1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


- MAVZU: Shaxs psixodiagnostikasi. Shaxs xususiyatlarini o‘rganish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə44/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
6594 Majmua

18- MAVZU: Shaxs psixodiagnostikasi. Shaxs xususiyatlarini o‘rganish
m etodikalari


Reja:

1.Shaxs psixodiagnostikasida qo‘laniluvchi metodik vositalarning turlari.


2.Shaxs so‘rovnomalarining keng tarqalgan namunalri haqida.
3.Shaxs psixodiagnostikasida ob’ektiv va situatsion testlardan foydalanish muammolari.
4. Shaxsning qadriyatlar orientatsiyasini diagnostika qilish.
Tayanch tushunchalar:SHaxs, individuallik, individ, shax psixodiagnostikasi, qiziqishlar, yo‘nalganlik, ob’ektiv va situatsion testlar, qadriyatlar orentatsiyasi.

Shaxsni o’rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning qiziqishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli va boshqa savolnomalar ham keng qo'llaniladi. Savolnomalar yordamida tadqiqot o'tkazish eksperimental psixodiagnostik tekshiruv o'mini bosmaydi, ulami to‘ldiradi, chuqurlashtirishi mumkin.


Bolalarni tekshirishda savolnomalardan foydalanish o ‘z xususiyatlariga ega. Masalan, bola mustaqil ravishda savolnoma qog‘ozini toidirishi mumkin emas, chunki savolni noto‘g ‘ri tushunib, noto‘g ‘ri javob berishi mumkin. Tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtirishda, uning ma’nosini tushuntiradi, shundan so‘ng javobni maxsus qog‘ozga belgilab qo'yadi.
R .K ettell testining bolalar varianti -Bu metodika avvalgi metodikalardan farqü oMaroq, bog'cha bolalari va boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun maxsus mo'ljallangan b o lib , Kettellning kattalar uchun mo’jalIangan 16- om illi shaxsni o'rganish testining moslashtirilgan variantidir. Testning tuzilishi.Test bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o‘z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganük – aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal va eng maksimal nuqtalari oralig'i 10 ballni tashkil etadi. O’rtachasi esa 5.5 bail. Quvida 11 ta shaxs xususiyatlari tavsifi berilgan. Metodika bo‘yicha shaxs xususiyatlarining 3 xil rivojlanish darajasi bor: quyi (1-3 bail), o ’rtacha (4-7 bail), yuqori (8-10 bail). Har turli shaxs xususiyatlarining rivojlanishini aniqlashda ikki oxirgi qutb hisobga olinadi va quyi miqdori qabul qiiingan shkala bo'yicha ularga mos miqdoriy baholar va qisqacha ta’riflar beriladi. I. E kstraversiya Bu shkala bo'yicha yuqori ball 8-10 ball bo’lib. bolaga – ochiq ko'ngil, ko'ngikhan, kirishuvchan, hamma narsada qatnashuvchan odamlarga e'tiborli deb ta’rif beriladi. Bu shkala bo‘yicha past bailar 1 dan 3 gacha. Bunday bolalar esa kamgap, «ichimdagini top», birovga íshonmaydigan, atrofdagilarga beparvo bolalardir.
Mazkur shkala bo‘yicha yuqori ball to'plagan bola ijobiy his-tuyg'ularga ega. quvnoq, kirishimli, tez til topishadigan, deb tavsiflanadi. Xuddi shu shkala bo‘yicha past balli bola birovga ishonmaydigan, arazchi, ichki his-tuyg‘ularini yashira olmaydigan va atrofdagilar bilan til topisha olmaydigan. deb hisoblanadi. Ular ko‘pincha qaysar va xudbindirlar.
