1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati



Yüklə 107,56 Kb.
səhifə2/2
tarix29.03.2023
ölçüsü107,56 Kb.
#90932
1   2
2 5267037954089429776

Falsafiy bilimlar tizimi tafakkurning quyidagi yo’nalishlarini o’z ichiga oladi:
Ontologiya-olam, inson va jamiyatning obyektiv yalpi mohiyati, ya’ni borliq to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya-(epistemologiya) bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limot.
Metodologiya-olamni nazariy bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot.
Aksiologiya-qadriyatlar va qadriyatshunoslik to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Praksiologiya-insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Mantiq (logika)-tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’iy nazar xolis o’rganuvchi ta’limot.
Etika-axloq falsafasi.
Estetika-nafosat falsafasi.
Falsafa tarixi.
SHu bilan birga inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa(sotsiologiya), tabiatshunoslik falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi, fan falsafasi, global muammolar falsafasi kabi sohalar ham mavjud.
Bu sohalarning har biri hozirda o’zining shakllangan muammolari, kategorial apparati va muammolarni hal qilish metodlari mavjud bo’lgan mustaqil fan statusini olgan.Bular ijtimoiy- falsafiy fanlar tizimini tashqil qiladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida falsafaning o’rni va mavqeyi haqida gap ketganda, falsafa-bu eng avvalo fan, u ham boshqa fanlar kabi o’z predmetiga, o’rganish obyektiga egaligini ta’kidlash joiz. Falsafaning ham, aniq fanlarning ham, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham o’rganish obyekti bir - “olam-odam” tizimi. Ammo ularning bu olamga yondashuvlari, tadqiqot predmetlari turlicha. Bu ham olam tabiatidan. O’zgarish va rivojlanishdagi yaxlit olam ayni paytda turfa olamdir, u bir vaqtning o’zida ham eng umumiy, umumiy ham xususiy qonunlarga bo’ysinadi. Eng umumiy qonunlarni falsafa, xususiy qonunlarni boshqa fanlar, shu jumladan ijtimoiy-gumanitar fanlar o’rganadi. Boshqacha aytganda, falsafa alohida fanlar singari olamning u yoki bu tomonini emas, balki bir butun holda o’rganadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Falsafa fanlarning, shu jumladan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning eng muhim yutuqlarini chuqur o’rganib, umumlashtirib, “o’zlashtirib” boshqa fanlar mulkiga aylanishiga xizmat qiladi. Bir fan yutug’i falsafiy o’zlashtirilish tufayli boshqa fanlar yutug’iga aylanadi. Ilmiy falsafiy nazariya bilan qurollangan olim boshqalarga nisbatan o’z fanining mohiyatini, istiqbolini chuqurroq biladi. Falsafa va boshqa fanlarning o’zaro aloqasi tabiiy, qonuniy va zaruriy bo’lib bu ularning hayotiyligini ta’minlaydi.
Ijtimoiy - gumanitar fanlar tizimida falsafaning o’rni dunyoqarash va metodologiya sifatidagi mavqeyi bilan ahamiyatlidir.
Falsafiy g’oya va nazariyalarning yo’nalish va vazifalarini quyidagicha tasnif etish mumkin:
Ontologik (dunyoqarashni shakllantirish) vazifasi:
- inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, dunyoqarashning kundalik ong darajasidan nazariy g’oyalar darajasiga ko’tarilish jarayonini, mifologik dunyoqarashdan farqlarini aniqlash;
- milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo’nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan g’oyaviy hamkorlik qilish va uyg’unlashish tamoyillarini aniqlash;
- ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlariga mos kelishini ta’minlashdan iborat.
Metodologik (uslubiy) vazifasi:
- falsafa fanining boshqa fan sohalarida tadqiqot obyektini o’rganishga qaratilgan eng umumiy printsiplar, usul va vositalar tizimi bo’lib xizmat qilishi. CHunki, falsafa fanlar metodologiyasi sifatida borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta’limotdir.
Gnoseologik (epistemologik) vazifasi: bilimlarning haqiqiyligi nuqtai nazaridan borliqni bilish uchun umumiy tizimni yaratish.
Praksiologik vazifasi: falsafiy g’oya va nazariyalarning amaliyot bilan bog’liqligi, ularning ijtimoiy hayotga ommaviy tatbiq etishidir.
Evristik vazifasi: inson ongi, shuuri va sezgilarini kashf etishga safarbar qilish, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining yangi qonunlarini kashf etishga rag’batlantirish.
Tarbiyaviy vazifasi: kishida poklik, halollik, komillik fazilatlarini, yuksak axloqiy me’yorlarni anglash, mas’uliyatni his etish tuyg’ularini, kishida huquqiy ong va ijtimoiy nazoratning boshqa usul va vositalaridan foydalanish madaniyatini, muhitga nisbatan oqilona munosabatini shakllantirib, inson, jamiyat va uning yashash muhitini muhofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi.
Yuqorida zikr etilganidek, falsafiy tafakko’rning rivojlanishi insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq. Zero, hayotdagi jamiyat uchun ahamiyatli voqea-hodisalarning barchasi kishilar ongida aks etadi. Taraqqiyot jarayonida yangi tarixiy davrlarga mos badiiy, axloqiy, falsafiy qarash me’zonlari yuzaga keladi, ya’ni ma’naviy o’zgarishlar ro’y beradi. Bu murakkab kechadi. Ayniqsa inson tafakkurining o’zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillariga ega bo’lishi uzoq davom etadigan jarayondir. Bu bizning hozirgi hayotimizga ham aloqador.

1.1-ilova




1.2-ilova



1.3-ilova


1.4-ilova





Fаlsаfа sоhаlаri:
Insоn fаlsаfаsi (аntrоpоlоgiyа), ijtimоiy fаlsаfа (sоtsiоlоgiyа), tаbiаtshunоslik fаlsаfаsi, mаdаniyаt fаlsаfаsi (kulturоlоgiyа), sаn’аt fаlsаfаsi, g’оyаlаr fаlsаfаsi (idеоlоgiyа), din fаlsаfаsi (tеоlоgiyа), siyosаt fаlsаfаsi (pоlitоlоgiyа), huquq fаlsаfаsi, tехnikа fаlsаfаsi, fаn fаlsаfаsi, glоbаl muаmmоlаr fаlsаfаsi vа х.k.


1.4-ilova


1.5-ilova
Yüklə 107,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin