2. Rus provaslav cherkovi. O`zbekistonda islom dinidan so`ng xristianlik dinining provaslav yo`nalishi vakillari e`tiqod qiluvchilar soni bo`yicha ikkinch o`rinda turadi. Ma`lumotlarga qaraganda mamalakatimiz aholishining 3.5 foizga yaqini o`zini provaslav deb biladi. Ularning aksariyatini rus millatiga mansub vakillar tashkil qiladi. Respublika bo`yicha 38 ta provaslav diniy tashkiloti mavjud. Jumladan, Toshkent va O`rta Osiyo eparxial boshqarmasi (Toshkent), Seminariya (Toshkent), 2 ta ayollar (Toshkent sh. va Toshkent sh. Do`stabod sh.) 1 erkaklar monastri (Chichiq sh.) hamda 33 ta ibodatxona (Toshkent sh. 4 ta, Qoraqolpog`iston Respublikasida 1 ta, viloyatlarda: Andijonda -1, Buxoroda-2, Jizzaxda -1, Navoiyda -3, Nmanganda -1, Samarqandda -4, Sirdaryoda -3, Surxondaryoda -1, Toshkentda -7, Farg`onada -3, Qashqadaryoda -1, Xorazmda -1.) ro`yxatdan o`tgan.
3. Rim katolik cherkovi administraturasi. Bugungi kunda O`zbekiston xududida 5 ta diniy katolik tashkiloti – 1 ta markaz (Toshkent sh.) 4 ta cherkov (Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg`ona shaharlarida) rasmiy faoliyat ko`rsatmoqda. Shuningdek Toshkent shahrida Rim katolik cherkovi “Tereza Ona ordeni” xayriya tashkiloti ham faoliyat ko`rsatmoqda.
4. Arman apostollik cherkovi. Arman apostollik cherkovi – eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri bo`lib, milodiy I asrda yuzaga kelgan. 301-yildan boshlab hozirgi Armaniston hududida davlat dini bo`lib qolgan. Cherkov qavmini odatda arman-grigorianlar ham deb atashadi. Mazkur nom Chekov asoschisi Grigoriy “Prosvetitel” (240-332) nomi bilan bog`liq.
Sho`rolar davrida Arman apostollik cherkovi ko`pchiligi yopilib, cherkovlarning bino;ari dindorlardan tortib olingan edi. O`zbekiston Mustaqillikka erishganidan so`ng, 1992-yilda Samarqand shahridagi cherkov binosi Arman apostollik cherkoviga qaytarib berildi. 1993-yili Samarqanddagi Arman apostollik cherkovi rasmiy ro`yxatdan o`tib, 1995-yil avgustda cherkovning tantanali ochilish marosimi bo`lgan. 2007-yili esa Toshkent shahrida arman-grigoryanlarning ikkinchi cherkovi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatdan o`kazildi.
Arman apostollik cherkovininr rahbari Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiladigan barcha armanlarning diniy yetakchisi hisoblanadi.