II. 0 ‘z-o ‘ziga ishonch. Bu shkala bo‘yicha yuqori ball (8-10 ball) to'plagan bola past xavotirlikka ega. Bu shkala bo‘yicha past balli (1 -3 ball) bola o'ziga ishonadi va tez xafa bo‘ladi, arazlaydi. Bunday shaxs xususiyatining pastligi aniqlangan bolalar muvaffaqiyatsizliklariga qattiq e'tibor beradi, boshqalarga nisbatar o'zini kam qobiliyatli, kuchsiz deb hisoblaydi, o ‘z his-tuyg*ularini yomon nazorat qiladi, yangi muhit va turmush sharoitlariga moslashishi qiyin kechadi. Bu shkala bokyicha yuqori natijaga ega bo‘lganlar — yaxshi ijtimoiy moslashuvchan bolalardir.
III. Hissiy barqarorlik.-Bu shkala bo‘yicha yuqori ball (8-10 ball) to’lagan bola - chidamli, sabr-toqatli, tez qo'zg'aluvchan va ta'sirchandir. Past balli bolalar esa (1-3 hall) ko‘pincha xotirjam, bosiq. Kam kuzatuvchan va flegmatiklardir. Kuchli ta’sirlanadigan bolalaming diqqat-e’tibori bir joyda turmaydi, tez harakat qilib turadi. Bu sifat bo'yicha past baholanganlar esa bosiqlik va m uvozanatlilik bilan ajralib turadilar.
IV . M ustaqillik- Bu shkala bo4yicha yuqori natijaga ega bola (8-10 ball)—mustaqil, hech kimga tobe bo4lmaydigan, o ‘z aytganida turadigan, atrofdagilardan ustun b oiish ga harakat qiladigan bolalardir. Past ko‘rsatkichli bola esa (1 -3 ball)-ko‘proq tavakkal qiladi va loqayddir.
V. Fahm –farosat - Bu ko'rsatkich bo'yicha yuqori natija egalari (8 -1 0 ball)—jiddiy, ehtiyotkor, aqlli-zakovatli, turli xulosa chiqara oladigan bolalardir. Past ko'rsatkichlilar (1 -3 ball) esa - tavakkal qiluvchilar, loqaydlar. Ular mas’uliyatsiz, avantyurist, o‘ziga yuqori baho beruvchilardir. Yuqori ball to‘plagan bolalar e s a o ‘zlarini yaxshi tutishadi, xavfxatardan yiroq yurishga harakat qilishadi.
VI. Vijdonlilik - Bu shkala bo‘yicha yuqori bahoii (8-10 ball) bolalar - vijdonli, samimiy, buyurilgan ishni vaqtida bajaradigan, ma‘suliyatlidirlar. Past ko‘rsatkich egalari esa — vijdonsiz. ma’suliyatsiz bolalardir. Shaxsning bu xususiyati insonlaming yurish-turish qoidalari normalarini bola qanday qabul qilayotganini aks ettiradi. Odatda bu shkala bo4yicha past ko'rsatkichga ega bo 'lganlar ishonch qozona olmaydigan, o'qituvchi va ota-onalar bilan tez-tez urishib turadigan bolalar hisoblanadi. Yuqori ballilar esa tartib-intizomli, ma’suliyatni chuqur his qiluvchilardir.
V II. Dadillik - 8 -1 0 ball yuqori ko4rsatkich - jasur, qat’iyatli, tez qarorga keladiganlarga xos, 1-3 balli past ko'rsatkich egalari - uyatchan, o ‘z ish va harakatlarida ikkilanadiganlardir.
V III. Uddaburonlik - Bu shkala bo‘yicha yuqori ballilar (8-10 ball) - xayolparast, uquvsiz, «haqiqatdan yiroqda» yuruvchilardir. Bu shkala bokyicha past ballilar (1-3 ball) - aksincha, realist, uddaburon, o kziga ishonadiganlardir. Bunday bola ko‘pincha o’zini mustaqil tutadi, birovdan yordam kutmaydi, aksincha, yuqori ballilar esa ishonuvchan, laqma, birovlarning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj. muhit ta’sirlariga beriluvchandir.
IX. Optimizm - Yuqori baholi (8-10 ball) bola ko’pincha past kayfiyatda yuradi. Qalb xotirjamligidan tez chiqadi. Past baholi (1-3 ball) bola esa, odatda, xotirjam va tushkunlikka kam beriladi.
X. O‘z-o‘zini nazorat - Yuqori balli (8-10 ball) bolalar o'z xulq-atvorini yaxshi nazorat qiladi, ijtimoiyjihatdan moslashuvchandir. Shaxsning bu xususiyati bo'yicha past bailar (1 -3 ball) o ’z xulqatvorini idora qila olmaslikdan dalolat beradi.
XI. Xotirjamlik - Bu shkala bo‘yicha yuqori ko‘rsatk¡chli (8 -1 0 ball) bola yuqori darajadagi asab tarangligi bilan ajralib turadi. Past balli bola esa (1—3 ball). odatda, xotirjam va kam qo'zg'aluvchandir. Kettel testining bolalar variantí savolnomasi 110 savoldan iborat bo’lib, ular bolaning boshqa odamlar bilan munosabati va hayotining turli tomonlariga aloqadordir. Unda bevosita va bilvosita savoliar bor, bu savoliar sinaluvchining shaxsiyatiga, boshqa sifatlariga ham tegishli. Har bir test savoliga ikkitadan javob berilgan, ularning bittasini tanlash kerak boladi. Savolnoma 55 savoldan iborat bo'lib, 2 qismga bo'lingan. Undagi barcha II ta shkala 10 tadan fikr(har birída 5 tadan)ni o’z ichiga oigan va har bir javob 1 ball bilan baholanadi. Har bir shkala bo'yicha olingan bailar yig‘indisi jadval yordamida 10 ballik baho shkalasiga o ’tkaziladi. 1 va 10 bailar amaliyotda kam uchraydi, chunki ular favqulodda uchraydigan xususiyatdir. Bu metodika bo;yicha psixologik tashxisni yakka va guruh holatida o'tkazish mumkin. Guruhda psixologik tashxis o‘tkazish uchun har bir bolaga alohida savoliar ro'yxati beriladi. Ular o'g'il bola va qiz bolalar uchun alohida bo*!adi. Javoblar uchun ham blankalar tarqatiladi. Dastlab sinaluvchilarga quyidagi ko‘rsatma beriladi. “Hurmatli bolalar!. Biz bu metodika yordamida Sizning xarakteringizni o'rganamiz, shuning uchun bir qator savollarga javob bershingizni so'raymiz. Ular oldingizda turibdi yoki Sizga o’qib eshittiriladi. Bu savollarga «to4g 4ri» va «noto’g’ri» javoblar yo4q, ular ahamiyati jihatidan bir xil. Har biringiz o'zingizga ko'proq mos keladigan javobni tanlashingiz kerak. Hamma savollar ikki qismdan iboratb bolib , ular bir-biridan yoki so4zi bilan ajralib turadi. Savol bilan tanishib. o 4zingizga ko'proq mos keladigan javobni tanlashingiz kerak. So‘rov varaqasida har bir nomer ro'parasida 2 ta kvadrat bor. Siz javobingizning o ‘ng yoki chap tomonda joylashganligi bo4yicha mos keladigan kvadratga plyus ishorasini qo‘ying. Agar savolga mos javobingiz bo’lmasa, o ’ylab, ikki javobdan o ‘zingizga yaqinrog‘ini tanlang. Savolni tashlab ketish berilgan 2 ta javobdan birini tanlamaslikka ruxsat etilmaydi”. O ta-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun so‘rovnoma Bolalarning muloqotchanlik sifatlarining ekspertlar tomonidan baholanishini o ‘rganishga xizmat qiluvchi ushbu metodika ota-ona. o'qituvchi va tarbiyachilarga mo'ljallangan. So‘rovnoma bilan yaxshiroq tanishish maqsadida alohida jadval tayyorlangan bo‘lib. uning chap tomonidan shaxs sifatlari, o ‘ng tomonidan esa savolning tartib raqami o ‘rin oladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin