1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati



Yüklə 86,06 Kb.
səhifə1/4
tarix09.02.2023
ölçüsü86,06 Kb.
#83568
  1   2   3   4
1-mavzu maruza



1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati.
Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o‘zaro aloqasi va farqi. Diniy dunѐqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos roli. Fan-ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funksiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o‘zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa fanining predmeti, funksiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati.
Reja:
1. Falsafa fani predmeti va bahs mavzulari
2. Dunyoqarash tushunchasi, mohiyati, tarixiy shakllari. Falsafiy dunyoqarash
3. Falsafaning boshqa fanlar bilan aloqasi
4. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari


Tayanch tushunchalar:

Falsafa, dunyoqarash, dunyoqarashning asosi, dunyoqarashning subʼekti, dunyoqarashning xususiyatlari, o‘zgarishlar, o‘y-fikrlar, o‘z-o‘zini anglash, fikrlar, orzu-umidlar, xis-tuyg‘ular, kayfiyatlar, bilimlar, ijtimoiy borliq inʼikosi, baholash, dunyoqarashning darajasi.


“Falsafa” tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday nomaʼlum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, yaʼni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. “Falsafa” tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki maʼnosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, anʼanalar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni taʼkidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab ʼfalsafaʼ tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat eʼtibori bilan, falsafani ʼbarcha fanlar podshosiʼ darajasiga ko‘targan maʼnosidan boshqacharoq maʼno yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka daʼvo qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar eʼtirof etilgan.


Ularning so‘zlari shak-shubhasiz va birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo‘lishi, eʼtiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shu jumladan boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan. Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabat darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, mavjudlik vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida yetarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qayerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy eʼtirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borligida mavjudligi obʼektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q. Biroq, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar maʼlum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy materiyal, arxeologiya fani olgan daliliy maʼlumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni eʼtiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiyens, yaʼni aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Insonda ong paydo bo„lib, u ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, mutaxassislar fikricha, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, yaʼni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot taʼsirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga taʼrif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin so‘zning to‘la maʼnosida aqliy ish olib bora boshladi.
Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar. Falsafani odatda davrning fikrlardagi inʼikosi, o‘z davrining maʼnaviy kvintessensiyasi deb ataydilar. Falsafaning mazkur tavsifidan uning olamshumul vazifasi – o‘z davrining jarchisi sifatida amal qilish, maʼnaviy-tarixiy o‘zgarishlar bilan hamqadam va hamnafas bo‘lish kelib chiqadi. Bu yerda falsafaning hayot bilan chambarchas aloqasi ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Voqelikni tushunish va tushuntirish falsafaga qo‘yiladigan asosiy talabga aylanadi. Davrning haqqoniy manzarasini yaratish kelajakning spekulyativ sxemalarini yaratishga barham beradi, borliqning mazmun va mohiyatini anglab etishga keng yo‘l ochadi. Falsafa o‘z davri maʼnaviy madaniyatining markazi vazifasini bajarish orqali koordinatalar abadiy tizimini yaratishga yordam beradi, davr saboqlarini aniqlash va tushuntirish yo‘li bilan inson tafakkuriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: Toki davlatlarda faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o‘rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bo‘la olmaydiʼ Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday mamlakat aholisining grajdanlik va o‘qimishlilik darajasi bu yerdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan Ingliz faylasufi David Yum (1711– 1776) falsafaga bo‘lgan munosabat asosida millatga ʼtashxisʼ qo‘yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yo‘qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir. Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali donishmandlik tushunchasi bilan bog‘lanadi. U inson aqliga abadiyat va cheksizlik sari yo‘l ochadi, o‘tkinchi narsalarga sabr-toqatlilikni o‘rgatadi. Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va to‘laqonli hayotga erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va hodisalar tabiatiga mos ravishda ish ko‘rishi lozim.
Platon inson tanasi haqida gap borganda tabiblarni, o‘simliklar to‘g‘risida so‘z yuritilganda esa -ziroatchilarni donishmandlar deb ataydi. U o‘zining “ideal davlat” haqidagi nazariyasida jamiyatni uch tabaqaga: davlat arboblari – faylasuflar; soqchilar (harbiylar); dehqonlar va hunarmandlarga ajratadi, bunday davlatda donolik, jasorat, sabr-bardoshlilik va adolat kabi to‘rt tamoyil ustuvor bo‘lishi lozimligini taʼkidlaydi. Aristotel insonning qadr-qimmati uning aqliy faoliyatida ko‘zga tashlanadi, deb hisoblaydi. O‘z davrining eng dono kishilaridan biri bo‘lgan Sitseron falsafaning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: “Falsafa (donishmandlik), qadimgi faylasuflar taʼbiri bilan aytganda, ilohiy va insoniy qilmishlarni ularning sabablari va mohiyatlari nuqtai nazaridan bilishdir”. Sofistlar falsafani dunyoviy donishmandlik, mulohaza yuritish sanʼati sifatida tushungan bo‘lsalar, Faylasufning so‘zlari insonni azob-uqubatlardan forig‘ etishiga Epiko‘rning ishonchi komil bo‘lgan.
Darhaqiqat, falsafiy mulohaza yuritish har bir insonga xos xususiyat. Zero hayotning mazmuni, erkinlik, adolat va umrboqiylik haqida mulohaza yuritishni biron-bir insonga taqiqlash mumkin emas. Falsafa borliqni bilish, asoslar va birinchi tamoyillarni tadqiq etish bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida, his etish, mushohada yuritish va tasavvur qilish tarzida amal qiladigan oddiy ongdan farqli ravishda, tushunchalar vositasida bilishni nazarda tutadi. Tushunchalar bilan ish ko‘rish sanʼati zaruriy aloqalar va sababiy bog‘lanishlarni aniqlashni, hayot taassurotlarining xaotik tasodifiy oqimin tartibga solishni talab qiladi. Mulohaza kuchini tarbiyalash eʼtiborni jamlash, uni predmetga qaratishni nazarda tutadi. Tafakkur intensional, yaʼni u muayyan predmetga qarab mo‘ljal oladi. Tafakkur predmetning tabiati haqidagi tasavvurga mos ravishda mulohaza yuritadi. Predmetni o‘zida ʼidrok etganʼ kishigina mazkur predmet o‘zi haqida so‘zlovchining tili bilan gapirishiga umid qilishi mumkin. Falsafaning predmeti va strukturasi. Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzlyuksiz o‘zgarib turgan, asosiy masala esa o‘zgarishsiz qolgan, degan fikr real asoslardan xoli emas. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Maʼlumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga ega. Shu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‘ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash mumkin. Shu maʼnoda ʼdunyo - insonʼ munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi.
Endi Falsafa nimani o‘rganadi?, degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma‟lum bilimlar va tajribaga, muayyan eʼtiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obʼektiv va sub‟ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi obʼekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi:  ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;  gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;  ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi taʼlimot;  etika – axloq haqidagi taʼlimot;  aksiologiya - qadriyatlar haqidagi taʼlimot;  falsafiy antropologiya – inson haqidagi taʼlimot va boshqalar. Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini aniqlashdan manfaatdor. oqimlarning taʼlimotlarida qanday tavsiflangani nuqtai nazaridan o‘rganadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy taʼlimotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy materiyal, biografik maʼlumotlar yig„ishga alohida eʼtibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va teranlashtirishga, o‘z falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani o‘rganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi. Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o‘zgarmas, uzil-kesil shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Ilmiy nazariyalar yoki falsafiy g‘oyalar inqirozga uchragan yoki o‘zining asossizligini namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi o‘rni va rolini qayta baholash amalga oshiriladi, bu esa baʼzan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, “falsafa toshi”ni izlash, empiriokrititsizm falsafasi va o‘z ahamiyatini yo‘qotib, tarix mulkiga aylangan boshqa ko‘pgina g‘oyalar bilan shunday bo‘lgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham shunga o‘xshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa o‘lyapti deb hisoblaydiganlar ham yo‘q emas. Darhaqiqat, o‘zini oqlamagan g‘oyalar, yo‘nalishlar va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda og‘ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o‘zining birinchi maʼnosida – “donolikni sevish” sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo‘ladi.
Kishilarning olam haqidagi fikrlari dunyoqarash tushunchasida ifoda etiladi. Dunyoqarash umumiy tarzda olib qaralganda kishilarning olam haqida yaxlitlashgan, umumlashgan bilimlarini ifodalaydi. Dunyoqarash dunyoni anglash, inson tafakkurining eng muhim tomoni hisoblanadi. Dunyoqarash deganda, birinchi navbatda kishilarning olam haqidagi umumlashgan bilimlari nazarda tutiladi. Bu bilimlar kundalik hayot tajribalaridan kelib chiqqan bo‘lishi yoki kasbga, faoliyatga doir bo‘lishi, amaliy qiymatga ega yoki nazariy qiymatga ega bo‘lishi mumqin. Shu bilan bir qatorda dunyoqarashda qishilarning olamga, tabiatga, jamiyatga, boshqa kishilarga munosabatida o‘z ifodasini to‘adi. Kishilarning munosabati mohiyatida ularning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari, orzu-umidlari, xayot, yashash, undagi , yashash, undagi zlarini o‘rni haqidagi tushunchalar yotadi.Shundan kelib chiqqan holda dunyoqarash kishilarini yaxshlik, yomonlik, adolat, odamiylik haqidagi tasavvurlarini, qadriyatlarini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoy guruhlar va xokazolarning olamga munosabatlarini ifodalovchi tushuchadir. Falsafadan lugatdan “Dunyoqarash dunyoga (yaʼni tabiat, jamiyat, tafakkurga) qarashlarning yaxlit sistemasi bo‘lib, bu qarashlar inson faoliyatiga muhim taʼsir ko‘rsatadi” deb taʼriflanadi.
Dunyoqarash kishilarda amaliy hayot jarayonida, insoniyat orttirgan tajribani o‘zlashtirish jarayonida shakllanadi. Dunyoqarashning harakteri pirovard natijada ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan; fan, madaniyat, maorifning taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
Shu o‘rinda dunyoqarashning tarixiy tiplari ustida fikr yuritiladi. Dunyoqarash kishilarning olam haqidagi umumlashma harakteriga ega bo‘lgan bilimlari sifatida muntazam o‘zgarib, yangilanib boradi. Jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari unda aks etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti jarayoni dunyoqarashning muayyan tarixiy tiplarida o‘z ifodasini topadi. Bular:
1. Mifologik (afsonaviy)
2. Diniy
3. Ilmiy-falsafiy dunyoqarash
a) ijtimoiy taraqqiyotning eng quyi bosqichlariga to‘gri qeladi. Bu davrlarga xos bo‘lgan xususiyat ilmiy fanning xali taraqqiy etmaganligi oqibatida kishilarda olam haqida sodda tasavvurlarning paydo bo‘lishi;
b) bu tasavvurlarda xayot bilan xayolning o‘zaro ajratilmaganligi;
v) bu dunyoqarashda olamning umumlashgan xolda sinkretik qarashlar tarzida ifoda etilishi.
Mifologiya yunoncha naql, rivoyat maʼnolarini ifodalaydi. Mifologiya qadimgi jamiyatlarga xos bo‘lgan xalq ogzaqi ijodida, naqllar, afsonalar, rivoyatlarda voqelikning afsonaviy, xayoliy ifoda etilishidir. Mifologiya tabiat kuchlari va ijtimoiy hodisalarni jonlashtirishga, xissiy afsonaviy obrazlar orqali tasvirlashga asoslanadi.
M: qadimiy grek afsonalarida Zevs momaqaldiroq va yashin xudosi sifatida tasvirlangan, Apollon Zevsning o‘gli, quch-qudrat xudosi bo‘lgan.
Mifologik dunyoqarash inson dunyoqarashining eng qadimiy shakli bo‘lib, unda inson va dunyo, fiqr va xis-tuygu, bilim va xayol, moddiylik va maʼnaviylik umumlashgan xolda ifoda etilgan, unda xayol va xayot, tabiiylik va iloxiylik, bilim va eʼtiqod yaxlit ifoda etilgan.
Mifologiya olamni anglashning dastlabki usuli edi va o‘z davrida kishilar xayotida muxim o‘rin tutgan. Mifologiya doirasida kishilar o‘tmish, xozir, kelajakni tasavvur etganlar, dastlabki qadriyatlar tizimini yaratganlar. Keyinchalik mifologiya xalq ogzaki ijodi, yozma yodgorliklar, adabiyot, sanʼatda o‘z ifodasini to‘di. Garchi mifologik dunyoqarash o‘z axamiyatini maʼlum darajada yoqotgan bo‘lsada, madaniyat, fan, sanʼat taraqqiyoti uchun o‘ziga xos asos bo‘lib xizmat qildi va xizmat qilmoqda: chunki miflar(afsonalar)da xalqlarning qo‘p mingyillik tajribalari, umuminsoniy qadriyatlar o‘z aksini to‘gan va xalqlar maʼnaviyatining o‘ziga xos ildizlari bo‘lib xisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanishning nisbatan keyingi bosqichlariga kishilarning olamga munosabatlari diniy dunyoqarashda o‘z ifodasini to‘di. Diniy dunyoqarash olamni iloxiy quchlarga bog‘lab tushuntirishdir: diniy dunyoqarash eʼtiqod asosiga qurilgan dunyoqarashdir.
Diniy dunyoqarash iloxiylashtirish, diniy xulq va diniy urf-odatlar bilan chambarchas bog‘liq. Diniy dunyoqarash, uning asosiy tomonlari, tarkibiy qismlari ʼFalsafaʼ darsligida berilgan, uni mutaolaa qilishingizni tafsiya etaman.
Men diqqat-eʼtiboringizni diniy dunyoqarashni falsafiy tahlil etish lozimligiga qaratmoqchiman. Gap shundaki, diniy dunyoqarashni cheklangan, xato dunyoqarash tarzida emas, balki insoniyat maʼnaviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmog‘i lozim. Shu maʼnoda diniy dunyoqarash:
a) kishilarning olamga o‘ziga xos munosabatini ifodalaydi;
b) diniy dunyoqarash doirasida ajdodlarimiz bizga meros qilib qoldirgan umuminsoniy, axloqiy qariyatlar mujassamlashgan;
v) din, diniy dunyoqarash ijtimoiy xayotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda muhim o‘rin tutib kelgan;
g) asrlar mobaynida diniy dunyoqarash kishilarni bahamjixatlikka, xamkorlikka, yaxshilikka xizmat qilishga undagan.
Yuqoridan kelib chiqqan xolda, din, diniy dunyoqarash umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida xam milliy, xam umuminsoniy qadriyat sifatida baxolanmog‘i lozim.
Din, diniy dunyoqarash xozirgi davrda aloxida ahamiyatga molik muammo hisoblanadi. Zotan mustaqillik milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklanishi demakdir.
Mifologik dunyoqarash ham, diniy dunyoqarash ham falsafiy dunyoqarashning asosi bo‘lib xizmat qildi.
Kishilar qadimdan olam, borliqning mohiyatini tushunishga urunganlar.
Falsafiy dunyoqarash kishilarga odamning mohiyatini, ularning olamga va o‘z-o‘ziga munosabatlarini tushunishga yordam beradi.
Falsafiy dunyoqarash kishilarni oqilona fikrlashga o‘rgatadi.
Falsafiy dunyoqarash kishiga olamni tushunish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash, muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan ajratib olib, o‘rganish, borliqning o‘ziga xos tomonlari, ziddiyatlarini payqay bilish va tahlil etish imkoniyatini beradi.
Oqilona fikrlash, falsafiy fikr yuritish. Avvalo, asosli fikr yuritish, o‘z qarashlarini himoya qila olish, erkin fikrlay olishdir. Falsafiy fikrlashni kishiga majburlab singdirish mumkin emas. Falsafiy fikrlash dialektika qonunlarini yoddan bilish emas. Falsafiy fikrlash asosida voqelikni to‘gri, xech qanday qo‘shimchalarsiz, qanday bo‘lsa shundayligicha tushunish, tahlil qila bilish yotadi.
Falsafa bir qarashda murakkab tushunchalar bilan ish ko‘rsada, murakkab bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u real xayot bilan bevosita chambarchas bog‘liq.
Har bir davrning o‘z falsafasi bo‘ladi. Har bir davr falsafada o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Masalan, biz 1917 yildan 90 yillargacha bo‘lgan davrni turg‘unlik davri deb baholadik. Bu davrning ijtimoiy hayoti, muammolari dogmatic falsafada o‘z ifodasini topdi. Garchi bu davrda falsafa marksizm falsafasi tomonidan jamiyatni revolyutsion-tanqidiy qayta qurish davri deb, taʼriflyagan bo‘lsa-da, aslida real xayotni o‘rganishga emas, balki real ziddiyatlarni xaspushlashga, voqelikni bo‘yab ko‘rsatishga xizmat qiladi. Oqibatda marksizm falsafasi qurug o‘zgarmas qoidalar, dogmalar yigindisi bo‘lib qoldi.
Falsafiy dunyoqarash o‘ziga xos masalalarga o‘z diqqatini qaratadi. Bu masalalarning ko‘pchiligi inson va insoniyatni uzoq davrlardan beri qiziqtirib kelgan. Har bir avlod ularga qayta-qayta murojaat qilishga majbur. Olamni bilish, o‘rganish, falsafiy fikr yuritishga, dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradigan vositalardan biridir. Falsafiy dunyoqarash o‘zining bir qator xususiyatlari bilan dunyoqarashning boshqa shakllaridan farqlanadi.
1. Falsafiy dunyoqarash olam haqidagi yaxlit, muayyan tizimga tushgan bilimlar yigindisidir.
2. Falsafiy dunyoqarashda olam qanday bo‘lsa shundayligicha aks etadi. Olam bir butun yaxlit tizim. Olamdagi barcha narsa va hodisalar harakatda, o‘zgarishda, taraqqiyotda. Olam qanday bo‘lsa shundayligicha tushunish birinchi navbatda, harakat o‘zgarish taraqqiyotini tushunishdir,.
3. olamdagi barcha narsalar, hodisalar o‘zaro aloqadorlikda, harakatda taraqqiyotda. Olamni falsafiy tushunish – predmet va hodisalar, aloqa va munosabatlarni tushunishdir.
4. falsafiy dunyoqarash kishilarda muayyan tayyorgarlikni, madaniyatni talab qiladi. Falsafiy tushunchalar, terminlar, tamoyillarni o‘zgartirish, falsafa va fanlar taraqqiyotiga suyanish muxim ahamiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash ilmiy dunyoqarashdir. Unda olam haqidagi
obg‘ektiv mazmunga ega bo‘lgan bilimlar aks etadi.
6.Falsafiy dunyoqarash kishilar maʼnaviy madaniyatini
shakllantirishni vositasi hisoblanadi.
7.Falsafiy dunyoqarash olamni aql farosat yordamida anglashni
ifodalaydi. Shuning uchun ham falsafiy dunyoqarash olamni kuzatishni, o‘rganishni, tahlil qilishni, mantiqiy xulosalar chiqarishga insonni jalb qiladi.
8.Falsafiy dunyoqarashning mohiyatida insonning odam va olam
haqidagi dunyoning inson manfaatlariga mos tushushining,
xayotning mazmuni, insonning xayotdagi o‘rni haqidagi fikirlari
yotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda falsafiy dunyoqarash olam va
odamning mohiyatini anglashdir.
Falsafa taraqqiyoti uzoq tarixga ega. Falsafa-ijtimoiy ongning maxsus shakli xisoblanadi. Falsafa inson bilimining eng qadimiysi va eng qiziqarlisidir. Falsafa eng qadimiy fan bo‘lib, uning vujudga kelishi qadimiy quldorlik davriga borib taqaladi. Manbalar shundan dalolat beradiqi, falsafa fan sifatida dastlab Hindistonda, Xitoyda, Gretsiyada, Markaziy Osiyo mamlakatlarida shakllangangan va rivojlangan. Falsafa, uning predmeti, o‘rganish obʼekti, falsafaning muammolari olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan masalalar bo‘lib xisoblanadi. Dastlab falsafa (filosofiya) keng maʼnoda qo‘llangan va fanlar, nazariy fiqirlarni ifodalagan. Turli davrlarda faylasuflar “falsafa nima xaqda bahs yuritadi ?” degan savolga javob topishga uringanlar.
Dastlab falsafa kishilarning xayotiy kuzatishlaridan xosil qilingan bilimlai bilan bir qatorda, ularning o‘zlari, olam haqidagi o‘y-fikrlarini xam qamrab olgan.
Falsafaning mavzusi, predmeti haqidagi fikirlar davrlar o‘tishi bilan uzgarib borgan, olamni falsafiy tushunish turli tuman shakllarda ifodalangan. Fanlar, maʼnaviy madaniyat taraqqiyoti falsafaga o‘zining taʼsirini ko‘rsatgan.
Dastlab falsafa tushunchasi fanning siymosi xisoblangan va keng maʼnodagi fanʼ tarzida qo‘llangan. Qadimgi Yunonistonda falsafaning predmetini aniqlashga harakat qilingan. Fanlar klassifikatsiyasi bunga misol bo‘la oladi.
Falsafaning bahs mavzui Markaziy Osiyo o‘rta asrlarda yashagan mutafakkirlarning tomonidan yoritilgan.
Abu Nosir Farobiy ʼfalsafani borliqning moxiyati; butun mavjud narsalarning mazmuni haqidagi mukammal va to‘liq; bilim beradigan fan deb bilgan. Mavjudod haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu xaqda taʼlim berilsa, mavjudoddan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning maʼnosi tushunilsa, ishonchli dalil va xujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tassarvur paydo bo‘lsa, mana shu maʼlumotga doir fanni falsafa deymiz...
Farobiy falsafa, falsafiy muammolarga doir ko‘pgina asarlar yaratgan. Bular “Substantsiya haqida so‘z”(“Kalom doil javhar”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob doil navomis”), “Falsafa tushunchasining maʼnosi haqida so‘z” (“Kamol doil maʼnosi ism as-falsafa”), “Falsafaning keraqligi haqidagi kitob”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Ijo-al-umum”) kitoblar shular jumlasidandir.
Abu Ali Ibn Sino Farobiyning fikrini davom ettirib, falsafaning vazifasi barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishini tartibi, o‘zaro munosabatlari, biridan ikkinchisiga o‘tishini tekshiruvchi deb biladi.
Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlari ʼKitob-ash-shifo‘, ʼDonishnomaʼ, ʼTabib ilimlari qonuniʼ, shuningdek ʼRisola at-Tayirʼ (ʼQunt ilmiʼ), ʼSalomat va iʼsolʼ, ʼXayit Ibn Yaqsonʼ kabi badiiy qissalarida o‘z ifodasini to‘gan.
Abu Abdulox Al Xorazmiy falsafa ikki qisimdan, nazariy va amaliy qisimdan iborat deb biladi. Uning fikricha nazariy falsafaga tabiat ilimlari, iloxiyat yaʼni metofizika hamda mantiq kiradi.
Umuman olganda o‘rta asirlarda falsafa fanlar fani degan qarash xuqumron edi.
Faylasuflar o‘z ijodlarida falsafa o‘rganadigan muammolarni aniqlaganlar. Lukretsiy Karning ʼNarsalar tabiati to‘grisidagiʼ, risolasi, D.Brunoning ʼKoinotning tuganlanmasligiʼ to‘grisidagi, P.Golhbaxning ʼTabiat tizimiʼ, Ibn Sinoning ʼTib qonunlariʼ, Gegelg‘ning ʼTabiat falsafasiʼ, shular jumlasidandir. Shunday qilib falsafa avvalo tabiat falsafasi sifatida shakllandi.
Faylasuflar o‘z risolarlarida jamiyatni falsafiy tahlil etdilar.
Aflotunning «Davlat», «Qonunlar», Arastuning «Siyosat», Gobbsning «Grajdanlik to‘grisida»gi, Gegelning «Xuquq falsafasi» shular jumlasidandir.
Faylasuflar ijtimoiy xayotni o‘zgartirish bilan bir qatorda qanday qilib yaxshi jamiyatga erishish mumkin? degan savolga javob izlaydilar: adolat, insonparvarlik, xaqiqat, odamiylik, maʼrifat egalarini ilgari suradilar.
Falsafaning o‘rganish obg‘ektlaridan biri va eng asosiysi inson hisoblanadi. Inson, uning tabiati, olamga munosabati, tili, ahloqi, inson qobiliyatlarining namoyon bo‘lish shakllari faylasuflarni qiziqtirib keldi. Suqrot (qadimiy greq faylasufi) falsafani xayotni tushunish deb taʼqidlagan. Arastu, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Dekartlarning bir qator risolalari insonni falsafiy tushunishga bagishlangan. Abu Ali ibn Sinoning «Ilmlar to‘grisida», Gegelning «Dunyo falsafasi» asarlari shular jumlasidandir. Umuman olganda, falsafiy muammolar doirasiga dunyo, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat, inson, insonning jamiyatda tutgan o‘rni, insonning olamni anglashi kabilar kiradi. Shuning uchun xam qadimdan kishilar «dunyo nima?», «u qanday tuzilgan?», «uning chegarasi bormi?», «nima sababdan olamda turli-tuman o‘zgarishlar yuz beradi?”, «jamiyat nima?», «inson jamiyatda qanday o‘rin tutadi?» qabi savollarni qo‘yganlar va ularga javob izlaganlar. Bu esa, o‘z navbatida ikki narsani aniqlashni talab etadi:
1. Insonning olamga bo‘lgan munosabati
2. O‘z-o‘ziga munosabati.
Insonning olamga munosabati uning olamni anglashidir, o‘z-o‘ziga munosabati o‘zini inson sifatida anglashida namoyon bo‘ladi.
Falsafaning muammolari qanday tarzda namoyon bo‘lmasin, uning asosida inson anglashiladi. Shuning uchun xam biz falsafaning bahs mavzui deganda, dastavval, insonni anglamogimiz lozim: «Falsafaning vazifasi insonni moxiyatini, borliqdagi o‘rnini bilish” bu esa o‘z navbatida insonni borliq taraqqiyotining oliy, noyob, betakror natijasi deb qarash, hamda insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlarini o‘rganishni taqazo qiladi.
Falsafa doirasidagi muammolarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumqin. Inson nuqtai nazarida: Olam, borliqning moxiyati to‘grisida muammolar.
2.Olamning qandayligi, xossa - xususiyatlari to‘g‘risidagi muammolar.

Yüklə 86,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin