1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Harakat strategiyasi-Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash sohasidagi ustivor yo`nalishlar



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə55/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

3. Harakat strategiyasi-Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash sohasidagi ustivor yo`nalishlar.
O’zbekiston demokratik, insonparvar jamiyat qurilishi yo’lidan bormoqda. Bu borada jamiyatning barqaror rivojlanishi asosida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tub sifat o’zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Bag`rikenglik munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etilishi mumkin. Shu sababli inson huquq va erkinliklari, o’zligini anglashi va namoyon qilishini ta’minlash dunyoviy demokratik davlat qurishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, dunyoviy davlatni o’z ideali tarkibiga asos qilib qabul qilmaydigan ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar davlat hokimiyatiga erishish uchun bo’ladigan demokratik, ko’ppartiyaviy raqobatda qatnashish huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Aks holda, insonparvarlik tamoyili buzilishi uchun «qonuniy» yo’l saqlanib qolgan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida din sohasidagi siyosat qonuniylik, demokratiya, dunyoviylik va inson huquqlarini ta’minlash tamoyillari asosida olib borilmoqda. Konstitutsiya hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g`risida»gi Јonunda dinning davlatdan ajratilgani, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlangani hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari ifodalangan.
Diniy ekstremizm konfessiyalararo munosabatlardagi muammolar asosida paydo bo’lmasligi uchun insonlarning diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng-huquqliligi qonuniy ravishda kafolatlangani katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi asosida ushbu tenghuquqlilik ta’minlangan.
Konfessiyalararo munosabatlarda inson erkinligini ta’minlash uchun vijdon erkinligi va tolerantlik tamoyili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyatida har bir inson istagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech bir dinga e’tiqod qilmasligi mumkin. Bu inson ruhiy erkinligining hal qiluvchi tamoyili va ajralmas xususiyatidir. Shu sababli fuqarolik jamiyatini quruvchi barcha davlatlarda vijdon erkinligi tamoyili Konstitutsiya darajasida kafolatlangan. Bu mustaqil mamlakatimizda dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqshunoslik fani tajribasi asosida qabul qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo’lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy kafolatdir.
Mamlakatimizda fuqarolarning o’z diniy huquqlarini amalga oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlarni diniy tashkilotlar misolida ham ko’rish mumkin. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom ma’noda tiklandi va rivoj topmoqda.
Bundan tashqari fuqarolarga islom dinining ezgu mohiyatini tushuntirish maqsadida O’zbekiston musulmonlari idorasining «O’idoyat» oylik jurnali va «Islom nuri» gazetalari muntazam chop etilmoqda. Respublika televideniesi orqali «Ziyo» studiyasi va «O’idoyat sari» ko’rsatuvlari muntazam berib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ko’plab qadimgi diniy-madaniy obidalar tiklandi, ta’mirlandi, qayta qurildi, yangi yodgorlik majmualari yaratildi. Buyuk mutafakkirlarimizning yubileylari mamlakatimiz va jahon miqyosida keng nishonlandi. Mamlakatimizda yashaydigan barcha konfessiyalarning diniy bayramlari nishonlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ro’za va Јurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilindi. Davlat tomonidan haj va umra safarlariga borish uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi.
2007 yili yanvarda Islom Konferentsiyasi Tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilgan bo`lsa 2020 yilda Buxoro ana shunday maqomga erishdi. Bu esa, davlatimiz din sohasida olib borayotgan izchil siyosatining yorqin natijalaridan biri bo’ldi.
Oxirgi yillarda maxsus maktablarni ochilishi bu boradadi ishlarni davomi bo`lmoqda. 2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi videoselektorda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bir qator takliflarni bergandi.
«Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg`onada – Marg`inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o’ylaymanki, bu juda foydali bo’ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog`lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo’lib xizmat qiladi», – degandi prezident.
Samarqand viloyatidagi «Hadis» va «Kalom» ilmiy maktablari 2017 yil 8 noyabr kuni, Qashqadaryo viloyatidagi «Aqida» ilmi maktabi 10 noyabr kuni, Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi va O’zbekiston musulmonlari idorasi Farg`ona viloyati vakilligi qoshida Islom huquqi maktabi 13 noyabr kuni rasman ish boshladi.
Din va jamiyat hayotidagi aloqadorlikda din va davlat munosabatini belgilab beruvchi tamoyil – din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish va undan kelib chiqib, ijtimoiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Jamiyat barqarorligiga to’siq bo’luvchi illatlar – diniy ekstremizm va terrorizmdir. Bu hodisaga davlatimiz o’zining ijtimoiy va siyosiy taraqqiyoti davomida duch keldi. Afsuski, terrorchilik faoliyatida ba’zan mamlakatimiz fuqarolari, yurtdoshlarimiz ham ishtirok etmoqda.
Islom dini millionlab kishilarning dunyoqarashi mazmunini tashkil etgan holda ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishda beqiyos ahamiyatga egadir. Diniy ekstremizm va terrorizm g`oyalari ta’siriga berilgan kimsalar har qancha urinmasinlar muborak islom dini, xalqimizning kelajakka bo’lgan ishonchi, e’tiqodini, tinchligimizni oyoqosti qilolmaydilar hamda o’zbek xalqini o’zi tanlab olgan demokratik taraqqiyot yo’lidan qaytara olmaydilar. Zero, xalqimiz islom dinidan o’zlarining qabih siyosiy maqsadlari yo’lida foydalanmoqchi bo’lgan buzg`unchi kuchlarning asl maqsadini anglab etdi va mamlakatimizda olib borilayotgan vijdon erkinligi, diniy bag`rikenglik va demokratiyaga asoslangan dunyoviy davlat qurish siyosatini to’la qo’llab-quvvatlamoqda.
Ta’kidlash joizki, har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng avvalo, diniy ma’rifat va bag‘rikenglik konfessiyalararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur omillar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqozo etib, ko‘p millatli mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi orqali osuda hayotni hukm surishiga zamin yaratadi. O‘tmishdan ma’lumki, yurtimizda azaldan zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda istiqomat qilishgan. Bu haqda, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.
Xususan, yurtimizdagi madaniyat markazlari hisoblangan ko‘plab shaharlarda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ushbu muqaddas maskanlarda turli dinga mansub millat va elatlar o‘zlarining diniy marosimlarini emin-erkin ado etishi yurtimizda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikning ijobiy ko‘rinishini namoyon etadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgach, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikni ta’minlash orqali tinchlik va barqaror taraqqiyot asoslarini mustahkamlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" gi qabul qilingan farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim. Aynan, mazkur yo‘nalish doirasida millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi. Mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda millatlararo totuvlik,diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini namoyon etadi. Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik va birdamlikning nodir timsoli sifatida namoyon bo‘lib, barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zida ezgulik, tinchlik, yaxshilik, do‘stlik hamda bunyodkor g‘oyalarni mujassam etadi. Ayniqsa, din insonlarni halollik va poklikka, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq,totuvlikda yashab kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2 ming 244 ta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, mazkur konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, 10 dan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirishda 137 ta milliy madaniy markaz, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelayotganligi fikrimizning tasdig‘idir. O‘zbekistonda vijdon erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan va qonuniy kafolatlangan. Mazkur holat, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali bo‘lgan mamlakatda o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori O‘zbekistonning diniy-madaniy hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘plab masjid, cherkov, si­na­goga va ibodatxonalar qurildi va qayta ta’mirlandi. Ayniqsa, shular qatoriga Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim. Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tash­qarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘lim­larini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yil­maydi. Binobarin, diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talab­lariga rioya etishlari shart. O‘z navbatida, dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy me’yorlarni va fuqa­roviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlash­tiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qara­tilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yil­maydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqa­larning faoliyati man etiladi. Bugungi kunda global miqyosda xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan raxna solishga intilayotgan diniy ekstremizm, terrorizm tahdidlari doimo ogohlikni taqozo etmoqda.
Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “...hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda”,- deya bejiz ta’kidlamagan edi.
O‘zbekistonda barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik konfessiyalararo hamkorlik muhitini mustahkamlash, avvalo, mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu haqda Mitropolit Vikentiy o‘zining Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida O‘zbekistonda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mamlakatda tinchlik va barqarorlikning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidlar ekan: “O‘zbekistonda diniy ma’rifat va ma’naviy tarbiya masalasiga katta e’tibor qaratib kelinayotganligini diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasidagi tinchlik va barqarorlik omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, u jamiyatda dinning o‘rni o‘sib borayotganini, turli dinlarga birday e’tibor qaratilayotgani ularning ma’naviy tarbiya ishida faol ishtirok etishiga yo‘l ochib berayotganini qayd qilib o‘tdi”.
Aynan, yuqorida zikr etib o‘tilgan fikrlar mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlik borasida olib borayotgan ishlar dunyo miqyosida ijobiy e’tirof etilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona hukumat siyosatning ijobiy samarasi milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda. Jumladan, Yurtboshimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi” deb ta’kidlab o‘tgani edi. Albatta, din sohasining asosiy shiori sifatida “jaholatga qarshi ma’rifat”, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizni diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm kabi illatlardan himoya qilish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda oldini olishga qaratilgan ma’rifatparvar harakat asosida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning milliy va diniy qadriyatlarga o‘ta sadoqatli va e’tiborli ekani dunyoga ma’lum.
Bugungi kunga qadar asarlari mashhur bo‘lib kelayotgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Imom Marg‘iloniy, Imom Zamaxshariy hamda boshqa buyuk olim va mutafakkirlarimiz aynan shu zamindan yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi “Abu Muin Nasafiy” majmuasini tubdan yangilash, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand viloyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasining ochilishi, Toshkent shahrida “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi”ni hamda “O‘zbekiston Islom akademiyasi”ni tashkil etilishi hamda “Qur’oni karim musobaqasi”ning tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarini yuqori darajada o‘tkazilayotgani diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Diniy ta’lim sohasidagi islohotlar qatorida Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasi hamda Toshkent shahrida O‘zbekiston Islom akademiyasi faoliyatining boshlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi qarori asosida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hududida yangi oliy diniy ta’lim muassasasi – “Hadisshunoslik” maktabi tashkil etilayotganini alohida qayd etish zarur.
Yurtimizda bugungi kunda barcha diniy konfessiya vakillari o‘zining diniy an’analari va udumlari, marosimlarini bemalol ado etib kelishmoqda. Mazkur holat to‘g‘risidagi ijobiy fikrlar Vatikan davlatining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, arxiyepiskop I.Yurkovich mamlakatimizda konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatidan ijobiy taassurot uyg‘otganligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Bu haqda I.Yurkovich: “O‘zbekistonda diniy tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan e’zoz, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini o‘z ko‘zimiz bilan shohid bo‘ldik. Ana shunday hamohanglik natijasidagina, ya’ni davlat va diniy tashkilotlar ikki tomonlama bir birini qo‘llab-quvvatlashlari natijasidagina farovonlikka erishish mumkin bo‘ladi. Bu harakatni esa O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin”,- deya o‘zining ijobiy fikrlarini aytib o‘tadi. Xulosa qilib aytganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir. Biz faqat shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat’iy immunitet yaratishimiz, o‘zimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin”.
Yurtimizda bag‘rikenglik tamoyillari asosida mustahkam qaror topgan osuda hayot va do‘stona muhit mamlakatimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi22.
Shunday sharoitda mohiyatan g`ayriinsoniy, shu jumladan, diniy ekstremistik g`oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda.
Immunitet (lot. immunitas – ozod bo’lish, qutulish) deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o’zini turli, shu jumladan, zararli ta’sirlardan himoya qilishga qodir bo’lgan xususiyatlari majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infektsion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug`ma bo’lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga (immunitetga ega bo’lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.
Qayd etilgan fikrlar hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o’rni va ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanishini ham qayd etish lozim. Ammo bilimlar ko’p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g`ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog`liq bo’lmog`i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va etarli bilimga ega bo’lishlari diniy eks-tremizmga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immunitet tizimida uning ikkinchi asosiy unsuri – olingan bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlarning o’rni beqiyosdir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infektsiyalar yo’lida mustahkam qalqon bo’lib xizmat qiladi.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g`oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar majmuini, to’g`ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g`oya ruhi bilan yo’g`rilgan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doimiy takomillashtirib borish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash esa, har birimiz va hammamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin