1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə16/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Uning tabiatni o`rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o`zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inyer tsiya va sun`iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, yer qa`rida ro`y ber adigan geotektonik siljishlar, yer qiyofasining tadrijiy tarzda o`zgarib turishi, xilma — xil olamlar to`g`risida ilmiy bashoratlarni ilgari surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta`sirida shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifiyat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy muammolarga katta e`tibor ber gan.
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo`lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o`ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar etkazib ber gan ma`lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o`ziga xos ko`makchi va asos bo`lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov — tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o`rganiladi, ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi.
Beruniyga ko`ra, inson qiyofasi tabiat ta`sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa`y-harakatlar oqibatida tubdan o`zgartirishi mumkin. Har bir kishi o`z xulq-atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o`zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro uchun g`amxo`rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug`i ostida boshqarish mutafakkirning idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma`naviy me`ros taxminan 280 nomdan ziyodroqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag`ishlangan. Olimning «Shifo kitobi» «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb e`tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo`lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e`tiborga molikdir. Unga ko`ra, sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o`zgartiruvchi sabab), shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog`langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.
Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Ber uniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida birinchilardan bo`lib kuzatuv va tajribaga muhim e`tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko`magida xastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi, inson va atrof-muhit o`zaro munosabati muammolarini hal etishga urinadi.
Mutafakkir o`z asarlarida ilm va axloq-odob uyg`unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o`zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to`g`risida qiziqarli g`oyalarni ilgari surgan. Uning ta`kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega yer ishtirib bo`lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib ber moq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo`lishi yoki hammaning qashshoq bo`lishi jamiyatning tanazzuli va inqirozidir. Lekin inson o`zgalarga mehr-oqibatli, g`amxo`r bo`lmog`i, kyer ak vaqtda saxovat va muruvvat qo`lini nochorlarga uzatishi zarurdir.

Markaziy Osiyoda ilk o`rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta`limotidagi komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag`rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg`oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g`oyalar, Forobiy, Ber uniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo`nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolavyer sa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta`sir o`tkazib keldi.



XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar natijasida o`lka mustaqilligi qo`lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg`onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo`ldi. Ma`naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug`bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir. Bu masala keyingi ma`ruza uchun mavzu bo`lib hisoblanadi.
Afsuski, bu madaniy uyg`onish mo`g`ul bosqini tufayli tanazzulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o`rtasidagi o`zaro ixtiloflar, noahillik Chingizxon bosqiniga qo`l keldi. Bu bosqin mo`g`ullarning 1218 yilda O`tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazmshohning qaynog`asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog`iga qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan boshlandi. Mo`g`ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo`rlik tinimsiz davom etdi. Ko`rkam shahar va qishloqlar vayronaga aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, jumladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi.
Xalqimiz mo`g`ul bosqinini qattiq qarshilik bilan kutib oldi. Garchand uquvsiz hukmdor Muhammad Xorazmshoh saltanatni saqlab qola olmagan bo`lsa-da, xalqimizning bosqinchilarga qarshi kurashi aslo to`xtagani yo`q. Ba`zi tarixiy manbalarga ko`ra, o`sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga yaqin qo`shin to`plash mumkin edi. Bu qo`shin to`planganida va tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o`tmishini yaxshi biladigan ba`zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o`zining yovqur o`g`li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayinlaganida va qo`shinnining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo`ldan ketishi mumkin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday bo`lmaganida edi...» qabilidagi tamoyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. O`sha davrda bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin Manguber di esa millatimiz o`z ozodligi uchun olib borgan kurashning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida abadiy qoldi. Bu milliy qahramonimizning tavallud kuni 1999 yilda keng nishonlangani uning ruhini shod qilish va Jaloliddin Manguber dini kurashga otlantirgan ezgu g`oyalar bizning kunlarimizda amalga oshganligining ramzidir.
Buyuk ajdodlarimizning bag`rik engligi, mazhabparastlikka ber ilmaganligi, ular Dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr-qanoatliligi barchamizga namuna — ibratdir. Bu boy ma`naviy xazina yoshlar ongiga milliy g`oya va istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, ularni mustaqil fikrlash, do`stni dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yashashga chorlaydi.




Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin