olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko'rsatkichlari me’yordan yuqori bo4lsa, u holda bola o ‘z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi b o isa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi. Ikkinchidan - bu o 'z-o ‘zidan m e'yorlam i o ‘rganib turishdir. M a'lumki, jam iyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o'rtacha k o ‘rsatkichi
o ‘zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o ‘n yil oldingi m e'yorlardan
hozirgi paytda foydalanish m um kin em asligini ko'rsalib beradi. shuning uchun ham har bir m etodikani har 3 - 5 yilda albatta qayta tekshirib k o ‘rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixoiogik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib b oim aydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki boianing uquvchanlik qobilivati, yangi hayotiy tajribalarni o'zlashtira olishi, ta'lim sifati ham da ko'pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bogiiqdir. Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik m etodikalarni q o ila sh va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko’rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab k o’rish
bosqichlari quyidagilardir. Psixodiagnostika so‘zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixoiogik bilim lar va tadqiqotlar sohasi
hisoblansa, ikkinchisi psixoiogik bilim lam i amaliyotda q o ila y olish sohasidir. ilm iy soha sifatida psixodiagnostika; printsiplar. h ar xil psixodiagnostik metodlaming ilm iyligini tekshirish m uolajalarini va usullarini qam rab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda q o ila y olish k o ‘nikma va m alakalarini
psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan. Ilmiy va amaliy sohada ham odam ning psixoiogik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiiadi. Hozirgi zamon psixologiyasida ju d a kokp psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, am m o ularning hammasi ham ilm iy asoslangan deb aytolmaymiz. B undan tashqari, m etodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik m etodlar mavjud.
X ususiy psixodiagnostik metodlar shunday m etodlar sirasiga kiradiki, ular
o'rganilayotgan psixoiogik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko'rsatih bera oladi, ya'ni m uayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo'llaniladi. Yuqorida aytib o ‘tilgan maqsad uchun q o ‘llanilmaydigan m etodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o ’rganadigan m etodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. U lar asosan em pirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda
qo'llaniladi. Ularning asosiy maqsadi - ishonchli bilimlar, faktlami olishdir. Psixodiagnostik v a tadqiqot metodlari farqlarini ko'rsatib beruvchi ikkita misol) ko‘rib o ‘tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi. Bu 16 faktorli R .K ettell testi. M azkur standartlashtirilgan savolnom a o‘ziga 187ta mulohazani qamrab oigan bo‘lib, 16ta guruhga bo'lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash m umkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. U shbu testdagi mulohaza, ko‘rsatma. qo'llashdagi m uolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo'llaniladi va o’zgartirilmaydi.
2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari. M asalan, odamni m axsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini 0‘rganish uchun m o‘lja!langan eksperiment ishlab
chiqilm oqda.
Eksperim entni shunday tuzish m um kinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‘rinish, belgilarning har birini alohida o ’rganish im konini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperim ent o ‘tkazadi. B undan tashqari, bolaiar bilan o‘tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperim ent, ulami maxsus eksperimental sharoitda kuzatish im konini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb yuritiladi.
Bu psixodiagnostik m etodlar psixologiyaning turii sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo'llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa - psixologik maslahat,
psixokorrektsiyada ham da psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa
jabhalarda, masalan, kasbga yo‘naltiruvchi malakali m utaxassislar tayyorlashda qo’llaniladi. T o 'g 'ri tashkil qiiingan eksperim entda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o'tkazilgan eksperiment o ’rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko'rsatdim i, y o ‘qm i, bilib olishimiz sharl.
Yuqorida aytib o'tilgan flkrlar psixologik maslahat va psixologik
korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. Psixologik m aslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ¡shi shifokor mehnatini yodga soladi. ya'ni shifokor bemorning kasalini va
muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o ‘tkazad¡. Psixolog ham diagnostika bilan shug‘ulanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot darajasini tashxislab, so'n g ra maslahat va korrektsiya ishlarini am alga oshiradi. Jahonda psixodiagnostik m etodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularni sxematik qarab chiqilm asa, farqlab olish ju d a ham mushkul. Psixodiagnostik m etodlarning umumiy sxem atik
klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o ‘tish mumkin: Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar. Savolnomali psixodiagnostik m etodlar. Ob’ektiv psixodiagnostik m etodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o ‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperim ental metodlari. Kuzatish asosidagi psixodiagnostik m etodlar, albatta, kuzatish
olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish. Qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab
olinadi. Yuqorida ko'rsatib o ‘ti!gan psixodiagnostik talablar - standartlashtirilgan kuzatish deb yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo'yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqam iz(R.Beyls m etodi bo'yicha).
-Sharoitni engillashtirish
-Muammo echim ini tak lif qilish
-Savollarga javob berish
-M a'Iumotlar berish
-Tushuntirib berish
-Yordam berishni tak lif qilish
-Yordam
-Tushuntirib berishni so‘rash
-M a'Iumotlar berishni so ‘rash
-Savollarga javob berishni so‘rash
-M uammo echim ini so‘rash
-Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab oigan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy k o ‘rinishlar ifodalangan. Kuzatish natijalarini m iqdoriy tahlil qilishda statistik metodlami quyidagicha tartibda q o ‘llash lozim:
-olingan natijalarni foizlar bo ‘yicha hisoblash;
-o ‘rtacha arifmetik qiymatni topish;
-o ‘rtacha kvadrat o g ‘ishni topish (sigma);
-son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini artiqlash (dispersiya);
-omillar o'rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya);
-metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (Styudent mezoni).
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart b o ’yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu m etodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnom a, intervyu. sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari,
o ‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi. Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda b o iad i. Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o ‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilm aym an», «rozim an, rozi emasman», «aytish qiyin». Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq
savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi. Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik m etodlar shaxs sifatlarini to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to 'g 'rid a n -to 'g ‘ri yo'naltirilm agan savollar usulida b o lish i m um kin. T o‘g‘ridan-to‘g ‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o ‘zida u yoki bu psixologik sifatlaming kokrinishlari bor yo'qligi haqida javob beradi. T o 'g ‘ridan-to‘g ‘ri yo‘naltirilm agan savollar, sinaluvchidagi o'rganilayotgan xususiyatga to ‘g ‘ridan-to‘g’ri yo'naltirilmagan bo‘lib. ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o ‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. M asalan. Shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik. o‘ychanlik):

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin