1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə184/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. CHunonchi, tinchlikparvarlik urushning, qon to’kishning har qanday ko’rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning tinch–totuv yashashga bo’lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig’inlarda ma’ruzalar qilish emas, balki faol xatti–harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha xatti–harakatlari pirovard natijada har bir inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenitetini, har bir millatning o’z hayot tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi, mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy–madaniy hamkorlikka, millatlar va turli ijtimoiy guruhlar orasida o’zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ba’zi ulug’davlatchilik va buyukmillatchilik ruhi hukmron bo’lgan jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg’in qilinadilar, turmalarga tashlanadilar. Lekin ular o’z tamoyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqiradilar, Yyer yuzida tinchlik o’rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. SHunday tinchlikparvar buyuk siymolardan biri sifatida zamondoshimiz, ulug’ ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel (1812–1970) shaxsini misol qilib keltirishimiz mumkin. O’ttiz olti yoshida Qirollik Jamiyatiga a’zo bo’la olgan, har jihatdan jamiyatda obro’ga ega faylasuf tinchlikparvarlik faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon urushi paytida, ikkinchi marta – AQSHning Vьetnamdagi bosqiniga qarshi kurash olib borganida) ingliz ma’muriyati tomonidan turmaga tashlandi. Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel Nobel mukofoti bilan birga shunday faxrli nomni ham olgan edi) umrining so’nggigacha tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin