Maʼrifat – xamma narsaning butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash vash u tariqa xudoga yetish demakdir. Maʼrifatda olam, yulduzlar, Oy, Kuyosh, odamlar, xayvonlar, kushlar, kapalaqlar boshqa jamiki narsalar xudoning zuxuratidan iborat, odam Ollox, quyoshning zarrasi deyiladi. Xaqiqat – uzini Xudoning dargoxiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan kushilib ketgan deb bilishdir.
Yusuf Xamadaniy, Abdulxolik Gijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axmad Yassaviy yo‘nalishlarining bevosita taʼsirida Markaziy Osiyoda Nakshbandiylik yo‘nalishi vujudga kelib, u yakin va o‘rta Sharq mamlakatlariga keng yoyiladi. Xojagon yo‘nalishini boshlab bergan A.Gijduvoniy bunday degan: «Ey farzand, barcha xolatda ilm, amal va takvo bilan bul, saloflar izidan yurib, suppot va jamoatni maxkam tut, fikx va xadisni urgan. Yana bunday fikrlar bor: «oz suzla, oz e, oz uxla», «Xalol e, shubxadan xoli bul» A.Gijduvoniyning 8 ta tabarruk so‘ziga B.Nakshband 3 ta manzil kushib uz yo‘nalishini asosladi.
Xoja Axror Vali (Ubaydullox) nakshbandiylikning targibotchisi sifatida Taʼmadan jirkanish, tuxfa olmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chaqirdi. Tasavvuf tariqatiga kirganlar uchun kasb-korning yomoni yuk, yomoni biror kasb bilan shugullanmaslik tekinxo‘rlik, taʼmagirlikka odatlanish xisoblanadi. Naqshbandiylik imoni uning «Dil ba yoru dast ba kor» yaʼni «Dilning Alloxda, kuling mexnatda bulsin» degan talabida yakkol gavdalanadi. Ular amal deganda birinchi navbatda Allox nomini dilga to qilib, ijtimoiy foydali mexnat bilan shugullanishni, tahma va tekinxurlikdan xazar qilishni tushunganlar. Nakshbandiylik yo‘nalishini qabul qilgan Amir Temur, Ulugbek va bir qator Turkiston xokonlari darveshlikni qoraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, xalol yashashni talab etdilar.
Darveshlar foydali mexnat bilan band bulishlari uchun davlat sharoit yaratib berishi tugrisida farmoni oliy chikarganlar. Buni bajarmaganlarni jazolaganlar.
Tasavvufning so‘l qanoti diniy-falsafiy diniy-falsafiy taʼlimot sifatida akidaparastlik, islomga nisbatan muxolifiyat bo‘lib yakin va O‘rta Sharqda, ayniqsa Markaziy Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida uz o‘rni mavkeiga egadir.
IX-XII asrlarda Markaziy-Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug‘ildi va shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg‘or kishilari matematika, astronomiya, geografiya, tib fanlarini chuqur o‘rgandilar. Bu davrni uz mazmuni, salmog‘i, axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo uyg‘onish davri xam deyiladi. Uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat edi:
1. Dunyoviy maʼrifatga intilish, bu yulda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy ehtiborni xaqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xakiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash.
3. Insonni ulug‘lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, maʼnaviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish.
4. Universallik-qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatidan muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyo olimlarining asarlari butun jahonga dong‘i taralib Osiyo, Yevropadagi ilg‘or fikrlardan rivojlanishga samarali tahsir ko‘rsatdi. O‘rta asrlarda ilg‘or falsafiy fikrlardan rivojlanishida Ibn Zokariya ar-Roziy, Al Kindi Muxammad Muso Xorazmiy, Frrobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ulugbek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.
Arab xalifaligida VII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning Markaziy-Bog‘dod, Damariq shaxarlarida madaniyat kuchayib bordi. Hindcha, yunoncha, forschadan ilmiy, siyosiy, badiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi,
madaniy aloqalar avj oldi, qadimgi Yunonistonning mashxur olimlari Aristotelg‘, Galen, Gippokrat, Arximed, Yuvklid kabilarning merosi keng o‘rganildi. Xalifalikning turli o‘lkalardan taniqli olimlar Bog‘dodga olib kelindi, bu yerda IX asr boshida “ Dor ur hikma” – Donolik uyi-ilm markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar falakiyy, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo,falsafa, kabi fanlar rivojlandi.
Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo‘lgan ko‘pgina halq va qabilalar birlashgan edi. O‘ta qadimiy Madaniyat Markazlari bo‘lgan, Suriya, Misr, Xuroson, Mavounnahr kabi ming yilik madaniy merosga ega bo‘lgan halqlar xam kiradi.
Arab musulmon madaniyat xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan boshqa halqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta bo‘ldi. Xalifalikdagi arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan o‘z milliy madaniyatlarini asrlar osha tiklab olgan bo‘lsalarda, u arab-islom madaniyati doirasidagi yangi madaniyat sifatida shakllandi.
Abu Nasr Muxammad Forobiy Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlogida tug‘ilib, uz Vatanida va sungra Bog‘dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Farobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astranom-ximik, medik, psixolog, muzika sanhatining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati fani va falsafasini egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelg‘shunos, uning falsafasi, tabiiy ilmiy nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni xayotligidayok «Al muallim as-soniy» ustoz), yaʼni 2-Aristotelg‘ deb faxriy nom bilan atagan edilar. Farobiy Aristotelg‘ asarlarini arab tiliga tarjima qilib unga sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy “Falsafani o‘rganishda nimalarni bilish kerak?”, «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Shehr sanhati», «Shoirlarning shehr yozish sanhati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chikishi tug‘risida», «musiqa xakida suz», «Oxanglar tasnifi haqida kitob», «Masalalar bulog‘i», «Aql tug‘risida», «Inson ahzolari haqida risola», «Fozil shaxar axolisining qarashlari», «Davlat xakida risola» kabi qimmatli asarlar yozdi.
Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi moxiyat» deb izoxlaydi. Farobiy sabab-oqibat munosabatlari yordamida birinchi sababni materiya bilan bog‘laydi. Materiya o‘z sababiga, yaʼni xudoga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga egadir. Materiyasiz, yaʼni oqibatsiz sabab xam bo‘lishi mumkin emas. Dunyo, tabiat xudo tomonidan qisqa muddat ichida yaratilgan emas deydi olim. Fikrini davom ettirib dunyo xudodan boshqa moxiyatga ega bo‘lgan borliq bo‘lmasdan, xudoning zuxr etishidir. Tabiatning bu xolga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o‘tgan. Shunday qilib, Farobiy barcha mavjudotni, olamni, materiyani birinchi sabab xudodan keltirib chiqaradi. Farobiyning fikricha, materiya olamdagi narsa va hodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo, olov va osmondan iborat bo‘lib Farobiy taʼlimoticha osmon jismlari xam yerdagi jismlar xam ana shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Farobiy fikricha olamdagi xar bir predmet materiya va shakldan iborat bo‘lib, materiya xam, shakl xam teng axamiyatga ega bo‘lgan sabablardir. Farobiy taʼlimoticha xarakat materiyaning obʼektiv xususiyati, moddiy olam esa xarakatning manbaidir; olamdagi predmet va hodisalar tuxtovsiz xarakat uzgarishda, xarakat va uzgarishning sababi esa boshlangich moddiy elementlarning turlicha kushilishidadir. Farobiyning bilish haqidagi fikrlari xam ehtiborga loyiq, uning taʼlimoticha moddiy olam inson uning sezgisi, aqlidan avval mavjud bo‘lgan. Inson va uning aqli esa -moddiy olam rivojining oliy maxsulidir, inson xayvondan uzining sezgi ahzolari, tabiatni bilish kobiliyati, aqli, tili bilan farqlanadi, inson moddiy olamni birin-ketin o‘sib yetishgan sezgi ahzolari orqali bila boshlaydi va undan aqliy bilishgacha -tafakkurgacha ko‘tariladi. Farobiy bilishda inson aqlining roliga katta baxo bergan. Inson aql tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy hodisa va jarayonlar moxiyatini, maʼnosini biladi. Forobiy uzining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning o‘zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni nazariy jixatdan asoslashga xarakat qiladi.
O‘rta asr feodal Sharqining buyuk olimlaridan biri o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi entsiklopedist olim geograf, geolog, astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muxammad Ibn Axmad Abu Rayxon Beruniy 973 yilda 4 oktabrda qadimgi Xorazmning markaziy shaxri Qiyotda tug‘ildi. Beruniy uz umri davomida 152 asar yaratdi. Shulardan eng mashxurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mahsud qonuni», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o‘z davrida tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo‘lib bu uning tabiiy-ilmiy, va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muxim omillardan xisoblanadi.
Umuman, Beruniyning tabiiy-ilmiy mehrosi, aniq fanlar buyicha ko‘targan muammolari o‘z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, yaʼni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta axamiyatga ega bo‘ldi. Beruniy o‘z astranomik jadvalida olamning markazi yer emas, balki quyoshdir, xamma planetalar, shu jumladan yer xam quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik nazariyani olg‘a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug‘ astronom Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan yer xam o‘zaro tortishish kuchiga ega degan xulosaga keladi. Uning bu nazariy xulosalari XVIII asr boshida ingliz olimi Ng‘yuton kashf etgan butun dunyo tortish qonuni bilan ilmiy jixatdan asoslantirildi.
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani yoki madaniyatining yuqori chuqqisi, uyg‘onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va ehzozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha soxalariga taaluqlidir. Shundan 242 tasi bizga yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka bag‘ishlangan. Ibn Sino o‘z asarlari bilan O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun xam «Shayxurraisi» - «Olimlar boshlig‘i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al qonun fit tib» kitoblaridan iborat.
Ibn Sinoning «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni - mantiq, tibbiyot, astronomiyalar, musiqa, iloxiyatni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino o‘tmish damlari va zamondoshlari singari xudoni eʼtirof etadi, uni borliqning birinchi sababi va mabai deb tushunadi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u shaklini o‘zgartirishi, bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishiga o‘tishi mumkin, lekin uning o‘zi, materiya yuqolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam tug‘risida falsafiy fikrlarga ega bo‘ladi. Ibn Sinoning fikricha olamda zaruriy vujud va imkoniy vujud bor bo‘lib, ularning birinchisi xech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va xamma narsani biluvchi tangridir. Ikkinchisi zaruriy vujud tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud bo‘lgan aql, jon va jism, ular bilan bog‘liq xolda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu javxar subegontsiya bo‘lib, undan tashqari borliqda araz akkidentsiya yaʼni narsalarning belgilari, rangi, xajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun bo‘lgan tabiat o‘z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy hodisalar sababli bog‘lanishga ega bo‘lib, ularni o‘rganish mumkin.
Ibn Sino jismlar 4 unsurdan tashkil topgan, -deydi. Bu 4 unsur-xavo, suv, olov, tuproq-o‘zaro bog‘liq, bir-biriga tahsir etadi. Shundan u yoki bu narsa paydo bo‘ladi yoki yo‘qoladi. Lekin ularning asosi - 4 unsur o‘zgarmaydi, yuqolib ketmaydi. Materiya, xarakat, vaqt va fazo bilan uzviy bog‘liqdir. Ibn Sino bilish nazariyasiga xam o‘lkan xissa qo‘shgan. U inson bilimlari real obʼektiv narsalar, ularning sababiy bog‘lanishlarini bilib olish orqali vujudga keladi, degan. Inson sezgilari yordamida narsalarni xissiy bilsa, tushunchalar yordamida aqliy biladi. U bilishda tafakko‘rning roliga yuksak baxo beradi.
Xondamir, Xattot, Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod qilganlar. Boshqa tabiyotshunoslar singari Ulug‘bek va uning shogirdlari moddiy olamni kishi ongidan tashqarida obʼektiv mavjudligiga shubxa qilmadilar va uni chuqur o‘rganishga dahvat etdilar.
Qomusiy bilim egasi bo‘lgan Mirzo Ulugbek riyoziyot, falakiyot, musikashunoslik, falsafa, tarix soxasida ijod qilgan. U «Bir darajaning sinusini aniqlash xakida risola», «Risolalar ilmidan musika», «Risolai yirik tarixiy kitob»ni xam muallifidir.
Ulug‘bekning nomini butun dunyoga yoygan, o‘ta shon-shuxrat keltirgan bebaxo asar «Ziji jadidi Kuragoniy»dir. Bu asar Ulug‘bekning 20 yil davomida olib borgan astronomik kuzatishlarining natijasi bo‘lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulugbek o‘limidan keyin 200 yil davomida bu jadval o‘zini aniqligi va ilmiyligi bilan tengi yuq xisoblanib kelingan.
3. Shu davrning yorqin yulduzlaridan biri - o‘zbek xalqining buyuk farzandi, buyuk mutafakkir, siyosiy arbob, insonparvar shoir Alisher
Navoiy edi. Navoiy fan, adabiyot, sanhatning turli soxalariga doir qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Maxbubul qulub», «Muxokamatul lug‘otayin», «Majolisun nafois» va boshqalar shular jumlasidandir. Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari turli asarlarida sochilgan xolda bayon etilgan.
Ularda borliq va uning moxiyati, inson va inson xayotining mazmuni xakida chuqur falsafiy muloxazalar, insonning baxt saodati haqidagi orzu-umidlari, adolat va axloqiy kamolot, komil inson va fozil jamoa, ularga yetish yullari va choralari xususida izlanishlar uz ifodasini topgan. Navoiy uz falsafiy qarashlarida xamma narsa 4 moddiy elementdan - ut, suv, xavo, tuproqdan tashkil topgan deb ko‘rsatadi. Uningcha moddiy olam doim xarakatda va o‘zgarishda. Navoiy moddiy olamni bilish mumkin ekanini asosan eʼtirof etadi. Uningcha, bilishning manbai real vokelikdir, dunyoda mavjud narsalarning xammasi xislarimizning predmetidan (obhektidan) iborat. Navoiy inson uzining 5 sezgi ahzolari orqali tashki moddiy dunyo bilan aloqa bog‘laydi va u to‘g‘risida aniq maʼlumotlarga ega bo‘ladi, ularni miyasida tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi so‘ngra muayyan xulosa chiqaradi deyiladi.
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun mavjudotning toji deb biladi. Insonni bezaydigan go‘zal xislat va fazilatlar sifatida odob-axloqli, kamtar, muruvvatli, rostguy, mexnatsevar, saxiy bulishni aloxida tahkidlaydi. Uning asarlari markazida turgan belgilovchi va yunaltiruvchi bosh masala - inson, xalq, Vatan, uning gullab yashnashi, istiqboli haqidagi muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri xalq va undan manfaatlari yulida g‘amxo‘rlik qiladigan kishilarni ulug‘laydi.
XVI-XX asrlarda xonliklar va amirliklar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining fan va madaniyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan xolda rivojlandi. Feodallar o‘rtasida bo‘lib turgan daxshatli janglar ilm axliga qanchalik kulfatlar keltirgan bulmasin, u ilm-fan, sanhat va adbiyot rivojini tuxtatib qo‘ya olmadi.
Boboraxim Mashrab (1657-1711) Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy va falsafiy fikrlari rivojlanishi tarixida muxim o‘rin tutadi. U o‘sha vaqtda yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik okimiga ehtiqod qilib, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga xarakat qiladi. Mashrab o‘zining g‘azal ruboiylarida iloxiy sevgini, yaʼni xudoga muxabbatni bayon qiladi. Lekin ayni bir vaqtda, mavjud dunyoning ishlarini, g‘am tashvishlarini, insoniy fazilatlarni egallash, xalqning axvolini yaxshilash muammolarini xam unutmaydi. Mashrab din yo‘lidan chiqib ketgan, shahriyat qonunlariga rioya kilmay, riyokorlik, muttaxamlik, firibgarlik, buzuqchilik bilan shug‘ullanayotgan din vakillarni fosh qilib, ularni tug‘ri yulga solmoqchi bo‘ladi. Boboraxim Mashrabning otashin insonparvarlik so‘zlari, isyonkor shehrlari o‘sha davrdagi xukmdorlarga shahriyat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. U 1711 yilda Balx xokimi Maxmudxon tomonidan osib o‘ldiriladi.
Markaziy Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos katta o‘rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) dir. U 120 ming misradan ortiq shehr va 20-25 bosma taboqdan iborat nasr yozgan. Uning «Kulliyot» nomli asarlari to‘plamiga 16 ta kitob kirgan. Falsafaga doir asarlaridan «Bilim», «Chor unsur», «Nukot» kabilarni ko‘rsatish mumkin. Mirzo Bidil falsafiy fikr negizini obʼektiv olam mavjudligini eʼtirof etish tashkil etadi. Uning taʼlimotiga kura tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘liq hamda dunyo xamisha o‘zgarish, rivojlanish xolatida turadi. Bedilning falsafiy qarashlari uning «mavjudot birligi» degan taʼlimotida chukur ifodalangan. Unda aytilishicha, modda bilan Rux, tan bilan jon bir-biriga bog‘lik. Bedil nuqtai nazari bilan qaraganda, 4 unso‘rning turli birikmalarida noarganiq dunyo paydo bo‘lgan, keyin undan organiq dunyo - o‘simliklar, xayvonlar va odamzot vujudga kelgan. Bedilning tushuntirishicha, jism narsalar tarkibida zarrachalar o‘zgarib turadi, natijada yangi narsalar kelib chiqadi. Bu xayratga soluvchi sirli hodisa zaruriyat xukmi bilan bo‘ladi. Bu zaruriyat narsalarning o‘zida va ularning o‘zaro munosabatlarida mavjuddir. Bedilning taʼlimoticha, inson sezgi organlariga tashqi olam tahsir etadi, inson narsalar moxiyatini aql-zakovati yordamida bilib oladi. Obʼektiv olam bilish manbai ekanini u xar doim tahkidlagan. Odam xis qilish organlari yordami bilan tashki dunyo tahsirini idrok qiladi.
Tafakkuri bilan esa buyumlarning moxiyatini bilib oladi. Mirzo Bedilning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari xam muxim axamiyat kasb etadi. U o‘z shehrlarida insonga xurmat va extirom bilan qarash uning kelajagini o‘ylash, xalol yeb, xalol yashashga dahvat etadi. Bedil dangasalik, yolgonchilik, kekkayish, ochkuzlik, makr va xiyonatni tanqid qilib, kamtarlik, saxiylikni, mexnatsevarlik, odob-axloq, iymon-ehtikodni yuksak darajada qadrlaydi.
O‘rta Osiyoning buyuk mutaffakkirlari tomonidan ilgari surilgan maʼrifat haqidagi ajoyib g‘oya va taʼlimotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar, faylasuflar, ziyolilar tomonidan o‘ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi. Yangicha maʼno va mazmun bilan boyitildi.
Turdi Fargoniy, Boboraxim Mashrab, Shermuxammad Munis, Muxammad Sharif Gulxaniy, Muxammad Rizo Ogaxiy va boshqalar o‘sha murakkab tarixiy davrning fan arboblari atoqli shoir va yozuvchi olimlardir. Xalqimizning tub manfaatlarini, ozodlik, mustakillikka bo‘lgan intilishdari, orzu-niyatlarini uzida aks ettirgan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur-maʼrifatparvarlik Turkistonda XIX asrlar oxirlaridan boshlab paydo bo‘la boshladi. Ularning yirik namoyondalari Axmad Donish (1827-1897), Furqat (1858-1909) yillari, Zavkiy (1853-1921), Avaz Utar (1884-1914) xisoblanadi. Ularning asosiy maqsadlari xalqni ilmli, madaniyatli qilish, milliy ong va g‘ururini ustirish asosida el-yurtni yakdil, yaktan qilib birlashtirish, odamlar ko‘zini g‘aflat uyqusidan ochish yuli bilan Vatanimiz mustaqilligi, millatimiz erkinligi va ozodligini tahminlashdan iborat edi.
XIX asr va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar xarakati vujudga keldi. Ular xalqni maʼrifatli qilish, bilim saviyasini ko‘tarish, fikr doirasini o‘stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb tushundilar va ana shu oliyjanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay xarakat qildilar. Xalqimizning zukko farzandlari Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar
Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Chulpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy shular jumlasiga kiradilar. Turkistonning kelajak taqdiri to‘g‘risida millatning istiqboli haqida tinmay qayg‘urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar.
Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog‘langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini eʼtirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini taʼkidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mutaffakkirlaridan Farobiyning aytishicha, bilish muammosi inson mohiyatini aniqlash masalasining bir qismini tashkil etadi. U insonni bilish subekti, o‘rab turgan tabiatni reallikni bilish obekti deb hisoblaydi. Seziluvchi narsa, Farobiy fikricha, sezgilarga qadar mavjud bo‘lgandek, bilinuvchi narsa ham unga oid bo‘lgan bilimga qadar mavjuddir. Uning taʼrificha, odam o‘z bilimlarini tashqaridan, atrofdagi hodisalardan bilish jarayonida oladi. Bu jarayon o‘z ichiga ko‘p vosita va usullarni: sezgi, idrok, xotira, tasavvur va eng muhimi mantiqiy fikr, aql va nutqni oladi. Shu vositalar yordamida inson fanni yaratdi.
Beruniy merosini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk asarlaridan boshlab va keyingi asarlarida uning inson bilishga juda qiziqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy fikricha, bilishning asosi, olam haqidagi bilimlarimizning manbai sezgi organlari yordamida olingan hissiy bilimlardir. Agar sezgi bo‘lmaganda olam haqidagi bilimlarimiz mumkin bo‘lmas edi.
Bilish jarayoni Beruniy maʼlumoticha, eskilik, fanatizm, shaxsiy g‘araz subektivizmdan ozod bo‘lish, tabiatning o‘ziga, kuzatishga tajribaning rad etib bo‘lmaydigan dalillarga asoslanish lozim: tabiatni bilish jarayoni sezgilar bilan boshlanish tafakkurgacha ko‘tariladi, maʼlum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi, biroq bir avlodning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning bilish nazariyasida aql – faol ijodiy kuch va bilish qurolidir, biroq moddiy olam, uning qonuniyati tajriba jarayonida o‘rganiladi: buyumlar va hodisalar to‘g‘risida tushunchalar paydo bo‘ladi. Inson aqli o‘z bilimini og‘ir va uzoq mehnat jarayonida hissiy qabul qilish orqali ko‘paytiradi.
Alisher Navoiy ham o‘z falsafiy qarashlarida moddiy olamni bilish mumkinligini asosan eʼtirof etadi. Uning bilishning manbai real voqelikdir, dunyoda mavjud narsalarning hammasi hislarimizning predmetidan (obektidan) iborat. Ulug‘ gumanist inson baxtining manbai, uni bilishda deb tahkidlaydi.
Falsafa tarixida bunday olamni bilishni eʼtirof etuvchi qarashlar bilan birga tabiat va jamiyatni rivojlantirish qonunlarni bilish mumkinligini inkor etuvchi turli oqimlar ham bor. Dunyoni bilish mumkinligini, bilimlarimizning to‘g‘ri va aniq ekanligini inkor etuvchi va shubha qiluvichlar agnostitsizm va skeptitsizm taʼlimotidir. (Agnostitsizm yunon so‘zi bo‘lib, a – inkor, gnosos – bilishdir). Agnostitsizmning eng qadimgi ko‘rinishi skeptitsizmdir. (bilishga shubhalanib qarash).
Agnostitsizmning eng yirik vakillari ingliz faylasufi David Yum bilan nemis faylasufi Immanuyelg‘ Kantdir. Yumning fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi, u faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni aslo bila olmaydi. Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan tashqarida obektiv olamda aslo bilib bo‘lmaydigan “narsa o‘zida” bor, “narsa o‘zida” makon va zamon tashqarida bo‘lib, uni aslo bilish mumkin emas. Kant inson bilishi mumkin bo‘lgan hodisalar olamini “biz uchun bo‘lgan narsalar” deb uni inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilish mumkin deydi. “Biz uchun bo‘lgan narsa” bilan “Narsa o‘zida” sezgi ahzolariga aralash tahsir etish bilan bilish mumkin bo‘lgan hodisalar yuzaga keladi, inson ularni o‘zining tug‘ma aprior tushunchalari bilan tartibga soladi.
Umuman Kantning bilish nazariyasi boshdan oyoq chalkash, g‘ayri ilmiy reaktsion bo‘lib, o‘z mohiyati ehtibori bilan bilan inson aqlining bilish imkoniyatlarini fanning rivojlanish istiqbollarini inkor etishga qaratilgan.
Bilish nazariyasining rivojlanishida XVII-XVIII asr faylasuflari (ingliz Bekon, frantsuz Dekart, Didro, Golg‘bax, Gelg‘vetsiylar) muhim o‘rin tutadi. Ular agnostitsizm, spektitsizmni qattiq tanqid qilib olamni bilish mumkinligini tahkidlaydilar. Biroq ularning qarashlarida maʼlum nuqsonlar ham bor edi. Masalan, ularning bilish nazariyasi metafizik xususiyatga ega bo‘lib bilishda hissiy va ratsional jihatlarning dialektik birligini ko‘rsata olmas edi. Ular bilish jarayonining ziddiyatli ekanligini ochib bera olmadilar. Shuningdek ular kishilar ijtimoiy tarixda amaliyot rolini tushuna olmadilar, kishilarning ongli faoliyati rolini inkor etdilar.
Maʼlumki, obektiv dunyo, uning predmet va hodisalari bilishning birdan-bir manbaini tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, ayrim faylasuflar va din taʼlimotida bilishning manbai sifatida qandaydir mistik, go‘yo insondan tashqari mavjud bo‘lgan ong (“Mutloq g‘oya”, “olam ruhi” va h.k.) eʼtirof etiladi. Ular nuqtai nazarida inson tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarining mohiyatini bilishga qodir emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd qilishga va turkumlarga ajratishgagina qodir.
Insoniyat, ijtimoiy amaliyoti va bilish taraqqiyotining ilgarilab borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiqarmoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa, fizika fani atom tabiatini tuzilishini va xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni parchalash, atom ichki energiyasdan foydalanish, atom yadro zarrachalarining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikro olamni bilish, astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar ilmiy falsafaning bilish nazariyasini to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrda o‘zi xohlshagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina bilib, bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson bilimining cheki yo‘q, chunki makro-mikro olamning cheksizligi inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.
Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida inhikos etish jarayonidir, aniqrog‘i, bilish oddiy mexaniq holdagi aks etish bo‘lmay, balki obektiv olamdagi narsa-hodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida inhikos etishni eʼtirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan obektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilardan asoslanadi.
- obektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda undan tashqari mavjud, obektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;
- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan olam mazmunini inhikos ettiradi.
Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va hodisalar sezgilarga tahsir etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda obektiv olamning subektiv inhikosi hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasi inhikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obekt bilan subekt orasidagi munosabatlarini to‘g‘ri hal qilishni talab qiladi. Chunki bilish jarayonida obekt bilan subekt dialektikasi muhim o‘ringa ega. U subekt, yaʼni inson bilan bog‘liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi mumkin emas. Subektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u obektiv mavjud bo‘lgan qonuniy bog‘lanishlarni ochib beradi. Obektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.
Masalan, nemis fiziologi Gelg‘mgolning ilgari surgan simvollari nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o‘z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O‘z sezgilarini narsa, hodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o‘zi bilan tenglashtiradi. Sezgi obektiv olam obrazi bo‘lmay, olamning o‘zi bo‘lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko‘ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo‘q. O‘z vaqtida Ibn Sino empirik tabiatshunos sifatida Pifagor, Platon, o‘rta asrdagi sxolast G‘azzoliy kabilarni fikrlariga zarba berib mistik son yoki geometrik figuralari yo‘q: son, geometrik figuralar konkret predmetsiz bo‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Sezgi mazmuni predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega bo‘lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto‘g‘ri.
Sezgi obrazi moddiy dunyo narsa va hodisalarining inson sezgi ahzolarida aks etishi natijasida yuzaga kelgan. Demak sezgi va tushunchada narsaning o‘zi emas, narsaga nisbatan ikkilangan ko‘rinishi hosil bo‘ladi.
Obraz sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo‘lish mumkin emasligi sababli u ideal narsadir, u inson, subekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi obektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini gavdalantiradi. Shunga ko‘ra obektivdir.
Obraz subektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo‘ladi. Demak, obraz subekt bilan obekt o‘rtasidagi birlikni ko‘rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha shakliy jihatdan subektivdir, lekin mazmunga ko‘ra obektivdir. Chunki sezgida real dunyo inhikos etadi. Demak sezgi – obektiv olamning subektiv obrazidir.
Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi ahzolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog‘lanishdir. Sezgi obrazi sodir bo‘lishi uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa obekti mavjud bo‘lmog‘i lozim. Olamdagi narsa va hodisalar haqida sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining maʼlum bosqichidagina shakllanadi. Sezgi obektiv olamning subektiv obrazi deyish bilan birga shuni alohida taʼkidlash kerakki, bu obraz ko‘chirma qotib qolgan, o‘lik narsa emas, balki bilish jarayonida o‘zgarib boradi. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to‘laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va maʼlumotlarning yangisiga to‘g‘ri kelmay qolishida ko‘rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotini o‘zida aks ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlarini bilishdan mohiyatini bilishga tomon boruvchi tarixiy jaryon ekanligini ko‘rsatadi.
Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o‘ynaydi. Amaliyot ko‘p qirrali va sermazmun tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o‘ziga xos faoliyati bo‘lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo‘lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot subekti hisoblangan insonning, uning uchun obekt hisoblangan moddiy olam bilan bog‘lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida subekt faol rol o‘ynaydi. Amaliy tahsir faqat obektini emas, balki subektning o‘zini ham o‘zgartiradi. Amaliyot subekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo‘lishi mumkin. Qachonki, bunday subekt sifatida inson bilar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog‘langan bo‘ladi. Chunonchi, har bir inson shu jamiyat ahzosi bo‘lar ekan, o‘zining harakatlari bilan alohida jamiyat ahzosi bo‘lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odam ijtimoiy amaliyotining bir bo‘lagi bo‘lib hisoblanadi.
Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lib qoladi:
Birinchidan, amaliyot bilishning boshlang‘ich nuqtasi va asosidir. Eng avvalo ehtiboriga olish kerakki bilishning o‘zi amaliyot asosida va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish tahsiri ostida vujudga kelgan. Masalan, mexaniq harakat issiqlikka aylanadi, yaʼni ishqalanish natijasida o‘t hosil bo‘lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko‘p yillardan keyin esa odamlar issiqlikdan mexaniq harakat vujudga keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo‘ladi. Odamlarning amaliy ehtiyoji tabiat ilmining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, astronomiya fani masalani bilish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Demak har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari amaliyot bilish oldiga maʼlum vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishning asbob-uskunalari bilan qurollantirishni tahminlaydi: Ikkinchidan, amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish natijalaridan o‘zining amaliyot faoliyatidan foydalanish uchun ham atrof tevarakdagi dunyoni bilib boradi. Uning taraqqiyot qonunlarini ochadi. Amaliyot jarayoni bo‘lib, bunda munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.
Olam va uning qonunlarini bilish murakkabdir. Bilishning vazifasi olam hodisalarini oddiy kuzatib qolmasdan ularning mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonunlarini ochish va ularning inson o‘z manfaati uchun foydalanishdan iboratdir.
Tashqi olamning inson miyasida inhikos qilishi murakkab dialektik jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to‘la va mukammal aks ettirish uchun maʼlum bir yo‘l bosib o‘tadi. Farobiy o‘zining “Ilm va sanhatning fazilatlari” risolasidan tabiatni bilishning cheksizligini, bilish- bilmaslikdan bilishga, sababini bilishdan oqibatini bilishga, xadisdan mohiyatga qarab borishini tahkidlaydi. Bilish ikki bosqichdan: jonli mushohada (sezish) va mavhum taffakkurdan iboratdir.
Bilishning boshlang‘ich bosqichi jonli mushohada, yaʼni obektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi ahzolari yordamida aks etiradi. Ibn Sinoning fikricha, sezish – bu shunday tahsirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazining oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli ularni inson moddiy asossiz inhikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bu bosqich maʼlum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va hodisalarning bahzi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. Narsalarning muhim belgilari ularning ichki bog‘lanishlari, mohiyatlari esa bilishning ikkinchi bosqichiga mavhum taffakkur yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga ko‘taradigan narsa amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari predmet va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi. Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishning sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi.
Tashqi dunyoning bu inhikos shakllari bir-biri bilan organiq aloqada bo‘lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki inhikosi o‘sha buyumning o‘ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo‘ladi deydi. Inson miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali tahsiri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va hodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o‘xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko‘rish bilan predmetning katta-kichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa ahzolar vositasi bilan obektiv mavjud. Predmetlarning xilma-xilligini bilamiz. Sezgi idrok uchun asos bo‘ladi. Idrok sezgidan farq qilib predmetning butun obrazini beradi. Bu predmetning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi ahzolari bergan maʼlumotlar asosida miyada tashqi qo‘zg‘atuvchining bir butun obrazi hosil bo‘lishi tushuniladi va idrok tashqi dunyo predmetining obektiv to‘g‘ri inhikosini beradi. Bu inhikosning to‘g‘ri ekanligini amaliyotda isbotlanadi. Inson o‘zining amaliy faoliyatida o‘zi idrok qilayotgan predmet bilan odamning o‘zida shu predmet to‘g‘risida hosil bo‘lgan sezgi va idrokning o‘xshashligini belgilaydi.
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Demak sezgi, undan keyin idrok obektiv olamning subektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur – mavhum tafakkurga o‘tishdagi oxirgi bosqichdir. U narsa va hodisalarning avvalgi tahsiri natijasida xotiramizda qolgan tasavvurlarning qaytadan esga olinishi bilan bog‘liqdir. Tasavvurdagi yangi obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelish mumkin. U mavhum tafakkur uchun asos bo‘ladi.
Idrok qilinayotgan narsa va hodisalar ichki qonuniyatli bog‘lanishlarni ochish uchun mavhum tafakkurga o‘tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, lekin u hodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak hodisalar mohiyatini bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko‘p narsalarga xos bo‘lgan umumiylikni topmoq kerak.
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo‘lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlaridir.
Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o‘sib, mavhum tafakkurga asos soladi. Mantiqiy bilish –bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog‘onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqealikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi.
Bizga maʼlumki, sezgi obrazlari tashqi olamning inhikosidir, yaʼni tashqi olam sezgimizga qanday tahsir qilsa shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog‘lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazining uchta asosiy xususiyati bor.
1. Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatga ega, yaʼni tafakkur obrazlari hosil bo‘lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko‘z oldimizda bo‘lishi shart emas. Tafakkurga xos bo‘lgan ana shu jarayon – abstraktsiya deyiladi.
2. Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga tahsir etayotgan narsa yoki hodisaning sifat va xususiyatlaridagi muhim bo‘lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog‘lanishdir.
3. Tafakkur obrazlari til bilan bog‘langandir. Bilish jarayonida paydo bo‘layotgan har bir tushuncha til orqali ro‘yobga chiqadigan ong omildir.
Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha tafakko‘rning alohida shakli bo‘lib, u tashqi dunyo narsa va hodisalarning umumiy, zaruriy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha – aniq narsa va hodisalarning sifati, mohiyati va muayyanligini miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda hodisadagi asosiy tomonlari umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuan materiyaning belgilaridan qathi nazar, ularning asosiy belgisi – moddiyligi materiya tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa daraxtlar turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy belgilarini olamiz.
Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday. Har bir fanning o‘ziga xos tushunchalari bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish demakdir. Tushuncha mazmunan obektivdir.
Muhokama – hukm orqali obektiv dunyodagi qonuniyatlar ongida aks ettiriladi. Yakka muhokama ayrim dalillarda o‘z aksini topsa, umumiy muhokama umumiy qonunlarni ifoda etadi. Masalan, energiyaning yaylanish shakli yoki har bir harakat shaklining biridan ikkinchisiga o‘tishi haqidagi qonunlar.
Birinchi misol, tabiatning ayrim tomoniga to‘g‘ri kelsa, ikkinchisi umumiy qonunlar aks ettiradi. Demak, muhokama – hukm biror narsa yoki hodisa mushohada haqida biror nima deyish, uni tasdiqlash yoki inkor etishdir.
Tafakko‘rning uchinchi shakli mantiqiy, aqliy xulosa chiqarishdir. Xulosa bir yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari maʼlum bo‘lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo‘ladi.
Mantiqiy aqliy – xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog‘lanib yangi bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo‘lgan ikki muhokama dalil deb ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog‘laydi. Mavhum tafakkur sodir bo‘lish jarayonini ifodalaydi. Shunday qilib insoniyatning barcha bilimlari sezgi materiyallarini umulashtirish orqali hosil bo‘ladi.
Bilishdagi hissiy va ratsional-mantiqiy jihatlarining roli masalasini hal qilinishida semsualizm yoki ratsisnalizmga berilish masalani bir yoqlama tushuntirishga olib keladi. Semsuliklar hissiy bilishni yuqori qo‘yadilar, mantiqiy tafakko‘rning roliga yetarli baho bermaydilar. Ratsionalistlar esa aksincha, mavhum tafakkurlar haddan tashqari yuqori ko‘tarib, hissiy bilishning rolini kamsitar edilar.
Madomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birgalikda maydonga chiqar hamda bir-birini to‘ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan maʼlumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin emas.
Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini mohiyatini bilishga muyassar bo‘lamiz.
“Balki, – deb yozadi Abu Nasr Farobiy, – olamda substantsiya (jabha) va aktidentsiya (jabha bo‘lmagan) hamda substantsiya, aktidentsiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir”. Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o‘rtasida hech qanday vosita yo‘qdir... Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rang ega bo‘lgan narsa borligini ovoz ketidan ovoz kelayotgan narsa mavjudligini biladi. Aqlning boshqa sezgilar bilan munosabatda ham shuning kabidir.
Bilish jarayoni murakkab, ko‘p qirrali jarayondir. U albatta subektning qobiliyati izlanuvchanligi, mantiqiy tafakko‘rning hususiyati, voqealik hodisalarini kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va hodisaga ijodiy yondashishni talab qiladi.
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo‘lib, murakkab ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, istehdodi namoyon bo‘ladi.
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo‘lga kiritilgan chuqur atroflicha, tanqidiy ravishda o‘rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar hisoblashlar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi tajribada sinaladi.
Ijodiy izlanish natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda – badiiy asar, matematik formula, nazariya qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand bo‘lsagina haqiqiy to‘liq ijod bo‘ladi. Ijod – fan, texnika, madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi.
Har bir tarixiy davrda inson o‘zining amaliy faoliyati natijasida obektiv olamni to‘liq va aniq aks ettiruvchi bilimga ega bo‘lib boradi. Bilim esa obektiv reallikka mos keladimi yoki yo‘qmi? Bu masalani hal qilishda haqiqat to‘g‘risidagi maʼlumot o‘z ifodasini topadi. Bu taʼlimot esa o‘z-o‘zidan haqiqat nima? degan masalani hal qilishni talab qiladi. Haqiqat masalasini ilmiy tarzda hal qilishning yagona yo‘li inson bilimlari bilan obektiv olamdagi real narsa va hodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatni yoritishdir. Shunday ekan, haqiqat obektiv voqelikka mos keluvchi narsa va hodisalarning real holatdagi mazmunini sifat va xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlardir.
Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi obektiv olamning inhikosini hosil qiladi. Obektiv olamning mavjudligini eʼtirof etish bilan uning to‘g‘ri inhikosining hosil bo‘lishi obektiv haqiqatdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda obektiv haqiqat inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan obektiv mazmundir. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari obektiv haqiqatdir. Chunki bu qonunlar insonga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud, bu qonunlarni inson bekor qila olamaydi, o‘z ixtiyori bilan o‘zgartira olmaydi. Obektiv haqiqat to‘g‘risidagi tushunchani obektiv reallik haqidagi tushuncha bilan bir deyish mumkin emas. Obektiv haqiqat bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan obektiv reallikni ongimizda to‘g‘ri inhikosidir. Dialektik bilimlar abadiy bo‘lmay ular takomillashib boradi, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bila olamydigan narsa yo‘q. Shuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanish cheksiz u biror chegarada to‘xtatish mumkin emas. Inson erishgan yangi bilim uchun zarur bosqich hisoblanadi. Demak, mutloq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo‘ladi. Inson tafakkuri o‘z tabiatiga ko‘ra mutloq haqiqatni ochish imkoniyatiga ega deb, mutloq haqiqat nisbiy haqiqatlar yig‘indilaridan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Har bir fan sohasida yangi kashfiyotlar mutloq haqiqatga hissa qo‘shadi va bu kashfiyot nisbiy chegaraga ega, yaʼni kengayishi, rivojlanishi mumkin.
Har bir inson haqiqatda mutloq haqiqat elementi, zarrasi bor. Chunki unda moddiy dunyoning maʼlum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat obektiv olamning inson ongida nisbatan to‘g‘ri inhikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, obektiv olamni taxminan to‘g‘ri inhikos ettiradi, to‘la aniq bo‘lmagan inson bilimining so‘nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to‘laroq bo‘lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir.
Nisbiy haqiqatni eʼtirof qilish mutloq haqiqatni inkor etish emas. Chunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo‘lmay, mutloq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutloq haqiqat birdaniga bilib olinmaydi, balki to‘liq bo‘lmagan taxminiy, yaʼni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. (Materiya tuzilishi haqida).
Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi, lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to‘la-to‘kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to‘xtovsiz harakatga, rivojlanishda o‘zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ola olmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutloq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda obektiv mazmun yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay, unda mutloq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymay balki ularni ajralmas, bir butun holda olib o‘rganmoq zarur. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni dialektik munosabatini bilish, dogmatizm, agnostitsizm, relyativizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Dogmatizm va relyativizm haqiqat va uning mohiyatini bir yoqlama hal qiluvchi, uning absolyut va nisbiy tomonlarini bir-biridan ajratib tashlashga harakat qiluvchi taʼlimotdir. Dogmatizm inson bilimlarining konkret vaqti, sharoitlari, bilish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbiy tomonini inkor etadi, har bir bilimini o‘zgartirmaydigan, rivojlantirish, takomillashtirish, to‘ldirish mumkin bo‘lmagan so‘nggi marradagi haqiqat deb tushuniladi. Shu asosda ular inson bilimlarida nisbiy tomonlar muvjudligi butunlay inkor etiladi. Dogmatizm vakillari ko‘rsatishicha hosil bo‘lgan bilimlarni to‘ldirish va rivojlantirishning xojati yo‘q. Har qanday bilimni hamma vaqt konkret sharoitlarini hisobga olmay amalda qo‘llay berish mumkin emas. Negaki dogmatiklar konkret tarixiy sharoit va vaziyatlar doim o‘zgarib turishini inkor etadilar, bahzan nazariy qoidalarni ko‘r-ko‘rona yodlab olib, har qanday sharoitda bemalol qo‘llay berish mumkin deb hisoblaydilar.
Relyativizm vakillari esa inson bilimlarining faqat nisbiy tomonlarini tan olib, mutloq haqiqatni esa butunlay inkor etadilar. Ularning fikricha nisbiylik inson bilimlarining bir tomongina emas, hammasiga xos emish. Bu taʼlimot bilimlarimizning hammasini nisbiy deb hisoblash orqali unda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan voqelikni to‘g‘ri aks ettiruvchi haqiqat mavjudligini ham inkor etadi.
Relyativizm asosan har bir konkret tarixiy sharoitdagi bilish imkoniyatlari bilan bog‘langandir. Biz har bir obektiv narsa va hodisani maʼlum tajriba, malaka, bilish, texnika vositalari asosida bilamiz. Lekin yuqoridagi bilish imkoniyatlari har bir tarixiy davrda bizni qiziqtirgan narsalarning hammasini to‘la va mukammal bilishga imkon bermaydi. Shu tufayli har bir davrdagi bilimlar majmuasida maʼlum nisbiy tomonlar bo‘lishi tabiiydir. Relyativizm ilmiy bilish va praktika uchun zararli taʼlimotdir. Relyativizm, skeptitsizm, agnostitsizm, sxolostikaga olib boradi. Haqiqat to‘g‘risidagi taʼlimotlarning yana bir jihati bor, u ham bo‘lsa haqiqatning konkretligi masalasidir. Haqiqat abstrakt bo‘lishi mumkin emas, u doim konkret bo‘ladi.
Haqiqatning konkretligidan har bir bilim nazariy taʼlimot maʼlum vaqt, sharoit, davr, o‘rin uchun to‘g‘ridir, degan maʼnoni bildiradi. biz yuqorida inson bilimining yagona obekti bo‘lgan moddiy olam narsa va hodisalar doimo o‘sib, o‘zgarib, yangilab turishini ko‘rdik.
Inson obektiv olamni o‘z amaliy faoliyatida maʼlum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida olib boradi, ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lib, aniq shaklda namoyon bo‘ladi, haqiqat mavhum bo‘lmay aniq bo‘ladi. masalan, mustaqil O‘zbekistonning ichki siyosatining negizi ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish, unga o‘tish muqarrar davr amri bo‘lib, obektiv haqiqatdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositalaridir. (I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 61-bet).
Bilish odam bolasining tug‘ilishidan boshlanadi, tabiat va ijtimoiy muhitga moslashish, unga faol tahsir o‘tkazish jaroyonida u takomilashib boradi. Inson bilimini, unda borliq qanday holda inhikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin.
Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o‘z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi ahzolari va tafakurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo‘ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonunyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Shu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo‘llar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir.
Shu tufayli ilmiy bilish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug‘ullanadilar.
Ilmiy bilish uchun tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet va hodisalarning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog‘lanishlarini birga olib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Garchi bunga u hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasa ham, lekin bu har tomonlama o‘rganish talabi uni xatoliklardan va bir tomonlamaliklardan saqlab qoladi.
Ilmiy bilish predmet va hodisalarni “o‘z harakatida” “jonli” holatda, “hayot holatda”, o‘zgarib va rivojlanib turishida bilishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning maʼlum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi.
Har bir bilim sistemasida ilmiy etiqod jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalalarning qo‘yilishi va hal qilishda mahsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o‘z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o‘zi o‘rganayotgan obektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondoshadi.
Ilmiy bilimning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisin to‘ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi.
Ilmiy bilimning empirik darajasi kishilarning ehitiyojlarini qondirish jarayonini ularning kundalik tajribalari asosida qo‘lga kiritilgan maʼlumotlarga tayangan holda olamda ro‘y berayotgan hodisalarni bilishga qaratilgan. Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning birinchi bosqichida alohida-alohida o‘rganadigan hodisalar haqida to‘plangan bilimlar hosil bo‘ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib hodisalarning o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar aniqlanadi. Nihoyat empirik darajaning uchinchi bosqichda narsa va hodisalarga xos empirik qonunlar aniqlanadi. Shu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig‘ilgan maʼlumotlar bilimning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilimning nazariy darajasida ilgari to‘plangan maʼlumotlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakllari emas balki keng miqdordagi bir qancha hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig‘indisidan tarkib topgan bo‘lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo‘ladi. Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat;
1. nazariy bilimlar o‘zining umumiyligi va mavhumligi bilan ajralib turadi;
2.nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi;
3 u falsafiy bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi;
4.empirik bilimlarga nisbatan mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va chuqur aks ettiradi.
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi.
Ilmiy bilishning empirik darajasida quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: Kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).
Bilimning nazariy darajasida esa mavhumlik va aniqlik, aksiomatik, tarixiylik va mantiqiylik ideallashtirish va boshqa usullar qo‘llaniladi. Shu bilan birga ilmiy bilishning ikkala darajasi uchun umumiy bo‘lgan usullar ham mavjud bo‘lib bular: aniqlik va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, modellashtirish, tizimlash.
Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo‘lib, olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli ravishda yondashish imkoniyatini beradi.
Bilish jarayonida qo‘lga kiritilib, falsafiy g‘oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli maʼnaviy kuch hisoblanadi.
Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog‘langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini ehtirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini taʼkidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo mutaffakkirlaridan Farobiyning aytishicha, bilish muammosi inson mohiyatini aniqlash masalasining bir qismini tashkil etadi. U insonni bilish subekti, o‘rab turgan tabiatni reallikni bilish obekti deb hisoblaydi. Seziluvchi narsa, Farobiy fikricha, sezgilarga qadar mavjud bo‘lgandek, bilinuvchi narsa ham unga oid bo‘lgan bilimga qadar mavjuddir. Uning taʼrificha, odam o‘z bilimlarini tashqaridan, atrofdagi xodisalardan bilish jarayonida oladi. Bu jarayon o‘z ichiga ko‘p vosita va usullarni: sezgi, idrok, xotira, tasavvur va eng muhimi mantiqiy fikr, aql va nutqni oladi. Shu vositalar yordamida inson fanni yaratdi.
Beruniy merosini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk asarlaridan boshlab va keyingi asarlarida uning inson bilishga juda qiziqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy fikricha, bilishning asosi, olam haqidagi bilimlarimizning manbai sezgi organlari yordamida olingan hissiy bilimlardir. Agar sezgi bo‘lmaganda olam haqidagi bilimlarimiz mumkin bo‘lmas edi.
Bilish jarayoni Beruniy mahlumoticha, eskilik, fanatizm, shaxsiy g‘araz subektivizmdan ozod bo‘lish, tabiatning o‘ziga, kuzatishga tajribaning rad etib bo‘lmaydigan dalillarga asoslanish lozim: tabiatni bilish jarayoni sezgilar bilan boshlanish tafakkurgacha ko‘tariladi, mahlum narsalarga va xodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi, biroq bir avlodning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning bilish nazariyasida aql – faol ijodiy kuch va bilish qurolidir, biroq moddiy olam, uning qonuniyati tajriba jarayonida o‘rganiladi: buyumlar va xodisalar to‘g‘risida tushunchalar paydo bo‘ladi. Inson aqli o‘z bilimini og‘ir va uzoq mehnat jarayonida hissiy qabul qilish orqali ko‘paytiradi.
Alisher Navoiy ham o‘z falsafiy qarashlarida moddiy olamni bilish mumkinligini asosan ehtirof etadi. Uning bilishning manbai real voqelikdir, dunyoda mavjud narsalarning hammasi hislarimizning predmetidan (obektidan) iborat. Ulug‘ gumanist inson baxtining manbai, uni bilishda deb tahkidlaydi.
Falsafa tarixida bunday olamni bilishni ehtirof etuvchi qarashlar bilan birga tabiat va jamiyatni rivojlantirish qonunlarni bilish mumkinligini inkor etuvchi turli oqimlar ham bor. Dunyoni bilish mumkinligini, bilimlarimizning to‘g‘ri va aniq ekanligini inkor etuvchi va shubha qiluvichlar agnostitsizm va skeptitsizm tahlimotidir. (Agnostitsizm yunon so‘zi bo‘lib, a – inkor, gnosos – bilishdir). Agnostitsizmning eng qadimgi ko‘rinishi skeptitsizmdir. (bilishga shubhalanib qarash).
Agnostitsizmning eng yirik vakillari ingliz faylasufi David Yum bilan nemis faylasufi Immanuyelg‘ Kantdir. Yumning fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi, u faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni aslo bila olmaydi. Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan tashqarida obektiv olamda aslo bilib bo‘lmaydigan “narsa o‘zida” bor, “narsa o‘zida” makon va zamon tashqarida bo‘lib, uni aslo bilish mumkin emas. Kant inson bilishi mumkin bo‘lgan xodisalar olamini “biz uchun bo‘lgan narsalar” deb uni inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilish mumkin deydi. “Biz uchun bo‘lgan narsa” bilan “Narsa o‘zida” sezgi ahzolariga aralash tahsir etish bilan bilish mumkin bo‘lgan xodisalar yuzaga keladi, inson ularni o‘zining tug‘ma aprior tushunchalari bilan tartibga soladi.
Umuman Kantning bilish nazariyasi boshdan oyoq chalkash, g‘ayri ilmiy reaktsion bo‘lib, o‘z mohiyati ehtibori bilan bilan inson aqlining bilish imkoniyatlarini fanning rivojlanish istiqbollarini inkor etishga qaratilgan.
Bilish nazariyasining rivojlanishida XVII-XVIII asr faylasuflari (ingliz Bekon, frantsuz Dekart, Didro, Golg‘bax, Gelg‘vetsiylar) muhim o‘rin tutadi. Ular agnostitsizm, spektitsizmni qattiq tanqid qilib olamni bilish mumkinligini tahkidlaydilar. Biroq ularning qarashlarida mahlum nuqsonlar ham bor edi. Masalan, ularning bilish nazariyasi metafizik xususiyatga ega bo‘lib bilishda hissiy va ratsional jihatlarning dialektik birligini ko‘rsata olmas edi. Ular bilish jarayonining ziddiyatli ekanligini ochib bera olmadilar. Shuningdek ular kishilar ijtimoiy tarixda amaliyot rolini tushuna olmadilar, kishilarning ongli faoliyati rolini inkor etdilar.
Mahlumki, obektiv dunyo, uning predmet va xodisalari bilishning birdan-bir manbaini tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, ayrim faylasuflar va din tahlimotida bilishning manbai sifatida qandaydir mistik, go‘yo insondan tashqari mavjud bo‘lgan ong (“Mutloq g‘oya”, “olam ruhi” va h.k.) ehtirof etiladi. Ular nuqtai nazarida inson tabiat va ijtimoiy hayot xodisalarining mohiyatini bilishga qodir emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd qilishga va turkumlarga ajratishgagina qodir.
Insoniyat, ijtimoiy amaliyoti va bilish taraqqiyotining ilgarilab borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiqarmoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa, fizika fani atom tabiatini tuzilishini va xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni parchalash, atom ichki energiyasdan foydalanish, atom yadro zarrachalarining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikro olamni bilish, astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar ilmiy falsafaning bilish nazariyasini to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrda o‘zi xohlshagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina bilib, bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson bilimining cheki yo‘q, chunki makro-mikro olamning cheksizligi inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.
2. Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida inhikos etish jarayonidir, aniqrog‘i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo‘lmay, balki obektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida inhikos etishni ehtirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan obektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilardan asoslanadi.
- obektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda undan tashqari mavjud, obektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;
- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan olam mazmunini inhikos ettiradi.
Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va xodisalar sezgilarga tahsir etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda obektiv olamning subektiv inhikosi hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasi inhikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obekt bilan subekt orasidagi munosabatlarini to‘g‘ri hal qilishni talab qiladi. Chunki bilish jarayonida obekt bilan subekt dialektikasi muhim o‘ringa ega. U subekt, yahni inson bilan bog‘liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi mumkin emas. Subektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u obektiv mavjud bo‘lgan qonuniy bog‘lanishlarni ochib beradi. Obektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.
Masalan, nemis fiziologi Gelg‘mgolning ilgari surgan simvollari nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o‘z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O‘z sezgilarini narsa, xodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o‘zi bilan tenglashtiradi. Sezgi obektiv olam obrazi bo‘lmay, olamning o‘zi bo‘lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko‘ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo‘q. O‘z vaqtida Ibn Sino empirik tabiatshunos sifatida Pifagor, Platon, o‘rta asrdagi sxolast G‘azzoliy kabilarni fikrlariga zarba berib mistik son yoki geometrik figuralari yo‘q: son, geometrik figuralar konkret predmetsiz bo‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Sezgi mazmuni predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega bo‘lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto‘g‘ri.
Sezgi obrazi moddiy dunyo narsa va xodisalarining inson sezgi ahzolarida aks etishi natijasida yuzaga kelgan. Demak sezgi va tushunchada narsaning o‘zi emas, narsaga nisbatan ikkilangan ko‘rinishi hosil bo‘ladi.
Obraz sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo‘lish mumkin emasligi sababli u ideal narsadir, u inson, subekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi obektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini gavdalantiradi. Shunga ko‘ra obektivdir.
Obraz subektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo‘ladi. Demak, obraz subekt bilan obekt o‘rtasidagi birlikni ko‘rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha shakliy jihatdan subektivdir, lekin mazmunga ko‘ra obektivdir. Chunki sezgida real dunyo inhikos etadi. Demak sezgi – obektiv olamning subektiv obrazidir.
Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi ahzolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog‘lanishdir. Sezgi obrazi sodir bo‘lishi uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki xodisa obekti mavjud bo‘lmog‘i lozim. Olamdagi narsa va xodisalar haqida sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining mahlum bosqichidagina shakllanadi. Sezgi obektiv olamning subektiv obrazi deyish bilan birga shuni alohida tahkidlash kerakki, bu obraz ko‘chirma qotib qolgan, o‘lik narsa emas, balki bilish jarayonida o‘zgarib boradi. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to‘laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va mahlumotlarning yangisiga to‘g‘ri kelmay qolishida ko‘rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotini o‘zida aks ettirish bilan birga xodisalarning yuzaki xususiyatlarini bilishdan mohiyatini bilishga tomon boruvchi tarixiy jaryon ekanligini ko‘rsatadi.
Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o‘ynaydi. Amaliyot ko‘p qirrali va sermazmun tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o‘ziga xos faoliyati bo‘lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo‘lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot subekti hisoblangan insonning, uning uchun obekt hisoblangan moddiy olam bilan bog‘lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida subekt faol rol o‘ynaydi. Amaliy tahsir faqat obektini emas, balki subektning o‘zini ham o‘zgartiradi. Amaliyot subekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo‘lishi mumkin. Qachonki, bunday subekt sifatida inson bilar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog‘langan bo‘ladi. Chunonchi, har bir inson shu jamiyat ahzosi bo‘lar ekan, o‘zining harakatlari bilan alohida jamiyat ahzosi bo‘lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odam ijtimoiy amaliyotining bir bo‘lagi bo‘lib hisoblanadi.
Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lib qoladi:
Birinchidan, amaliyot bilishning boshlang‘ich nuqtasi va asosidir. Eng avvalo ehtiboriga olish kerakki bilishning o‘zi amaliyot asosida va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish tahsiri ostida vujudga kelgan. Masalan, mexanik harakat issiqlikka aylanadi, yahni ishqalanish natijasida o‘t hosil bo‘lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko‘p yillardan keyin esa odamlar issiqlikdan mexanik harakat vujudga keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo‘ladi. Odamlarning amaliy ehtiyoji tabiat ilmining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, astronomiya fani masalani bilish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Demak har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari amaliyot bilish oldiga mahlum vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishning asbob-uskunalari bilan qurollantirishni tahminlaydi: Ikkinchidan, amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish natijalaridan o‘zining amaliyot faoliyatidan foydalanish uchun ham atrof tevarakdagi dunyoni bilib boradi. Uning taraqqiyot qonunlarini ochadi. Amaliyot jarayoni bo‘lib, bunda munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.
Olam va uning qonunlarini bilish murakkabdir. Bilishning vazifasi olam xodisalarini oddiy kuzatib qolmasdan ularning mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonunlarini ochish va ularning inson o‘z manfaati uchun foydalanishdan iboratdir.
3. Tashqi olamning inson miyasida inhikos qilishi murakkab dialektik jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to‘la va mukammal aks ettirish uchun mahlum bir yo‘l bosib o‘tadi. Farobiy o‘zining “Ilm va sanhatning fazilatlari” risolasidan tabiatni bilishning cheksizligini, bilish- bilmaslikdan bilishga, sababini bilishdan oqibatini bilishga, xadisdan mohiyatga qarab borishini tahkidlaydi. Bilish ikki bosqichdan: jonli mushohada (sezish) va mavhum taffakkurdan iboratdir.
Bilishning boshlang‘ich bosqichi jonli mushohada, yahni obektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi ahzolari yordamida aks etiradi. Ibn Sinoning fikricha, sezish – bu shunday tahsirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazining oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli ularni inson moddiy asossiz inhikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bu bosqich mahlum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va xodisalarning bahzi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. Narsalarning muhim belgilari ularning ichki bog‘lanishlari, mohiyatlari esa bilishning ikkinchi bosqichiga mavhum taffakkur yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga ko‘taradigan narsa amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari predmet va xodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi. Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishning sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi.
Tashqi dunyoning bu inhikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo‘lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va xodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki inhikosi o‘sha buyumning o‘ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo‘ladi deydi. Inson miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali tahsiri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va xodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o‘xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko‘rish bilan predmetning katta-kichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa ahzolar vositasi bilan obektiv mavjud. Predmetlarning xilma-xilligini bilamiz. Sezgi idrok uchun asos bo‘ladi. Idrok sezgidan farq qilib predmetning butun obrazini beradi. Bu predmetning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi ahzolari bergan mahlumotlar asosida miyada tashqi qo‘zg‘atuvchining bir butun obrazi hosil bo‘lishi tushuniladi va idrok tashqi dunyo predmetining obektiv to‘g‘ri inhikosini beradi. Bu inhikosning to‘g‘ri ekanligini amaliyotda isbotlanadi. Inson o‘zining amaliy faoliyatida o‘zi idrok qilayotgan predmet bilan odamning o‘zida shu predmet to‘g‘risida hosil bo‘lgan sezgi va idrokning o‘xshashligini belgilaydi.
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Demak sezgi, undan keyin idrok obektiv olamning subektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur – mavhum tafakkurga o‘tishdagi oxirgi bosqichdir. U narsa va xodisalarning avvalgi tahsiri natijasida xotiramizda qolgan tasavvurlarning qaytadan esga olinishi bilan bog‘liqdir. Tasavvurdagi yangi obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelish mumkin. U mavhum tafakkur uchun asos bo‘ladi.
Idrok qilinayotgan narsa va xodisalar ichki qonuniyatli bog‘lanishlarni ochish uchun mavhum tafakkurga o‘tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, lekin u xodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak xodisalar mohiyatini bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko‘p narsalarga xos bo‘lgan umumiylikni topmoq kerak.
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo‘lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlaridir.
Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o‘sib, mavhum tafakkurga asos soladi. Mantiqiy bilish –bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog‘onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqealikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi.
Bizga mahlumki, sezgi obrazlari tashqi olamning inhikosidir, yahni tashqi olam sezgimizga qanday tahsir qilsa shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog‘lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazining uchta asosiy xususiyati bor.
1. Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatga ega, yahni tafakkur obrazlari hosil bo‘lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko‘z oldimizda bo‘lishi shart emas. Tafakkurga xos bo‘lgan ana shu jarayon – abstraktsiya deyiladi.
2. Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga tahsir etayotgan narsa yoki xodisaning sifat va xususiyatlaridagi muhim bo‘lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog‘lanishdir.
3. Tafakkur obrazlari til bilan bog‘langandir. Bilish jarayonida paydo bo‘layotgan har bir tushuncha til orqali ro‘yobga chiqadigan ong omildir.
Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha tafakkurning alohida shakli bo‘lib, u tashqi dunyo narsa va xodisalarning umumiy, zaruriy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha – aniq narsa va xodisalarning sifati, mohiyati va muayyanligini miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda xodisadagi asosiy tomonlari umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuan materiyaning belgilaridan qathi nazar, ularning asosiy belgisi – moddiyligi materiya tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa daraxtlar turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy belgilarini olamiz.
Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday. Har bir fanning o‘ziga xos tushunchalari bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish demakdir. Tushuncha mazmunan obektivdir.
Muhokama – hukm orqali obektiv dunyodagi qonuniyatlar ongida aks ettiriladi. Yakka muhokama ayrim dalillarda o‘z aksini topsa, umumiy muhokama umumiy qonunlarni ifoda etadi. Masalan, energiyaning yaylanish shakli yoki har bir harakat shaklining biridan ikkinchisiga o‘tishi haqidagi qonunlar.
Birinchi misol, tabiatning ayrim tomoniga to‘g‘ri kelsa, ikkinchisi umumiy qonunlar aks ettiradi. Demak, muhokama – hukm biror narsa yoki xodisa mushohada haqida biror nima deyish, uni tasdiqlash yoki inkor etishdir.
Tafakkurning uchinchi shakli mantiqiy, aqliy xulosa chiqarishdir. Xulosa bir yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari mahlum bo‘lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo‘ladi.
Mantiqiy aqliy – xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog‘lanib yangi bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo‘lgan ikki muhokama dalil deb ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog‘laydi. Mavhum tafakkur sodir bo‘lish jarayonini ifodalaydi. Shunday qilib insoniyatning barcha bilimlari sezgi materiallarini umulashtirish orqali hosil bo‘ladi.
Bilishdagi hissiy va ratsional-mantiqiy jihatlarining roli masalasini hal qilinishida semsualizm yoki ratsisnalizmga berilish masalani bir yoqlama tushuntirishga olib keladi. Semsuliklar hissiy bilishni yuqori qo‘yadilar, mantiqiy tafakkurning roliga yetarli baho bermaydilar. Ratsionalistlar esa aksincha, mavhum tafakkurlar haddan tashqari yuqori ko‘tarib, hissiy bilishning rolini kamsitar edilar.
Madomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birgalikda maydonga chiqar hamda bir-birini to‘ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan mahlumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin emas.
Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini mohiyatini bilishga muyassar bo‘lamiz.
“Balki, deb yozadi Abu Nasr Farobiy , – olamda substantsiya (jabha) va aktidentsiya (jabha bo‘lmagan) hamda substantsiya, aktidentsiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir”. Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o‘rtasida hech qanday vosita yo‘qdir... Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rang ega bo‘lgan narsa borligini ovoz ketidan ovoz kelayotgan narsa mavjudligini biladi. Aqlning boshqa sezgilar bilan munosabatda ham shuning kabidir.
Bilish jarayoni murakkab, ko‘p qirrali jarayondir. U albatta subektning qobiliyati izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning hususiyati, voqealik xodisalarini kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va xodisaga ijodiy yondashishni talab qiladi.
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo‘lib, murakkab ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, istehdodi namoyon bo‘ladi.
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo‘lga kiritilgan chuqur atroflicha, tanqidiy ravishda o‘rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar hisoblashlar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi tajribada sinaladi.
Ijodiy izlanish natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda – badiiy asar, matematik formula, nazariya qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand bo‘lsagina haqiqiy to‘liq ijod bo‘ladi. Ijod – fan, texnika, madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi.
Odamlarning istehdod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish, mahnaviy mulkni himoya qilish... mahnaviy potentsialni ildam rivojlantirish, umuman ijodning barcha turlarini rivojlantirish orqali respublikaning mustaqilligini va ravnaq topishini tahminlash kerak. (I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1993 yil 47-bet). Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so‘nggi yutug‘larini dadil va g‘ayrat bilan joriy etadi. O‘z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi. (I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura 1993. 60-61 betlar).
4. Har bir tarixiy davrda inson o‘zining amaliy faoliyati natijasida obektiv olamni to‘liq va aniq aks ettiruvchi bilimga ega bo‘lib boradi. Bilim esa obektiv reallikka mos keladimi yoki yo‘qmi? Bu masalani hal qilishda haqiqat to‘g‘risidagi mahlumot o‘z ifodasini topadi. Bu tahlimot esa o‘z-o‘zidan haqiqat nima? degan masalani hal qilishni talab qiladi. Haqiqat masalasini ilmiy tarzda hal qilishning yagona yo‘li inson bilimlari bilan obektiv olamdagi real narsa va xodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatni yoritishdir. Shunday ekan, haqiqat obektiv voqelikka mos keluvchi narsa va xodisalarning real holatdagi mazmunini sifat va xususiyatlarini to‘g‘ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlardir.
Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi obektiv olamning inhikosini hosil qiladi. Obektiv olamning mavjudligini ehtirof etish bilan uning to‘g‘ri inhikosining hosil bo‘lishi obektiv haqiqatdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda obektiv haqiqat inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan obektiv mazmundir. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari obektiv haqiqatdir. Chunki bu qonunlar insonga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud, bu qonunlarni inson bekor qila olamaydi, o‘z ixtiyori bilan o‘zgartira olmaydi. Obektiv haqiqat to‘g‘risidagi tushunchani obektiv reallik haqidagi tushuncha bilan bir deyish mumkin emas. Obektiv haqiqat bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan obektiv reallikni ongimizda to‘g‘ri inhikosidir. Dialektik bilimlar abadiy bo‘lmay ular takomillashib boradi, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bila olamydigan narsa yo‘q. Shuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanish cheksiz u biror chegarada to‘xtatish mumkin emas. Inson erishgan yangi bilim uchun zarur bosqich hisoblanadi. Demak, mutloq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo‘ladi. Inson tafakkuri o‘z tabiatiga ko‘ra mutloq haqiqatni ochish imkoniyatiga ega deb, mutloq haqiqat nisbiy haqiqatlar yig‘indilaridan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Har bir fan sohasida yangi kashfiyotlar mutloq haqiqatga hissa qo‘shadi va bu kashfiyot nisbiy chegaraga ega, yahni kengayishi, rivojlanishi mumkin.
Har bir inson haqiqatda mutloq haqiqat elementi, zarrasi bor. Chunki unda moddiy dunyoning mahlum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat obektiv olamning inson ongida nisbatan to‘g‘ri inhikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, obektiv olamni taxminan to‘g‘ri inhikos ettiradi, to‘la aniq bo‘lmagan inson bilimining so‘nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to‘laroq bo‘lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir.
Nisbiy haqiqatni ehtirof qilish mutloq haqiqatni inkor etish emas. Chunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo‘lmay, mutloq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutloq haqiqat birdaniga bilib olinmaydi, balki to‘liq bo‘lmagan taxminiy, yahni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. (Materiya tuzilishi haqida).
Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi, lekin u moddiy olam qonun va xodisalarini to‘la-to‘kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to‘xtovsiz harakatga, rivojlanishda o‘zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ola olmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutloq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda obektiv mazmun yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay, unda mutloq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymay balki ularni ajralmas, bir butun holda olib o‘rganmoq zarur. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni dialektik munosabatini bilish, dogmatizm, agnostitsizm, relyativizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Dogmatizm va relyativizm haqiqat va uning mohiyatini bir yoqlama hal qiluvchi, uning absolyut va nisbiy tomonlarini bir-biridan ajratib tashlashga harakat qiluvchi tahlimotdir. Dogmatizm inson bilimlarining konkret vaqti, sharoitlari, bilish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbiy tomonini inkor etadi, har bir bilimini o‘zgartirmaydigan, rivojlantirish, takomillashtirish, to‘ldirish mumkin bo‘lmagan so‘nggi marradagi haqiqat deb tushuniladi. Shu asosda ular inson bilimlarida nisbiy tomonlar muvjudligi butunlay inkor etiladi. Dogmatizm vakillari ko‘rsatishicha hosil bo‘lgan bilimlarni to‘ldirish va rivojlantirishning xojati yo‘q. Har qanday bilimni hamma vaqt konkret sharoitlarini hisobga olmay amalda qo‘llay berish mumkin emas. Negaki dogmatiklar konkret tarixiy sharoit va vaziyatlar doim o‘zgarib turishini inkor etadilar, bahzan nazariy qoidalarni ko‘r-ko‘rona yodlab olib, har qanday sharoitda bemalol qo‘llay berish mumkin deb hisoblaydilar.
Relyativizm vakillari esa inson bilimlarining faqat nisbiy tomonlarini tan olib, mutloq haqiqatni esa butunlay inkor etadilar. Ularning fikricha nisbiylik inson bilimlarining bir tomongina emas, hammasiga xos emish. Bu tahlimot bilimlarimizning hammasini nisbiy deb hisoblash orqali unda inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan voqelikni to‘g‘ri aks ettiruvchi haqiqat mavjudligini ham inkor etadi.
Relyativizm asosan har bir konkret tarixiy sharoitdagi bilish imkoniyatlari bilan bog‘langandir. Biz har bir obektiv narsa va xodisani mahlum tajriba, malaka, bilish, texnika vositalari asosida bilamiz. Lekin yuqoridagi bilish imkoniyatlari har bir tarixiy davrda bizni qiziqtirgan narsalarning hammasini to‘la va mukammal bilishga imkon bermaydi. Shu tufayli har bir davrdagi bilimlar majmuasida mahlum nisbiy tomonlar bo‘lishi tabiiydir. Relyativizm ilmiy bilish va praktika uchun zararli tahlimotdir. Relyativizm, skeptitsizm, agnostitsizm, sxolostikaga olib boradi. Haqiqat to‘g‘risidagi tahlimotlarning yana bir jihati bor, u ham bo‘lsa haqiqatning konkretligi masalasidir. Haqiqat abstrakt bo‘lishi mumkin emas, u doim konkret bo‘ladi.
Haqiqatning konkretligidan har bir bilim nazariy tahlimot mahlum vaqt, sharoit, davr, o‘rin uchun to‘g‘ridir, degan mahnoni bildiradi. biz yuqorida inson bilimining yagona obekti bo‘lgan moddiy olam narsa va xodisalar doimo o‘sib, o‘zgarib, yangilab turishini ko‘rdik.
Inson obektiv olamni o‘z amaliy faoliyatida mahlum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida olib boradi, ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lib, aniq shaklda namoyon bo‘ladi, haqiqat mavhum bo‘lmay aniq bo‘ladi. masalan, mustaqil O‘zbekistonning ichki siyosatining negizi ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish, unga o‘tish muqarrar davr amri bo‘lib, obektiv haqiqatdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositalaridir. (I.Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 61-bet).
5. Bilish odam bolasining tug‘ilishidan boshlanadi, tabiat va ijtimoiy muhitga moslashish, unga faol tahsir o‘tkazish jaroyonida u takomilashib boradi. Inson bilimini, unda borliq qanday holda inhikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin.
Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o‘z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi ahzolari va tafakurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo‘ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va xodisalarning qonunyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Shu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo‘llar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir.
Shu tufayli ilmiy bilish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug‘ullanadilar.
Ilmiy bilish uchun tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet va xodisalarning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog‘lanishlarini birga olib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Garchi bunga u hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasa ham, lekin bu har tomonlama o‘rganish talabi uni xatoliklardan va bir tomonlamaliklardan saqlab qoladi.
Ilmiy bilish predmet va xodisalarni “o‘z harakatida” “jonli” holatda, “hayot holatda”, o‘zgarib va rivojlanib turishida bilishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning mahlum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi.
Har bir bilim sistemasida ilmiy etiqod jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalalarning qo‘yilishi va hal qilishda mahsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o‘z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o‘zi o‘rganayotgan obektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondoshadi.
Ilmiy bilimning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisin to‘ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi.
Ilmiy bilimning empirik darajasi kishilarning ehitiyojlarini qondirish jarayonini ularning kundalik tajribalari asosida qo‘lga kiritilgan mahlumotlarga tayangan holda olamda ro‘y berayotgan xodisalarni bilishga qaratilgan. Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning birinchi bosqichida alohida-alohida o‘rganadigan hodisalar haqida to‘plangan bilimlar hosil bo‘ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib hodisalarning o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar aniqlanadi. Nihoyat empirik darajaning uchinchi bosqichda narsa va xodisalarga xos empirik qonunlar aniqlanadi. Shu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig‘ilgan mahlumotlar bilimning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilimning nazariy darajasida ilgari to‘plangan mahlumotlar asosida olamdagi narsa va xodisalarning alohida shakillari emas balki keng miqdordagi bir qancha xodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig‘indisidan tarkib topgan bo‘lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo‘ladi. Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat;
1. nazariy bilimlar o‘zining umumiyligi va mavhumligi bilan ajralib turadi;
2. nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi;
3. u falsafiy bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi;
4. empirik bilimlarga nisbatan mukammal bilimlar hisoblanib, xodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va chuqur aks ettiradi.
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va xodisalarni o‘rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi.
Ilmiy bilishning empirik darajasida quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: Kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).
Bilimning nazariy darajasida esa mavhumlik va aniqlik, aksiomatik, tarixiylik va mantiqiylik ideallashtirish va boshqa usullar qo‘llaniladi. Shu bilan birga ilmiy bilishning ikkala darajasi uchun umumiy bo‘lgan usullar ham mavjud bo‘lib bular: aniqlik va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, modellashtirish, tizimlash.
Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo‘lib, olamdagi narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli ravishda yondashish imkoniyatini beradi.
Bilish jarayonida qo‘lga kiritilib, falsafiy g‘oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli mahnaviy kuch hisoblanadi.