1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə161/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Bilish jarayonida xukmning roli nimadan iborat?
2. Oddiy xukmlarning tuzilishi to‘g’risida nimalarni bilasiz?
3. Oddiy xukmlarning qanday turlari mavjud?
4. Oddiy xukmlarda terminlar xajmi qanday bo‘ladi?
5. Xukmlar modalligi jixatdan necha xil bo‘ladi?
6. Xukmlar o‘rtasida qanday munosabatlar bor?
7. Murakkab xukmlar to‘g’risida nimalarni bilasiz?


Asosiy adabiyotlar:
1. Мадаева ва бошқ. Фалсафа. –Тошкент: ЎзМУ наширёти, 2019. -B. 388
2.Q.Nazarov [va boshq.]. Falsafa asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b. -B. 221
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Пўлатова Д., Файзихўжаева Д. Мантиқ (ўқув-қўлланма) Т.: «PREMIER PRINT . 2013. -B. 35-45


12-mavzu: Xulosa chiqarish.
Mavzu rejasi:
1.Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. 2.Fikrning xarakat yo'nalishiga ko'ra xulosa chiqarish: deduktsiya, induktsiya va analogiya; ularning o'zaro aloqadorligi.

3. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish. Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog'liq xatolar.


Tayanch iboralar: Xulosa chiqarish, deduktsiya, induktsiya, analogiya, Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish, Ilmiy indukstiya metodlari, Ilmiy indukstiya,Sillogizm aksiomasi
Xulosa chiqarish
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakli
Voqelikni bilish jarayonida inson Yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida Yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.
Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. CHunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy aloqadorlik yo’q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Xulosa

Зарурий
Бевосита хулоса чиқариш

Чинлик даражасига кўра

Эхтимолий

Бевосита хулоса чиқариш

Дедуктив хулоса чиқариш

Индуктив хулоса чиқариш

Аналогия


Асосларнинг сонига кўра
Фикрнинг ҳаракат йўналишига кўра

Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq indukstiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.


Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda Yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy
qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali Yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan Yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:

Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; ‑mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo’lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo’lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:







Xulosa asosi




Xulosa

1

A

Hamma S-P

E

Hech bir S-Psiz emas

2

E

Hech bir S-P emas


A

Xamma S emas P dir

3

I

Ba’zi S-P


O

Ba’zi S-P siz emas

4

O

Ba’zi S-P emas


I

Ba’zi S emas P dir

Aylantirish usuli bilan hulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’shinkori uning tasdig’i bilan tengdir ” degan qoida amal qiladi.


Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega.
Ye. Hech bir ilmiy qonun sub’ektiv xarakterga ega emas.
II. Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatning o’rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart.




Xulosa asosi




Xulosa

Almashtirish turi

1

A

Hamma S-P


A

Hamma P-S

Sof almashtirish


2

E

Hech bir S-P emas


E

Hech bir P- S emas

Sof almashtirish


3

I

Ba’zi S-P


I

Ba’zi P - S

Sof almashtirish


4

A

Hamma S-P


I

Ba’zi P - S

Toraytirilgan almashtirish


5

I

Ba’zi S-P emas


A

Hamma P - S

Kengaytirilgan almashtirish


Juz’iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi.



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin