1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə35/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

2. Noqonuniy qurol savdosi.
2018 yil 18 iyunkuniJenevadagi Small Arms Survey tadqiqotmarkazitomonidanhisobote’lonqilindi.
Undata’kidlanishicha, Germaniyada 15,8 million dona qurol xususiy qo’llarda bor ekan. O’q otar qurollar bo’yicha jahon etakchisi sifatida AQSh fuqarolari ko’riladi – “okean orti” mamlakati fuqarolari qo’lida 393,3 million dona qurol bor. Undan keyin Hindiston, Xitoy, Pokiston va Rossiya turadi.
AQShda har 100 kishiga 120 dona qurol to’g’ri keladi, Yamanda bu raqam 53 tani, Chernogoriya va Serbiyada 39 tani, Kanadada 35 tani, Germaniyada 20 tani, Rossiyada 12 tani tashkil qiladi.
Small Arms Survey ma’lumotlariga qaraganda, jahondagi kichik kalibrli qurollarning 85 foizi xususiy qo’llarda bo’lib, 857 million donani tashkil qiladi. Shu bilan birga, harbiylar, politsiya va xavfsizlik xizmatlari xodimlari qo’lida atigi 156 million dona shu turdagi qurol bor.
Jeneva markazi ma’lumotiga ko’ra, so’nggi 10 yilda xususiy qo’llardagi o’q otar qurollar soni 207 million donaga ko’paydi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu borada amerikaliklar oldinda bormoqda, shu davr mobaynida ular 122 million dona qurol sotib olishgan.
Jahonda 2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz barcha sohalarni qamrab oldi. Ammo bu inqiroz qurol-yarog’ savdosiga salbiy ta’sir ko’rsatmadi, balki bu sohaning gullab-yashnashiga olib keldi. Odamlarni snaryad va avtomatlar emas, bu borada qaror qabul qiladigan insonlar o’ldirishi aytilar ekan, qurol-yarog’ savdosida odob-axloq me’yorlariga rioya etilmasligi tan olinadi. Qurol-yarog’ bozorida qalbaki mahsulotlarni deyarli uchratmaysiz. Bu bozorda “ishonchli va sifatli” mahsulotlar sotilishi hech kimga sir emas. Bu masalada biror bir muammoning yuzaga kelmaydi. Sotuvchi ham, xaridor ham ishonchli bo’lishi kerak. Mahsulot narxi, uning qachon va qaerga qancha miqdorda etkazib berilishi ipidan ignasigacha hal qilingan bo’ladi. Bu bozorda faqat kuchlilar va shafqatsizlargina jon saqlab qolishi mumkin. Mana shu sifatlarga ega bo’lmagan odamlar savdoning boshqa turi bilan shug’ullangani ma’qul, deyishadi tahlilchilar.
“O’lim savdosi” bilan shug’ullanuvchilar sifatida “demokratiya va inson huquqlari”dan va’z qiluvchi G’arb mamlakatlari tan olinadi. Qurol savdosi bo’yicha jahon bozori globallashuv jarayonlari, talabning ko’payib borishi bilan gullab-yashnamoqda. Bu bozorda raqobat ham kuchayib borayotgani tan olinadi. Bir tomondan qurol ishlab chiqaruvchi davlatlarning qurollanish dasturlariga ajratilayotgan mablag’larning qisqarishi, ikkinchi tomondan esa zamonaviy qurollar narxining oshishi oqibatida eksportga alohida e’tibor qaratilayotgani ko’zga tashlanmoqda. Qurol bozorida Xitoy, JAR, Hindiston kabi yangi ishtirokchilar paydo bo’layotgani aytiladi. Kelajakda Pokiston, Janubiy Koreya va Braziliyaning bu bozordan munosib o’rin egallashi kutilmoqda. 
IHS Jane’s agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko’ra, 2008–2012 yillarda jahonda qurol-yarog’ savdosi 30 % ga ko’paygan. Tahlilchilar 2020 yilga borib qurol savdosi 2012 yilgi raqamdan ikki barobar ko’payishini bashorat qilishmoqda. “Bu kabi hodisa shu kunga qadar jahon tarixida kuzatilmagan edi”, deydi IHS Jane’s loyiha rahbari Pol Berton. Sharhlovchilar dunyoda qurollanishga ajratilayotgan mablag’lar ko’payib borayotganini ta’kidlashmoqda. Qurollanish poygasi avjiga chiqayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qurollanishga ajratiladigan mablag’larning 35% ga ortishi aytilmoqda. 
Oddiy Qurollar Ustidan Nazorat Janubiy Afrika Milliy qo’mitasi 2013 yilda eksport va import bo’yicha berilgan litsenziyalarga bag’ishlangan Hisobot e’lon qilgan edi. Unga ko’ra, Janubiy Afrika Respublikasi 70 ta mamlakatga oddiy qurollarni eksport qilgani ma’lum bo’ldi.
1997 may oyida Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohiblari (Kosta-Rika prezidenti Oskar Arias, Dalay Lama, Lex Valensa) qurol savdosiga bag’ishlangan xalqaro hujjat qabul qilinishi borasida tashabbus bilan chiqishdi. O’shanda ular nazoratsiz qurol savdosi vayronkor ahamiyat kasb etib borayotganidan tashvishga tushayotganliklarini bildirishgan edi. XX asr so’nggida bu g’oya etarlicha qo’llab-quvvatlanmadi. Shundan so’ng, 2005 yilda bu tashabbus yana kun tartibiga qo’yildi. 2009 yil 30 oktyabrda BMT Bosh Assambleyasining Birinchi qo’mitasi xalqaro Shartnoma borasida o’zining ijobiy fikrini bildirdi.
2013 yil 2 aprel kuni qabul qilingan Qurol-yarog’ Savdosi bo’yicha Xalqaro Shartnoma (ingl. Arms Trade Treaty, ATT) — xalqaro maydonda qurol-yarog’ - ya’ni oddiy avtomatdan to tank va samolyotlar savdosini muvofiqlashtirib turuvchi bitimdir. Bu hujjat noqonuniy qurollar savdosiga chek qo’yish lozimligini ta’kidlaydi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan mazkur hujjat oddiy qurollar eksporti uchun yangi standartlarni o’rnatadi. Ovoz berish jarayonida 154 davlat vakili bu hujjatni qo’llab-quvvatlagan bo’lsa, uch davlat (Eron, Shimoliy Koreya va Suriya) qarshi chiqdi. 23 ta davlat betaraf qoldi. “Qurol-yarog’-nazoratda!” xalqaro tashkiloti BMT tomonidan qabul qilingan Qurol-yarog’ Savdosi bo’yicha Xalqaro Shartnomani qo’llab-quvvatladi va tarixiy hujjat sifatida baholamoqda. 
Stokgolmdagi tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti tomonidan chiqarilgan “2013 yilda xalqaro qurol-yarog’ savdosining asosiy trendi” deb nomlangan yillik hisobotda 2012 yili qurol-yarog’ savdosidan topilgan daromad 2004-2008 yilgi ko’rsatkichdan 14 foiz ko’p bo’lgani ta’kidlanadi. Bu borada AQSh, Rossiya, Germaniya, Xitoy va Frantsiya asosiy eksportchi mamlakatlar sifatida tan olingan. Import qiluvchi davlatlar sifatida Hindiston, Xitoy, Pokiston, BAA va Saudiya Arabistoni ko’riladi. 90 ta mamlakatga qurol sotayotgan AQSh eksport bo’yicha birinchilikni saqlab turibdi. AQSh sotayotgan qurollarning 47 foizi Osiyo va Okeaniya mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi. 
Afrika mamlakatlari qurol-yarog’ importni 53 foizga ko’paytirishgan. Sahroyi Kabirning janubidagi mamlakatlar hissasiga mintaqaga sotilgan qurollarning 41 foizi to’g’ri keladi. Harbiy-siyosiy vaziyat tufayli hozirgi kunda mintaqada dengizdagi xavfsizlikni ta’minlashga mo’ljallangan qurol va texnikalarga talab ortib bormoqda. Uganda 2009–2013 yillarda 2004–2008-yillarga nisbatan qurol sotib olishni 1200 foizga ko’paytirdi. Qurol yarog’ bozorida Venesuela o’z faolligini namoyon etmoqda. Qurol xarid qilish masalasida bu davlat Lotin Amerikasida birinchi o’rinni egallab turibdi. Qo’shni mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlarga ega Braziliyaning harbiy importi 65 foiz oshgani aytiladi. 
Kolumbiya noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi olib borayotgan kurashni bahona qilib qurol importiga katta e’tibor qaratib keladi. Evropa mamlakatlari qurol yarog’ xaridini 25 foizga kamaytirdi. O’rta Sharq mamlakatlarida ham qurol -yarog’ savdosiga katta ahamiyat berilmoqda. 2021 yilga borib Osiyo – Tinch okean mintaqasi davlatlarining harbiy xarajatlari 501 milliard dollarga etib, AQSh va Kanadani ortda qoldiradi. 
AQShda Internetning ijtimoiy tarmoqlarida qurol-yarog’ savdosi avjiga chiqayotganidan xavotir olinmoqda. The New York Daily News nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar yashirin qurol do’konlariga aylanib bormoqda. Ogayo shtatida muallimlarni o’q otish va o’q otar qurollardan foydalanishga o’rgatishga qaratilgan “O’qituvchilarni qurollantirish” dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Loyiha mualliflarining fikricha, bu kabi tadbirlar maktablarda ommaviy qotilliklarni kamaytirar ekan. Janubiy Dakota shtatida o’qituvchi va maktabning boshqa xodimlari jangovor tayyorgarlikdan o’tishlari kerak bo’ladi. 
Kuzatuvchilarning fikricha, bir yilda 70 milliard dollarga teng qurol-yarog’ sotilar ekan. Noqonuniy qurol-yarog’ savdosi tufayli har yili 750 mingga yaqin tinch aholi vakili qurbon bo’ladi. Nazorat qilinmaydigan yoki noqonuniy qurol-yarog’ savdosi qurolli mojarolarga, korruptsiya sabab bo’ladi hamda kambag’al davlatlarning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qurol-yarog’ bozori jahondagi strategik vaziyatiga o’zining ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Eksport qiluvchi davlatlar foyda olishdan tashqari, geosiyosiy muvozanatga va harbiy-siyosiy vaziyatga ta’sir ko’rsatadi15.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin