1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə40/212
tarix28.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#168517
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Mustahkamlash uchun savollar:
  1. Qadimgi Yunoniston falsafasi, uning falsafiy maktablari.


  2. O‘rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkur.


  3. Markaziy Osiyo falsafasi va uning o’ziga xos xususiyatlari. So’fizm.


  4. Renessans davri falsafasi (N. Kuzanskiy, N. Kopernik, J. Bruno, G.Galiley).


  5. Yangi davr falsafasi.


  6. Nemis mumtoz falsafasi. Gegel.


  7. XX-XXI asr G’arb falsafasi.





Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. -Тошкент.: “O’zbekiston”, 2021 йил, -464 бет


  2. Мадаева ва бошқ. Фалсафа. –Тошкент: ЎзМУ наширёти, 2019.


  3. Q.Nazarov [va boshq.]. Falsafa asoslari [Matn]: o‘quv qollanma / - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.


  4. Falsafa. Ахмедова М. Таҳрири остида.-Тошкент: УФМЖ, 2006.


  5. Иззетова Э., Пўлатова Д. Философия. -Тошкент: Шарқшунослик, 2012. 340-б




Qo‘shimcha adabiyotlar
1.100 мумтоз файласуф. Тошкент: Янги аср авлоди. ISBN: 978-9943-27-366-5. 2019.- 372 б.
Axborot manbalari
  1. www. Ziyo net.uz


  2. www.filosofia.ru




4-mavzu: Borliq, ontologiya va metafizika.
REJA:
1. Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq va mavjudlik.
2.Ontologiya borliq haqidagi ta'limot. Falsafiy ontologiyaning xususiyatlari va ta'limotlari.
3. Materiya tushunchasi va uning tashkil topish darajalari. In'ikos nazariyasi va uning darajalari, shakllari.
4. Harakat, makon va vaqt - materiyaning yashash sharti. Harakatning tiplari va shakllari.
Tyanch iboralar: Borliq tushunchasi, borliq muammosi, mavjudlik, Borliq va yo'qlik,harakat, makon va zamon, tabiat borlig'i, ijtimoiy borliq, ma'naviy borliq, inson borlig'i, virtual borliq, Ontologiya, Metafizika, Substantsiya, substrat tushunchasi, Materiya tushunchasi, In'ikos nazariyasi, Harakat, makon va vaqt - materiyaning yashash sharti.
Borliq tushunchasining tahlili. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob to’ishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida o’tgan asrlarda yashagan o’z hamkasblariga qaraganda to’laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko’pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo’lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi.
SHu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o’ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo’lgan fan va falsafa e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo’lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o’laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo’yicha ba’zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. SHu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o’zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi.
SHu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni zamonda o’zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo’ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. SHu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtayi nazaridan o’rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg’otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz.
Falsafa tarixida borliq muammosi. O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydobo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.
«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a’’aratini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet , hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o’z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo’lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo’ljal bormi?»
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o’zi nima bilan bevosita ish ko’rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o’zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o’zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo’lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
SHunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo’lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o’rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida ga’irib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydobo’lgani va qaerga yo’qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash kelganlar:
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
• unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo’yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo’lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to’xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Borliq va yo’qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.
Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda unda aktual tarzda hech narsa yo’q .
Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to’adi. SHu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va o’zining «ikkinchi» borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obraz bo’lib qoladi.
SHunday qilib, o’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo’ladi, u faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsa, agar u potentsial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo’lishi ob’ektiv rivojlanish mantig’i bilan belgilangan bo’lsa. Amalda yo’q bo’lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma’noda biz g’oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o’zimizga yaqin odamlar to’g’risida so’z yuritamiz, bunda ular yo’qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o’zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo’lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o’z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo’lmish insonni bilish yo’lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko’rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o’zi va umuman dunyo haqida o’ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko’radi. Ayni zamonda u o’zini qurshagan dunyoni sinchiklab o’rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o’rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlaya’man, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko’ramiz.
Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig’i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig’i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O’z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o’rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o’zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o’rin oladigan o’ziga xos ‘iramida hosil bo’ladi. ya’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir. So’nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir.
Tabiat borlig’i. U mufassallashtiriladi va o’z navbatida ,birlamchi tabiat borlig’i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo’lgan narsalar va jarayonlar borlig’i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’i)ga bo’linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig’i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko’zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig’i ikki darajani o’z ichiga oladi.
Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo’lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o’simliklar dunyosini o’z ichiga olgan butun biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig’i bo’lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o’zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog’liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob’ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o’z ifodasini to’gan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borlig’ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig’ini farqlash o’rinli bo’ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo’ysunadi. Tananing mavjudligi inson o’limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo’qlik dialektikasi bilan bog’lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo’lish holatlaridan o’tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o’z ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o’tadi. Inson tanasi mavjud bo’lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o’z-o’zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo’lish ehtiyojida o’z ifodasini to’adi;
Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig’ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g’oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo’ljallar, andozalarning ko’rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo’lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o’z-o’zini anglashi, ya’ni o’z tanasi, fikrlari va tuyg’ularini, o’zining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatini va o’zining jamiyatdagi o’rnini anglab etishi, ya’ni o’zini o’zi bilishdir. O’zlikni anglash – bu ongimizning o’ziga xos markazidir.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o’ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo’lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko’ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo’lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to’g’risida so’z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so’z yuritiladi.
Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kom’yuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys, kom’yuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kom’yuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega bo’ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o’zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o’rtalarida paydobo’lgan kom’yuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g’oya yotadi. Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o’zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg’in bahsga sabab bo’lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-postmodernizm nazariyachilari ham qo’llab-quvvatlamoqda.
Inson qo’lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish vositasi bo’lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an’anaviy verbal usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun’iy olamga kirish illyuziyasini vujudga keltirmoqdaki, ular bu sun’iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb nomlanadi. Virtual negizga ega bo’lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob’ektiv tarzda mavjuddir.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o’ylab to’ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo’lgan) – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o’laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e’tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko’plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv cheksizlik tabiatda ichki tuzilishga ega bo’lmagan, mutlaqo elementar ob’ektlar yo’qligini ko’rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o’rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo’linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob’ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va ob’ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda ob’ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o’zaro ta’sirlar tizimiga bog’liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo’lib, u bilish qaratilgan yo’nalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o’qidagi ‘roektsiyalariga o’xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko’p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o’rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g’oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta’riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydobo’lishi kosmologiya muammolarini butunlay o’zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o’n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo’lindi.
Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo’lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g’oyasida cheksizlik g’oyasi butunlay inkor etilib, fanda to’ntarish yasalishiga olib keladigandek bo’lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta’limoti o’tmishda ko’p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g’oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo’lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g’oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o’rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o’tib (1917) olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma’nosi qo’yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotro’ tuzilishga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og’ir ob’ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o’zgarsa-da, bu o’zgarish olamning o’zgarmas egrilikka ega bo’lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og’ishdir, xolos.
2. Olam turg’un, vaqtda o’zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi evolutsiyaga ega bo’lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko’lamli to’rt o’lchovli tsilindr ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo’ylab vaqt o’qi o’tadi, u o’tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o’zgarmas musbat egrilikka ega uch o’lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo’lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o’z-o’zida tutashadi» va bu unda hech qachon to’siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o’tmishda qolgan. Uning olamning turg’un modelini yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o’zgarmas holda mavjudligi haqidagi an’anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg’un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e’tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg’unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotro’ligi haqidagi ‘ostulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo’lsa, maydon evklid maydoni bo’ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo’ladi va dunyo cheksiz bo’ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo’lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko’rinishida bo’ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo’lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo’ladi. Dunyo berk va chekli bo’lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Kengayuvchi olam gipotezasi. Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» kontseptsiyasiga ko’ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o’ta zich singulyar holatda bo’lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o’zgargan, maydonning egriligi to’g’rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko’ra, kengayish o’rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. SHu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig’maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko’plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko’rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida to’ologiyali (o’lchovlar miqdori har xil bo’lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yo’iq) makoni va o’z kosmologik vaqtiga ega bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Falsafa tarixida o’zining mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substantsiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo’llaniladi. Ilk falsafiy yo’nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o’sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruktsiyalar, «birinchi g’ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substantsiya olov deb atalgan. Keyinchalik substantsiya kategoriyasi o’zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog’liq bo’lmagan holda mavjud o’ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o’zgaruvchanligi substantsiya bilan bog’lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g’oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.
«Substantsiya» tushunchasi o’z-o’zini to’liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substantsiya kategoriyasida o’zini asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g’oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o’z-o’zining sababchisi» iborasida juda to’g’ri ifodalagan. Substantsiya deganda u o’z holicha mavjud bo’lgan va o’zi orqali zohir bo’lgan, ya’ni o’zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo’lmagan narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substantsiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o’zining barcha shakllari sababi va «sub’ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substantsiyani bir vaqtning o’zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta’riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat bo’lgan.
B.Spinoza ilgari surgan substantsiyani tabiiylashtirish g’oyasini Golbax izchil rivojlantirdi. U barcha substantsiyali narsalarni tabiatga va faqat tabiatga bog’ladi. «Tabiat hamma narsaning sababchisidir; u abadiy mavjuddir; tabiat o’z-o’zining sababchisidir...». «Tabiat qandaydir buyum emas; u doim o’z holicha mavjud bo’lgan; hamma narsa uning bag’rida vujudga keladi; u barcha narsalar bilan ta’minlangan ulkan ustaxonadir...» . SHu ma’noda tabiat ham, substantsiya ham sirtdan hech qanday turtkiga muhtoj emas. Leybnits esa: «Har qanday haqiqiy substantsiya faqat va faqat ta’sir ko’rsatadi », deganida haq bo’lgan.
Modomiki, substantsiya hamma narsani o’z ichiga oluvchi va o’zi uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u o’ziga bog’liq bo’lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo’lish imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh g’oya, o’zlik, ruh yoki ekzistentsiya bo’lsin – substantsiya yagonadir! «Substantsiya» tushunchasi ko’plikda qo’llanilishi mumkin emas. Uning ko’pligi g’oyasi mazkur tushunchaning ta’rifiga zid, chunki mazkur maqomga da’vogar ikki yoki bir necha narsa mavjud bo’lgan taqdirda, ularning birontasi ham substantsiya hisoblanmaydi. Substantsiyalilik paradoksi ana shundan iborat.
Alximiklar mazkur atamani ko’plikda qo’llab, «substantsiyali shakllar», «substantsiyaga xos sifatlar» to’g’risida so’z yuritganda, unga qo’pol fizik ma’no yuklaganlar. Ayni holda substantsiya moddaga tenglashtirilgan. Ular substantsiyaning xossa va shakllari o’zgarmas, lekin tegishli ta’sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin, degan noto’g’ri xulosaga kelganlar.
Substantsiyaning o’z-o’zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo’ladi.
Falsafa tarixida substantsiyaga monistik, dualistik, plyuralistik yondashuvlar. Substantsiya g’oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o’zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substantsiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtayi nazaridan substantsiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu kontseptsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o’ta rivojlangan ko’rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo’q bo’lmasligi va birinchi asosiga ega bo’lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o’lmas g’oyalar, zardo’shtiylikda olov, o’rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o’z-o’zidan rivojlanadigan «mutlaq g’oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruktsiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm birinchi asos sifatida ikkita substantsiya olingan falsafiy yondashuv (lot. dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g’oyalar va aql-idrokning alohida o’rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo’llanmalari barcha o’quv yurtlarida o’qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o’zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o’zida tajriba o’tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kyechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog’liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya qilib, cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substantsiya mavjud, degan g’oyani ilgari surgan. Substantsiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo’ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o’zi tashqi jismlarning miyaga ta’siri bilan bog’liq. SHu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko’ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g’oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o’rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substantsiya o’z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko’lamigagina ega. U mutlaq bo’shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy zarralarni bo’lish, joydan-joyga ko’chirish va o’zgartirish qobiliyatiga ega.
Ma’naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o’zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduktsiya kabi o’ziga xos ko’rinishlarida namoyon bo’ldi. U ruhiy substantsiyaning butunlay jismsizligini e’tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo’lsa-da, uning g’oyalarida o’rta asr falsafasidan meros qolgan «substantsiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo’llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz substantsiya – fikrlash va ko’lamni alohida erkin maqomga ega, deb e’lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substantsiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya’ni aqlli jonzotga bevosita, ko’lamli substantsiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substantsiya (aql) metafizikaning o’rganish predmet ini, ajraluvchi substantsiya (ko’lam) esa fizika predmet ini tashkil etadi.
Ikki substantsiya – ma’naviy va moddiy substantsiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan noto’g’ri va ratsional ma’noda juda ko’p qiyinchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Fikrlash va ko’lamga ikki substantsiya tarzida, ya’ni bir-biriga bog’liq bo’lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o’z harakatlarida qanday uyg’unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e’tiboriga ko’ra, substantsiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o’z ichiga oluvchi va o’zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo’lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo’lgan
Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko’proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. «plyuralizm» (lot. – ko’plik, ko’p xillik, ko’p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgan. CHunki ayni shu ta’limotda borliqning ko’p sonli mustaqil va o’zaro bog’lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti plyuralizmning klassik ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko’ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil to’adi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko’rinishlari ham mavjud. Masalan, Em’edokl yaratgan dunyoning to’rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o’zgargan ko’rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o’z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda yechimini to’magan ruh va tabiat o’rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Substantsiyani barcha o’zgarishlar va o’z-o’zining sababchisi -causa sui sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. U substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam beruvchi o’zgarmas asos», deb ta’riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo’ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o’zgarish uning modusi, ya’ni o’zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada «Substantsiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to’shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o’ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o’zaro ta’sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo’lish va o’zgarish jarayonlarida o’zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo’ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo’lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o’zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo’lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o’zaro ta’sir sifatida tushuniladi. CHunki aynan o’zaro ta’sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o’z-o’zini yakuni (causa finalis) hisoblanadi. Narsalarni substantsiyalilik nuqtayi nazaridan o’rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o’zaro ta’sirlar nuqtayi nazaridan yoritish, demakdir. SHu ma’noda, substantsiyani ichki birlik nuqtayi nazaridan, uning cheksiz va rang-barang o’zgarishlaridan qat’iy nazar, qaraladigan ob’ektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo’q bo’luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtayi nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta’riflash mumkin.
Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o’z-o’zini belgilash (o’z-o’zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo’q qilib bo’lmaydi);
- universallik (hech narsaga bog’liq bo’lmagan, barqaror, o’zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog’liqligini o’z ichiga oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko’rsatadi).

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin