O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LUG'AT BOYLIGINI OSHIRISHNING
NOAN'ANAVIY USULLARI
Ziyodaxon Nurmuhammadovna Mullaboyeva
Farg'ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya
:
Boshlang'ich sinf ona tili darsliklarida keltirilgan o'quvchi uchun
talaffuziga qiyinchilik tug‘diradigan va murakkab bo'lgan so'zlarni lug'atshunoslik
asosida izohi hamda keng fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bo'yicha yangi usullar
orqali lug'at boyliklarini oshirishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
lug‘at ustida ishlash, interfaol metodlar, ona tili va o‘qish
savodxonligi darsligi, lug‘at tarkibi, leksikografiya
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016-yilda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “... bizning eng katta boyligimiz – bu
xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir”
3
- deb ta’kidladi.
Tasdiqlangan standartda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida o‘quvchi
shaxsini
fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli
bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish, o‘quvchilarda
grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning
tarkibi, so‘z
yasalishi, morfologiya, sintaksis,
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq
uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri
va ravon
bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni
shakllantirishdan iboratligi belgilab qo‘yilgan.Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini
o‘rganishda, leksik qatlamdagi
yangilanish jarayonlari, tilning lug‘at boyligining ortib
borishida so‘z yasalishi hodisasini o‘rni beqiyosligini o‘quvchilarga o‘rgatish muhim
ahamiyatga ega. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan
borayotgan
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh, qilish va takomillashtirish, yangi sifat
bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish
hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilgan
tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar va lug‘atlar ustida ishlash jarayonida va
tushuntirishda grafik organayzerlardan foydalanish yuzasidan
metodik tavsiyalar
berish, o‘quvchilarning nutqiy komponentligini oshirishda qo‘llaniladigan innovatsion
usullar to‘g‘rida ma’lumot berish asosiy maqsad qilib olingan.
O‘quvchilarning nutqiy komptetatsion yondashuv asosida dars jarayoniga olib
kirish hamda bu quyidagi vazifalar orqali amalga oshirilishida nazarda tutiladi:
3
SH.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz
“Xalq so„zi” 2021-yil