4. Terrorizmning moliyaviy manbalariga barxam berishda xalqaro kelishuvlar.
Terrorizmning moliyaviy manbalariga barxam berishga xalqaro miqyosida alohida ahamiyat berilmoqda. Jahonning ko’pgina davlatlari jumladan, O’zbekistonda xam terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo’nalish xalqaro tashkilotlarning ham turgan vazifalarda hisoblanadi. Xususan oxirgi yillarda Usoma bin Ladin va boshqa terrorchi shaxslar hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqamlarini “xibsga olish”ga bag’ishlangan BMT xafsizlik kengashining 1333, 1390 va 1455-qarorlari qabul qilinib ular deyarli barcha davlatlar tomonida ijro etilmoqda.16.
G20 davlatlari energetika loyihalariga investitsiya kiritish muhimligini e’tirof etdi. Bu haqda Xanchjoudagi sammit yakunlari bo‘yicha tayyorlangan kommyunikeda ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “Kommersant”
Shuningdek, sammit ishtirokchilari 2016-yil oxirigacha Butundunyo savdo tashkilotida xalqaro savdo jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan kelishuvni ratifikatsiya qilishga kelishib oldi. Xitoy yuani Xalqaro valyuta fondi savatchasiga qo‘shilganini ma’qulladi.
G20 terrorizmning moliyaviy manbalariga qarshi kurashish niyatida. “Biz terrorizmga qarshi uning barcha shakllarida kurashishda birdamligimiz va qat’iyligimizni tasdiqlaymiz. Terrorchilarni moliyalashtirishning barcha manbalari, mexanizmlari va yo‘llari, jumladan, nolegal soliq solinishi, tabiiy resurslar kontrabandasi, madaniy qimmatliklarni talon-taroj etish, odam savdosiga qarshilik ko‘rsatamiz”, — deyiladi hujjatda17.
Toshkentda 2018йил 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tomonidan “Terrorizmga qarshi kurash – chegara bilmas hamkorlik” mavzusida oltinchi xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Unda SHHTga aʼzo, kuzatuvchi va muloqot boʻyicha sherik mamlakatlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar – BMTning maxsus tuzilmalari, SHHT Kotibiyati, MDH tarmoq boʻyicha hamkorlik organi (Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Interpol, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va boshqa qator tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada ishtirokchilar global va mintaqaviy miqyosda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning hozirgi holati, dinamika va tendensiyalari xususida fikr almashdi. Dunyo hamjamiyati rivojlanishda keskin burilish bosqichini boshdan kechirayotgani va bu jarayonda qator mintaqalarda terroristik xavf-xatar va nizolar kuchayib borayotgani qayd etildi. Qatnashchilar har qanday koʻrinishdagi terrorizmni qoralashi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash va anksilterror hamkorlik BMT Nizomi tamoyillari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga qatʼiy amal qilib, vaziyatni siyosiylashtirmasdan, ikkilangan standartlardan foydalanmagan holda amalga oshirilishi, bu jarayonda BMT va uning Xavfsizlik kengashi markaziy muvofiqlashtiruvchi boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Qator mintaqalar, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Afgʻonistonda vaziyatning keskinlashishi bilan bogʻliq yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotgani qayd etildi. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni roʻkach qilgan holda, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, terroristik va ekstremistik guruhlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanish yoqlanmasligi taʼkidlab oʻtildi.
Шунингдек, Konferensiyada terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan BMT Bosh Assambleyasi, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning xalqaro standartlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish muhimligi qayd etildi.
Oʻz vaqtida axborot almashish, terroristlarni izlab topish, chegaraoldi hududlarda nazoratni kuchaytirish, antiterror boʻlinmalari uchun kadrlar tayyorlash, aksilterror oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish, bu boradagi xalqaro hamkorlikning meʼyoriy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish taklif etildi.
Yaqqol transmilliy tus olgan terrorizm faollashib borayotgan sharoitda mazkur konferensiyaning oʻtkazilishi dunyo hamjamiyati saʼy-harakatlarini birlashtirish hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Alohida sessiya doirasida Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining aksilterror faoliyatni amalga oshirish jarayonida xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya qilishni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Konferensiya ishtirokchilari anjuman yuksak darajada tashkil qilinganini eʼtirof etib, SHHT MAT Ijroiya qoʻmitasiga yaratilgan qulay ish sharoiti uchun minnatdorlik bildirdi18..