1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta`minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo`lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko`ra, boshqa kategoriyalar bilan bog`liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta`sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko`ra, o`zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini mujasamlashtirgan bo`ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
ADABIYoTLAR
1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. ” T.: O‘zbekiston, 2016. 53- bet.
2. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.” T.: O‘zbekiston, 2017. 484 - bet.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.” T.: 2017. 28-b
4. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar. T.: O‘zbekiston, 1996-2016
5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
6. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri.” – T.: Yangi asr avlodi, 2016. 318-b 10.
7. Axmedova M. “Falsafa” (`Oquv qo`llanma). –T., 2007.
8 . “Falsafa” Axmedo‘va M. Tahriri ostida. –T.: UFMJ, 2006.
9. “Falsafa.” Mamashokirov S.Tahriri ostida. – T.: Sharq,2005.
10. Falsafa. (O`quv qo`llanma). –T.: Sharq.1999.
11. Falsafa asoslari. (Q. Nazarov tahriri ostida). – T., 2005.
12. Osnovы filosofii.Uchebnik.Izdanie 2-e, pererabotannoe, dopoln. /Pod red. M.A.Axmedovoy, V.S.Xana. – T.: Mehnat. 2004.
13. Po‘latova D. , Izzeto‘va E. “Filosofiya”. –T.: Sharqshunoslik, 2012.340-b
14. Soifnazarov I. Kurs lektsiy po filosofii. – T.:TDIU, 2004.
15. Xaitov Sh., Xaitova K., Ziyoutdinova X “Falsafa asoslari.” Albom sxema. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009
16. Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. “Falsafa.” Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2016.
17. Shermuhammedova N.A. “Falsafaga kirish” – T.: Noshir, 2012. 320-b Tulenov J. “Falsafa” (Darslik). – T., 2007.
18. Shermuhammedova N.A. “Falsafa” –T.: Noshir, 2012. 1207-b