Insonni olamga va o‘z-o‘ziga munosabatiga doir muammolar bilish.
Falsafa, falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va taraqqiyoti jamiyat, ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kechadi. Falsafaning fan sifatida tiklanishining tarixiy ildizlari qadimiy davrlarga borib taqaladi. Markaziy
Osiyodagi ilk falsafiy qarashlar vatandoshimiz Zardusht Spetoma (e.a.589-512) nomi bilan bog‘liq ʼAvestoda o‘z ifodasini topgan. Daslabki falsafiy qarashlar qadimiy Xitoy, Hindiston, Yunoniston kabi mamlakatlarda shakllangan. Bu haqidagi masalani biz navbatdagi mavzu («Falsafaning tarixiy taraqqiyot bosqichlari»)da to‘xtalib o‘tamiz. Falsafaning jamiyatda tutgan o‘rni uning bahs mavzui va muammolaridan kelib chiqadi.
Zotan mashhur Xitoy faylasufi Konfutsiy aytganidek, «Bilish-bu insonni bilishidir».
Fasafaning fan sifatida shakllanishi asrlar bo‘yi davom etadi.
Falsafa inson dunyoqarashining nazari asosi xisoblanadi.
3. Falsafaning jamiyatda tutgan va to‘tishi lozim bo‘lgan o‘rni deganda eng avvalo uning inson dunyoqarashining shakllantirishi va taraqqiyotiga xizmat qilishni nazarda tutmoq lozim. Falsafa insonning olamni, voqelikni to‘gri anglashida muhim ahamiyatga ega. Inson dunyoqarashi birinchi navbatda uning maʼnaviy dunyosida, fikrlash, voqelikning to‘gri anglash madaniyatida nomoyon bo‘ladi. Voqelikni anglash - tabiyat, jamiyat, unda ro‘y berayotgan murakkab ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar, maʼnaviy hodisalarni atroflicha tahlil va mushoxada etishdir. Voqelikni anglash insonning o‘zining jamiyati, insoniyatning bir qismi sifatida xis qilish, ularga o‘z munosabatini bildirish, shunga muvofiq ravishda faoliyat qo‘rsatishdir. Falsafiy dunyoqarash kishining jamiyat oldidagi xissini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Falsafa bevosita uning tafakkuri, ongini shakllantirishga qaratilgan fan. Bu xol uning tarbiyaviy funktsiyasiga ega ekaligidan dalolat beradi.
Falsafa insonni tarbiyalashning muxim omilidir deganda biz dastavval uning inson xayotiga, faoliyatiga qo‘rsatiladigan taʼsirini, insonning jamiyatda o‘ziga xos o‘rnini to‘ishga zamin yaratishni nazarda tutamiz. Masalaning shu tarzda qo‘yilishi falsafaning inson xayotidagi o‘rnini keng tushunishga imkon beradi.
Falsafa inson maʼnaviyatini yuksalishini muhim omili bo‘lib xisoblanadi. Falsafa doirasida qo‘yilgan inson muammosining muhim tomonini uning komilligi, barkamolligini tashkil qiladi. Masalaning bu tarzda qo‘yilishi, ayniqsa, Sharq, xususan, O‘rta Osiyo falsafasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Falsafa jamiyatida ro‘y berayotgan murakkab jarayonlarni mushohada etish orqali uning xolat, ziddiyatlari, taraqqiyot istiqbollari to‘grisida fikr yuritishga, jamiyat, uning taraqqiyotiga zid, murakkab muammolarni aniqlashga yordam beradi, zamon falsafiy muammolar bevosita xayotdan, jamiyat tahlilidan kelib chiqadigan umuminsoniy harakteriga ega bo‘lgan muammolardir.
Inson jamiyat, insoniyat xayotiga oid masalalarni qo‘llashi, bu masalalarni davr nuqtai nazaridan xal etish falsafaning ijtimoiy xayotini o‘rganishdagi axamiyatidan dalolat beradi.har bir davrning, har bir jamiyatning xal etilishi lozim bo‘lgan o‘z falsafiy muammolari bo‘ladi.
Demak, falsafa shaxsning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantiradi, shu bilan birga u shaxsda jamiyat oldidagi ijtimoiy maʼuliyat xissini uygotadi.
Falsafa gnoseologik vazifani xam bajaradi, yaʼni tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni, bilishning qonuniyatlarini, bilish jarayonida obg‘ekt va subʼekt diametrikasini atroflicha ochi beradi. Shuningdek, falsafa va aniq fanlar vakillarini ilmiy bilimining asosiy shakllari, uslublari va tamoyillari bilan qurollantiradi.
Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar taʼsirida, maʼlum tarixiy-madaniy manbalar asosida shakllanadi.
Ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilarning ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, shu bilan birga ilmiy bilimni shakllantiradi.
Falsafa predmetlarga kundalik amaliy va olamga tabiiy-ilmiy yondoshishdan farq qilgan, o‘ziga xos yondoshishga ega. Qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bulishning o‘zi nima? degan muammoni hal qilib kelganlar. Falsafaning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga bir muncha javob berishga yordam beradi.
Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan ishontirish mumkin bo‘lmagan jiddiy ziddiyat va konfiliktlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan xaqiqatan qanday ekanligi haqidagi bilimni farqlash extiyoji tug‘iladi. Bu fikrlash falsafa bilan vujudga keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf-odatni, anʼanaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu anʼanalarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. Shundan uning bor bulishning o‘zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi.
Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljinishlar taʼsir qiladi? degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. Qadimgi Gretsiyada falsafa inson xayotining maʼnosi, uning odatdagi tuzim i va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllanadi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas balki taraqqiyoti xam chuqur ijtimoiy krizislar inqirozlar bilan boglik bo‘lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar uz axamiyatini yuqotib endi nima qilish kerak? degan savol tug‘iladi . Dastlabki quldorlik davrining odatdagi mifologik-afsonaviy tasavvurlari yangi dunyoqarashning talablariga javob bera olmaydi. Shunday qilib falsafa odatdagi xayot tarzi va odatdagi qadriyatlarning krizis momentida vujudga keladi. Bir tomondan u urf-odatlarni tanqid qilsa boshqa tomondan yangi binoni qurish uchun poydevor, yangi madaniyat tipini topishga xarakat qiladi. Shuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‘liqdir.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki diniy – falsafiy fikrlar olam haqidagi fanlar, yaʼni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar bir muncha rivoj topgan.
Bu yerda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan xudolarga ishonch, iloxiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan taʼsirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida bo‘lsada, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar xam asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – usha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xujayinning o‘z quli bilan xayotning mazmuni haqida suxbati», «Arfist qushigi», «O‘z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suxbati» kabi bitiklarda yakkol namoyon bo‘lgan.
Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch uchog‘ida Hindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafa vujudga keldi. Uning tugilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Hindiston bashariyat tarixida qariyb birinchi tsivilizatsiya beshigi xisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qadimgi Hind falsafasini o‘rganishda «Ramayana», «Maxobxarot», «Kalila va Dimna» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaxo yodgorliklarining xar birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, tug‘ri suzlilik tug‘risida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligi haqida juda muxim falsafiy g‘oyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar bayon etilgan.
Falsafiy qarashlarning ko‘rtaklari hind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar» da («Ved» lar – xudolar, tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar tuplami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, Yashurveda va Atxarda deb ataladigan 4 katta bulimdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt haqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manbalari va turlari insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Unda takidlanishicha, tana jonning qobigi bo‘lib, jon esa dunyoviy ruxning bir bulagidir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‘lgan manbalarda xam o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan maʼnoni anglatib «Veda» larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nomaʼlum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi xar xil va turlicha falsafiy qarashlar maxq, uning xayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning xayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq meʼyorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy, mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bo‘lgan 8-7 asrlarda Hindistonda Lokayati (bu dunyo (loka) ni tan oluvchi) falsafiy taʼlimot shakllana boshladi. Bu taʼlimotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarning tanqid qilib, yerdan boshqa tarzdagi xayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari fikrni ilgari surdilar.
Lokayataning eng rivojlangan oqimi Chorvaklar (er.av. 6-asr) taʼlimotidir. Ularning fikricha dunyo 4 elementdan tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo‘lib, barcha narsa va hodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bu bilishning manbai idrokdir, deb, bilimda xissiyotning rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar yolg‘on bo‘lishi mumkin deb xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, yer, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi 7-6 Xitoy mutaffakirlarining fikricha tabiat hodisalar degan moddiy zarralardan tarkib topgan dao- degan obʼektiv tabiiy qonuniyatga buy sunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, Dunyo moddiydir, degan taʼlimotga bog‘liqdir. Dao haqidagi taʼlimot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
«Daosizm» so‘zini uzi «Dao» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yul», «taraqqiyot», «dunyo negizi» degan maʼnoni bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao – tszi bo‘lib, u dunyoda abadiy xarakat va qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog‘likligi amal qiladi, tabiat hodisalari o‘z-o‘ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Tahkidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq va yukliq, uzun bilan kisqalik bir-birini tuldiradi., birin-ketin keladi, bir-biriga bog‘liq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi.
Daosizmning vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‘rtaga quyib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.
Eramizdan oldingi 5-3 asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim xam bo‘lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo‘lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik g‘oyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. Konfutsiy o‘zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta eʼtibor qaratgan. Odamlar o z tabiatiga ko‘ra bir-birlariga o‘hshaydilar, faqat tarbiyaga ko‘ra ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha insonlar o‘rtasida o‘zaro muhabbat, xurmat tamoillari xukmron bo‘lishi kerak.
Markaziy Osiyo jahonning ilm fan, falsafa, din, adabiyot va sanhat qadimdan rivojlangan, tarixi nihoyatda boy mintaqalardan iborat.
Miloddan ilgari 10-8 asrlarda O‘rta Osiyoda quldorlik munosabatlari ravnaq topdi. Shu davrda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar Yunon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa Eron manbalarida saklar deb nomlaganlar.
Qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexkonchilik sunhiy sugorishga asoslangan bo‘lib, u sugorish inshoatlarining rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda O‘rta Osiyoda oramiylar alifbosi keng tarkalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. Shu bilan birga O‘rta Osiyo xalqlarining boy abadiy merosi paydo bulla boshlaydi. Saklar ogzaki ijodining eng dastlabki yodgorliklari kelib chiqadi. Masalan, Tumaris, Spitamen va Zarin, Chupon, Shirok haqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda O‘rta Osiyo xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.
Miloddan avv. 6-asrdan to milodning 3-asrigacha O‘rta Osiyoda Zardushtiylik va u bilan boglik dunyoqarash xukmronlik qilgan.
Zardushtiylik fakat din bo‘lib kolmay, balki usha davrning xukmron mafkurasi xam edi.
Zardushtiylikni muqaddas kitobi Avesto materiyali (12000 shlangan kora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir kancha asrlar davomida tuplangan. Iskandar Zulkaynarning boskinchilik davrida uning kup qismi yukolgan. Arshakidlar davrida uning kolgan qismi Avesto sifatida tartibga solingan.
Unda O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iktisodiy, xukukiy, axloqiy qarashlari vaumuman dunyoqarashi uz ifodasini topgan.
«Avesto» da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan boglik afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-miyosiy, iktisodiy xayoti geografiyasi, tabiati, inobototi, ilm-fani uz aksini topgan. Unda qadimgi Turon ulkasining iklimi, suvi, xayvonot dunyosi, yer tuzilishi, saxrolari, toglari xakida kimmatli maʼlumotlar berilgan.
Garazguylik, xasad, manmanlik, fitna fasad «Avesto» da kattik koralansa, vahdaga vafo qilish, axdga sadokat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat – ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustuvor buladigan axloqiy koidalar uluglanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.
«Avesto» da odamlarni iymonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda to‘tishga, xar qanday yomon niyat va suzlardan yuz ugirishga dahvat etadigan axloqiy qoidalar diniy ugitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko ʼp.
«Avesto» da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mexnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib tuk farovon xayot kechirishga dahvat etilganligidadir.
Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb xisoblagan yer, tuprok, xavo muqaddaslashtiriladi. Yer va xavo shunday ehzozlanganki, xavoni bulgash ifloslashtirish, xayvonlar uligi u yokda tursin, odamlar jasadini xam yerga kumish, suvga okizish, olovda yokish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar yerni, suvni, xavoni zaxarlab kuymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda kumish rasm bo‘lgan.
Shunday qilib, «Avesto» dunyoda eng qadimgi din bo‘lgan Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ajdodlarimizning uzok o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining komusiy yigindisi, tili, yozuvi, madaniyati, falsafasi adabiy-badiiy manbai xamdir.
Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari milodning 2-3 – asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning zaminida feodal munosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning murakkab va ziddiyatli kechishi usha davrdagi falsafiy qarashlarda xam aks etadi. Shuning okibatida zardushtiylikdan yangi okim-moniychilik kelib chiqadi. Bu taʼlimotning asoschisi Moniy degan kishi bo‘lib, uning taʼlimoticha, olamda nur dunyosini – yaxshiik va zulmat dunyosi – yovuzlik mavjud. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi. Lekin pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson uz xulki va butun xayoti bilan yoruglikning zulmat bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak. Moniy taʼlimoti quldorlik davlatiga, shuningdek, xukmron dinga qarshi karatilganligi uchun uning tarafdorlari kattik kuvginga duchor buldilar.
5-6 – asrga kelib O‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq kuzgoloni kutarildi. Mazdak taʼlimoti dexkonlar, ularning xukuklarini ximoya etib, tenglik, adolat urnatishga xizmat kildi.
Tarixdan maʼlumki 5-6 – asrlarda shimolda Turk xokonligi vujudga kelib, u Erondagi Sosoniylar bilan uzok kurash olib bordi va O‘rta Osiyo xalqlarini o‘ziga karatdi.
Bu yerda qadimgi turk tili tarkala boshladi. 8-asrda O‘rta Osiyoni arablar zabt etib, bu yerga islom dinini yoydilar. Maxalliy xalq ommasi arab boskinchilariga qarshi uzok vakt davomida kurash olib bordi.
2. 9-10 – asrlarda O‘rta Osiyoda arab bosqinchilarining xukmronligi tugatilib xozirgi O‘zbekiston xududida birlashgan Samoniylar davlati vujudga keldi.Islom dini xukmron bo‘lib kolaverdi.
8-asrda Islomda turli mazxablar paydo bulla boshlaydi. Mutakallimlar va muhtaziylar sufizm shular jumlasidandir.
Bu davrda qarama-qarshi mazxablar bilan kurash extiyoji hamda muhtadil islomning asoslarini ximoya qilish zaruriyati tufayli iloxiyot, kalom paydo buldi. Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalomning asoschisi al-Ashhoriy (874-941 y va Mansur Muxammad ibn Maxmud al-Matrudiydir.
Mutakallimlar Qurʼon oyatlarini erkin taxlil etishga mutlaqo qarshi bo‘lsalar, mutazaliylar u aqidalardagi mazmunni aql yordamida mantiq kuchi bilan anglash tarafdori edilar. Mutazaliylarning fikricha peshonaga yozilgan taqdir borligiga ishonch Olloxning obruysiga putur yetkazadi, chunki yomon xatti-xarakatlar xam uning irodasi maxsuli bo‘lib koldi.
(«Muhtazila» - ajralib chiqqan degan maʼnoni bildiradi). Ummaviylar davridayok paydo bo‘lgan va abbosiylar davrida keng tarkalgan. Mutazalizm Xamoka Mahmun (813-830) davrida kullab-kuvvatlanib, ularning goyalarini uz davlatining mafkurasi asosiga kuydi. Birok Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida uning davomchilari «bidhatchi» lar va «kofirlar» deb ehlon kilindi.
Muʼtazaliylar arab xalifaligida sof falsafiy fikrlashning tashabbuskorlari bo‘lib tanildilar. Ularning xizmatlaridan biri shundan iboratki, muʼtazaliylar xissiy tajriba va anhanaviy bilim bilan bir katorda bilimning uchinchi mezoni – aqliy bilishni ilgari surdilar. Mutazaliylar falsafiy masalalarni urganishga katta ehtibor berdilar. Shu sababdan aqliy bilishni asosiy metod sifatida ilgari surdilar.
Mutaziliylik goyalari Markaziy Osiyoda keng yoyilib, ilm-fan falsafiy fikr markazlari vujudga keldi.
Mutaziliylar taʼsirida islomda vujudi mumkin va vujudi vojib (vaxdat-ul mevjud va vaxdat-ul vuglud) diniy-falsafiy okimlari shakllandi. Vujudi mumkin (yoki vujudiyuk-pantium) okimi vakillari – Al-Kindi, Ibn Rushd, Farobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar mavjudotni ikkiga vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘lganlar. Vujudi mumkin sabab va okibat alokalariga ega bo‘lib, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, balki uz moxiyatidan kelib chiqadi. Shu nazariy koidadan kelib chikib, Farobiy butun mavjudotni 6 darajaga buldi. Shulardan birinchisi vujudi vojib – Allox, kolgan beshtasi aql, glon, shakl, materiya, osmon – vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-okibat shaklida boglangan bo‘lib, birinchi sabab uz sababiga ega emas. Ibn Sinoning «Risola fi-taksim al mavjudot» asarida voxdat-ul mavjud va vaxdot-ul vujudni shu tarzda tahriflaydi. Vaxdot-ul vojib Alloxni bildiradi. Lekin u Qurʼondagidek xamma narsaning ijodkori emas, balki sabab yaʼni umumiy mavjudotning birinchi sababi va uning bir qismi sifatida talqin etiladi. Bunday qarash esa tabiat hodisalarini (inson tabiatini ham) mustaqil ichki sabablari asosida tushuntirishga imkon berib, ilm-fan ravnaqiga keng yo‘l ochadi.
Mutazaliylarning diniy-falsafiy g‘oyalari qushxaqiqat tug‘risidagi katta nazariy qoida shakllanishiga sabab buldi. Bunga ko‘ra ilo dunyoviy (ilmiy) xaqiqatlar bor bo‘lib, iloxiy xaqiqatga faqat aloxida odamlar-payg‘ambarlar aziz avliyolar yetishishi mumkin. Dunyoviy xaqiqat esa aql yordamida, ilm-fan yo‘li bilan anglab olinadi.
Mutazaliylar bilan Mutakallimlar o‘rtasidagi g‘oyaviy kurashlarda Abu Xamid Al-Gazzoliy kalomi shakllanib islom falsafasi yuzaga keldi. Bagri arab tadqiqotchilari uni tabiat falsafasi (naturfilosofiya) ham deb atashadi. Al-Gazzoliy avval sufiylik qarashlariga moyil bo‘lsada, keyinroq ular taʼlimotini tanqid qilish asosida o‘z kalomini yaratadi. Birok u o‘zi istamagan xolda tasavvufni nazariy jihatdan asoslab qo‘yadi. Gazzoliy taʼlimoticha, inson Allox kalomi – Qurʼon oyatlarini o‘zlashtirgunga qadar iroda erkiga ega, uni uzlashtirib olgach, butun irodasi Allox irodasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Binobarin, uning xatti-xarakatlari, butun faoliyati Allox irodasining ifodasi bo‘lib qoladi.
Maʼlumki, Sharq falsafasining yetakchi yo‘nalishini inson qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga karatilgan. Mol-dunyo, mansab-martabalar emas, balki maʼnaviy boylik, axloqiy poklik, xalollik, insof diyonatlilik odamni insonga aylanishining muxim sharti, degan fikrlar Sharqda tasavvuf (Sufiylik) ning shakllanishiga, keng yoyilishiga sabab buldi.
Tasavvuf murakkab diniy – falsafiy oqim bo‘lib xilma-xil yo‘nalishga ega.
Unda 2 ta asosiy g‘oyaviy yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlanadi: bu o‘tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo‘yish Alloxni unitishga, imonsizlikka olib keladi, degan goyaga tayanganlar, tarkidunyochilik targ‘ib etganlar, azruzi azaldan peshonaga yozilgan taqdir borligiga, ishontirishga intilganlar.
Ikkinchi yo‘nalish bu dunyo Allox-taolo tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani , odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga yetish uchun og‘ir, mashaqqatli poklanish yo‘lida borishni tashviq etganlar.
Tasavvufda Ollox raxmatiga yetishning, inson maʼnaviy kamolot yo‘lining 4 bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, shuningdek maʼrifat va xaqiqatdan iborat .
Shariat – diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qurʼoni karim va Hadisi sharifdagi axloqiy, iloxiy kursatmalarni puxta o‘zlashtirish, aynan, izchil suratda bajarish, Xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni ko‘zda tutadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o‘tish mumkin emas.
Tariqat – yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo haqida o‘ylash, xayol surish, eslash, uni kalbdan sevishdir.