1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə7/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Terrorizm zamonaviy ilmiy doiralarda uch nuqtai-nazardan, ya’ni jinoiy faoliyat, terroristik guruh va terroristik ta’limot sifatida qaraladi.
Ko’pchilik mutaxassislar terrorizm ostida zo’rlik ijtimoiy guruhlartomonidan siyosiy maqsadlar yo’lida kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo’rqitish e’tirof etadilar.
O’zbekiston qonunchiligiga ko’ra, terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarining yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini. hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qurqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlardir.
Ilmiy adabiyot, halqaro hujjatlar va ayrim mamlakatlarning jimoiy qonunchiligining tahlili terrorizm jinoiy faoliyat sifatida quydagito’rttao’zigaxos jihatlargaegaekanini ko’rsatadi:
1. Terrorizm amaliy ijtimoiy xavf uyg’otadi;
2. terrorizm oddiy kriminal jinoyat kabi xufiyona tarzda emas, balki namoyishkorona, jamiyatning ko’zi oldida va oshkora bo’lishi aniq bo’lgan shaklda amalga oshiriladi;
3. Terrorizm atayin jamiyatda qo’rquv, notinchlik va tushkunlik uyg’otishga qaratiladi;
4 . Terroristik harakatdagi terrorchilar ko’zlagan psixologik ta’sir aslida bevosita qurbonlarga emas, balki jamiyatda qaror qabul qila oladigan doiralarga (hukumat, siyosiy elita va h.k.) nisbatan yo’naltirilgan.
Yuqorida aytilganlarga asoslanib, terrorizmga jamiyatda qurquv, notiichlik va tushkunlik uyg’otish orqali davlat yoki boshqa vakolatli tashkilotlarni terrorchilar manfaatlariga mos qarorlar qabul qilishga majbur etish maqsadida namoyishkorona kuch ishlatish orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy xavfli harakat, degan ta’rif berish mumkin.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan, «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonunida quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy va yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur etishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qatilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs, terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi; terrorchiliktashkiloti - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi»4.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda muxim bir xususiyati - uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan.
XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi xodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo’nalishi turlicha bo’lgan terrorchi tashkilotlar va guruhdar faoliyat ko’rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik xarakatining ko’lamigina emas, balki metodlari xam o’zgardi. Uning eng dahshatli ko’rinishlaridan biri - o’zini avvaldan o’limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin.
Qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, terrorizm tushunchasini quyidagicha tahlil qilish mumkin:
Terrorizm - siyosiy maqsadda amalga oshirilaetgan terrorning nazariyasi va amaliyoti bo’lib, u ikki qismdan iborat:
Birinchisi, terrorning ma’naviy-mafkuraviy jihati. U terrorchilarning his-tuyg’uga asoslangan g’oyalari, mavhum tushunchalar («dinning sofligi», «xalq baxti», «xalq manfaati»)ga tayanadi. Ular real voqelikdan emas, o’z shaxsiy tasavvurlari dunyosidan kelib chiqib harakat qiladilar;
Ikkinchisi, terrorning amaliy tomoni bo’lib, u terrorchilar, terrorchi guruhlar va tashkilotlar tomonidan yuqoridagi talablarni bajarish (terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish) natijasida o’z maqsadlariga erishishdan iborat5.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgaliqda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.
«Xalqaro terrorizm» - tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlar ichida beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og’ir jinoyatlardan bo’lib, uzoqi davom etgan jarayonlarninghosilasi hisoblanadi.
Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo’lga qo’yilishi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo’lib o’tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag’ishlangan konferentsiyada terrorizmning«Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo’q qilish maqsadida biror-bir vositani qo’llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20 dan ortiqdavlatterrorizmningoldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko’proq uchragan bo’lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab tasodifiy kishilarning qurbonbo’lishiga olib keladigan quporuvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo’l- ganlardan ko’ra.uningguvoxdariga qaratilgan.
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:
- xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;
- davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;
- a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo’lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;
- ekstremistik guruhlartarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik yo’riqchilarning qatnashishi;
- ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi;
- tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqarotus olgan noqonuniy qurol yarog’ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi6.
Hozirda diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o’rtasida birinchi navbatda millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqarish va shu yo’l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o’rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirishga urinmoqda. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy voqelik inson qalbi va ongi uchun bo’lgan kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko’payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda insonlarni bunday zararli, ta’bir joiz bo’lsa, manfur ofatlardan asrab-avaylash barchani yanada hushyorlikka, ehtiyotkorlikka, har jihatdan aql-idrok bilan ish tutishga undaydi.



Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin