1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə196/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Qadimgi Turon-Eron mintaqasi xalqlarining estetik qarashlari
Sharq xalqlari taraqqiyoti tarixida qadimgi Eronzamin va Turonzamin aholisi yaratgan madaniyat katta o’rin tutadi. Eronliklar va turonliklar o’rtasidagi aloqalar ko’pincha tinch-totuvlikka asoslangan emas. To’maris, SHiroq haqidagi qadimgi voqelikka doir afsonalar, keyinchalik Firdavsiy «SHohnoma»sidan o’rin olgan buyuk turk hoqoni Alp Er To’nga – Afrosiyobning Siyovush, Kaykovus, Kayxusrav bilan bo’lgan munosabatlari buning dalilidir. Ayni paytda, bu qadimgi ikki mintaqa orasida madaniy, ma’rifiy aloqalar yo’lga qo’yilganligi shubhasizdir. Xususan, mashhur zardo’shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning taqdiri bunga misol bo’la oladi. Bundan uch ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug’idan dunyoga kelgan Zardusht dastlab o’z o’lkasida Axura Mazda dinini targ’ib etishda ko’p qiyinchiliklarga duch kelgach, o’zga yurtlarga bosh olib ketadi. Sakastana yurtida Kaviy Vishtaspa saroyida panoh va uzlat topadi.
«Avesto» gotlarini Zardo’sht badiha yo’li bilan omma orasida qo’shiq qilib aytgan. Bu turkum she’rlar – «got»larda o’sha davrdagi hayotiy lavhalar o’z aksini topgan. «Got» so’zi aslida «goh» ya’ni «kuy», «qo’shiq» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z mumtoz musiqa merosimizda «Dugoh», «Segoh», «CHorgoh» kabi atamalar tarkibida saqlanib qolgan.
Qadimgi «Avesto»dan bizgacha etib kelgan qismlar «YAsna», «Vedevdot», «YAsht», «Visparat» kitoblaridir. Zardusht ijod qilgan gotlardan 17 tasi «YAsna» kitobiga kirgan. Ayrim parchalar yashtlar ichida ham uchraydi. Aynan ana shu gotlar orasida qadimgi turonliklar va eronliklarda estetik tasavvurlarning qanday shakllanganligini ko’rish mumkin.
Qadimgi turonliklar va eronliklarda ham atrof-muhitdagi go’zallikni anglab etish boshqa qadimiy madaniy xalqlardagi kabi insonning o’z-o’zini anglash va o’zligini barqaror etish jarayonlarida ro’y bergan. Ma’lumki, qadimgi Sharqda go’zallik axloqiy yuksaklik bilan mohiyatan bir tushuncha sifatida olib qaralgan. Bu jihatdan «Avesto» ham istisno emas: undagi «go’zal», «chiroyli», «qoyilmaqom» so’zlari «yaxshi», «ezgu», «beg’ubor» so’zlari bilan ma’nodosh tarzida keladi; «go’zal» degani «yaxshi», «odamga foydali» degan ma’noni anglatadi. «Avesto»da odatda «go’zal» sifatlashi «adl», «beg’ubor», «qudratli», «qo’rqmas», «dovyurak», «ezgu», «zarur» singari ijobiy baholar bilan yonma-yon keladi. Zero ko’rib o’tganimizdek, ko’pchilik qadimgi xalqlarda estetik g’oyalarning ibtidosi «go’zallik va ezgulik»ning, «go’zallik va zaruriylik»ning yaxlitligi bilan bog’lanadi.
«Avesto»da ham boshqa yuksak madaniyat sohibi bo’lgan qadimgi Sharq mintaqalaridagi an’anaviy estetik tushuncha bo’lmish nur alohida o’rin egallaydi. Unda quyosh, oy, yulduzlar nuri insonning ichki axloqiy ziyosi bilan qo’shilib ketgandek tuyuladi, nur nafosati o’zining yuksak darajasiga ko’tariladi.
Gotlarda go’zallik haqidagi tasavvur ilohiy nuqtayi nazardan adllikka, meyoriylikka, mutanosiblikka, ya’ni uyg’unlik tushunchasining ilk ibtidoiy ko’rinishlariga borib taqaladi. Zardusht gotlarda o’z ilohi Ahura Mazdani sharaflagani va bu sharaflash «mezonsiz emas, balki mezoniy so’zlar bilan» amalga oshuvini alohida ta’kidlaydi.
«Avesto»da fikr – so’z – a’mol uchligi yaxlitlikni tashkil etadi va bu yaxlitlikda so’z alohida o’rin egallaydi. Zardusht uchun Ahura Mazdani chiroyli so’zlar bilan ifodalash yovuz so’zlarni yanchish, ya’ni ezgulik vositasida yovuzlikni yanchish demakdir. Bu esa so’zni muqaddaslashtirish, eng avvalo, gotlar shaklida badiiylashgan so’zni e’tiqod ramzi sifatida talqin etishdir.
Gotlarda «go’zallik», «ko’rkamlik», «chiroylilik», «ulug’», «ulug’vor», «viqor» singari so’zlar alohida tilga olinmasa-da, ular haqiqat, ezgulik, yaxshilik shaklida ifodalanadi.
Qadimgi hind eposi «Mahobxarat»da tasvirlanishicha, YUdhishtir tomonidan ruhlarga atab o’tkazilgan qurbonliq bayramida turli mamlakatlardan, jumladan Turondan shaklar, tohar va qang’ilar davlatining elchilari qatnashadilar. Bu elchilar keltirgan sovg’a-salomlar ichida xalq amaliy san’ati taraqqiyotidan dalolat beruvchi, o’z davri estetik didini aks ettiruvchi jundan, paxtadan, ipakdan to’qilgan matolar, nafis kiyim-boshlar, temir uchli nayzalar, oyboltalar, keskir bolta va teshalar bo’lgani aytiladi.
Xuddi shunday holatni milodning dastlabki asrlarida bitilgan qadimgi Xitoy manbalarida ham uchratish mumkin. Ulardan birida Markaziy Osiyodan, xususan, Toshkent vohasidan Xitoyga borgan artistlarning kiyimlari va bezaklari ta’riflanadi. Unda yozilishicha, raqqos-artistlar engi tor ko’ylak, boshlariga cho’ng’oq (uchi baland) telpak kiyganlar. Telpak tevaragi tepaga qayrilgan, chetlariga mayda qo’ng’iroqchalar taqilgan. Bundan tashqari, ular gulnusxa, durlar bilan bezalgan do’ppi ham kiyganlar. Solnomachi bu kiyimlar qadimdan mavjudligini, hanuzgacha o’zgarmaganligini ta’kidlaydi. Toshkentlik raqqos bolaning o’yinini madh etishga bag’ishlangan she’rlardan birida ham mazkur engillar tilga olinadi. SHe’rda raqqos bolaning ko’ylagi nafis jun matodan to’qilgani, boshida cho’ng’oq telpak, belida kumush kamar va oyog’ida naqshin etigi bo’lgani tasvirlanadi.
Milodiy IV-V asrlarga oid xitoy musiqiy risolalarida Buxoro (Ango), Samarqand (Kango) va Qang’li shjo yoki Qang’li (Sirdaryoning o’rta oqimi, Toshkent vohasi) nomli maqomlar mavjud bo’lganini ko’rish mumkin. Xitoyda mashhur bo’lgan xusyunsu raqsi Movarounnahrda keng tarqalgan raqslardan bo’lgan, uni Samarqand, Kitob va Shahrisabz mintaqalaridan chiqqan qiz-juvonlar ijro etganlar. Xusyunsu raqsida kichik, yumaloq koptokni tepaga otib, gir aylanib, mohirlik bilan ilib olib, oyoq tagiga tashlab, ustiga oyoq qo’yib, sirg’alib ketmasdan aylanib o’ynaganlar; sirg’alib ketmaslik o’yinchining mahoratini bildirgan.
Qadimgi Xitoyda shuhrat qozongan raqslardan yana biri Chjechji – Toshkent nomi bilan atalgan, uni 24 nafar raqqosa ijro qilgan, bu raqs davra olib o’ynalgan. O’yin milliy musiqa, maqom va xonanda ijrosi bilan jo’rlikda davom etgan. Raqqosalardan biri davra markazida o’ynab, o’yinni boshqarib borgan. Kuzatuvchi raqqosa «xuasin» («gulning markazi») deb atalgan. Raqqosalarning barchasi qimmatbaho nafis matolardan tikilgan, dur-javohirlar hamda go’zal kashtalar bilan bezalgan kiyim-boshlarda sahnaga chiqqanlar. O’sha davrlardagi xitoylik shoirlar bu Toshkent raqsining maftuni bo’lib, unga o’nlab she’ru qasidalar bag’ishlaganlar. Mashhur san’atshunos, akademik L.I. Rempel qadimgi dunyo Sharq san’ati haqida fikr yuritib: «O’rta Osiyoning Ahmoniylargacha bo’lgan va Ahmoniylar xukmronlik qilgan davrdagi qadimiy madaniyat va san’at o’chog’i sifatidagi roli aniq. Biroq qadimgi O’rta Osiyo mahalliy madaniyatining eng yuksalgan payti antik davrga to’g’ri keladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin