1-mavzu: eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi reja



Yüklə 109,73 Kb.
səhifə5/19
tarix07.06.2023
ölçüsü109,73 Kb.
#126312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-маьруза

Ritsarlik tarbiyasi. G’arbiy yevropada ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar fazilatlariga ega bo’lgan tajribali, mohir va mard jangchi, shuningdek, olijanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq inson — tarbiyasi bilan bog’liq alohida tarbiya tizimi, ya’ni ritsar tarbiyasi maydonga keldi.
G’arbiy yevropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni, «ritsarlarga oid yetti fazilat»dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat edi: ot minib yurishni, qilichbozlikni, nayzabozlikni, suza olish, ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she’r to’qish va qo’shiq ayta olish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur harbiy tarbiyaga taalluqlidir: ritsar otliq askar, qilich va nayza esa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov qilish, shuningdek, o’zining qayerdaligini aniqlay bilish (oriyentatsiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. SHashka va shaxmat o’yini, bir tomondan, bekorchi vaqtini band qilish, ya’ni hujum va mudofaa rejasini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. SHe’r to’qish va qo’shiq ayta bilish esa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim, boshliq va ritsarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish, uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali uning iltifotiga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan feodal xonim-begimga madhiyalar o’qish uchun talab qilinar edi. (O’rta asrlarda G’arbiy yevropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor ediki, bunga muvofiq har bir ritsar bironta aslzoda feodal xonimning homiyligida bo’lmog’i lozim edi, ritsar o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi).Ritsarga oid ana shu yettita fazilatni egallash bilan birga, o’sha davrlarda dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham ritsar tarbiyasining mazmuniga kirar edi.
Ritsar tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat edi: feodal o’z o’g’ilni 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar edi; bu yerda uning o’g’li 14 yoshgacha paj vazifasini bajarar edi, ya’ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren xoni, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarini qilar, ular bilan birga sayrga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida hozir bo’lar, har qanday saroy bayramida va tomoshalarida ishtirok qilar va shu tufayli feodal dvoryanlar jamiyatidagi rasm va qoidalarni egallab olar edi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurish vazifasini bajarar edi. U syuzerenning qurol-yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda, turnirlarda (ritsarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok qilar va shu tufayli harbiy bilim va harbiy san’atni egallab olar edi. 21 yoshga kirganda unga katta tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.

Yüklə 109,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin