3. Odam savdosi terrorizmning moliyaviy manbalarining biri. Xalqaromehnattashkilotininghisobkitoblarigako‘rabutundunyoda 21 millionkishimajburiymehnatningjabrlanuvchilarihisoblanadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
2010-yil 30-iyulda BMTning Bosh Assambleyasi 64/293-rezolyutsiyasi bilan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha BMTning Global harakat dasturini qabul qilingan. Mazkur harakat dasturida ushbu jinoyatning oldini olish, jabrdiydalarning himoyasi, jinoyatchilarni ta’qib etish va barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
2013-yilda esa 30-iyul BMT tomonidan Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilindi.
O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2008-yil 17-aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonunga muvofiq, odam savdosiga qarshi kurashish – odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Quyidagilar odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari hisoblanadi:
• Ichki ishlar vazirligi;
• Davlat xavfsizlik xizmati;
• Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
• Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• odam savdosidan jabrlanganlarga qulay yashash va shaxsiy gigiyena sharoitlarini ta’minlash;
• odam savdosidan jabrlanganlarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
• odam savdosidan jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boshqa xil yordam berish;
• odam savdosidan jabrlanganlarning xavfsizligini muhofaza qilish;
• odam savdosidan jabrlanganlarning qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilishiga ko‘maklashish;
• odam savdosidan jabrlanganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot berish;
• odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga ko‘maklashish.
Jinoyat kodeksiga asosan, odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyati jinoyatning ko‘lami, jabrlanuvchilar shaxsi, oqibatlariga qarab o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishiga olib kelishi mumkin