1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə42/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari.

Reja:

1. Mantiq ilmining tadqiqot ob`ekti.

2. Tafakkurning asosiy shakllari.

3. Formal mantiqning asosiy qonunlari.
1-masala. «Mantiq» arabcha so`z bo`lib, ma`nosi bo`yicha «logika» so`ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so`zidan kslib chikkan bo`lib, «fikr», «so`z», «aql», «qonuniyat» kabi ma`nolarga ega. Uning ko`p ma`noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida uz aksini topadi. Xususan, mantiq so`zi, birinchidan, ob`ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob`ektiv mantiq», «narsalar mantig`i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakko`rning manjud bulish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o`rtasidagi aloqadorlikni harakterlaydigan qonun-qoidalar yigindisini (masalan «sub`ektiv mantiq» iborasida), va nixoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o`rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o`rganish ob`ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so`z bo`lib, o`zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so`zlarining sinonimi sifatida qo`llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshirok tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o`rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo`lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong xodisalarining inson miyasida sub`ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha xollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog`liq bo`lgan, uning ma`lum bir ehtiyojini kondirishi mumkin bo`lgan narsalarni tushunib etishga bo`ysundirilgan bo`ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar uz oldilariga ma`lum bir maqsadlarni kuyadilar. Ular urganilishi lozim bo`lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yunalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini xissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va xodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya`ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo`ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma`lumotlar olinadi.
Xissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta`mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bo`lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida xosil bo`ladi. Alohida olingan sezgilardan farqli ularok, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masa­lan olmani bexidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmet­ning obrazini ma`lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma`lum bir umumiylikka ega bo`lgan) ta`sirida miyada qayta xosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi ob­raz yaratishdan iborat xissiy bilish shaklidir. Masalan, taniishngizga uxshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki ko`rmoqchi bo`lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol xis qilasiz.
Xissiy bilishning barcha shakllariga xos bo`lgan xususiyatlari katoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, xissiy bilish ob`ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub`ektga (individga, to`g`rirogi, uning sezgi organlariga) bevosita ta`sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta xosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bi­lan bog`liq bo`lgan boshqa predmet-signal ta`sir etadi.
Ikkinchidan, xissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, xissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat.
Turtinchidan, xissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, har bir alohida holda konkret insonning sezish kobiliyati bilan bog`liq tarzda o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi.
Beshinchidan, xissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi xisoblanadi. Usiz bilish mavjud bula olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan uzining sezgi organlari orqali bog`langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma`lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chikadigan xulosa shuki, xissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog`liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-okibatda empirik talkin qilish yuli bilan, ya`ni tajribada bunday bilimlarning ob`ektini qayd etish orqali asoslanadi. O`z navbatida, xissiy bilish, umuman olganda, akl tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvoxlarning bergan kursatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol xis qilinadi va kidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan xissiy bilish uz imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmet­lar tuplami), ularning tashqi belgilari haqida ma`lumot bera­di. Unda mavjud predmetlar o`rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan xavoning harorati o`rtasidagi bog`lanish) urganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Bundan tashkari, ba`zi xollarda xissiyotimiz bizni aldab kuyadi. Masalan, uzoqdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o`xshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa kishi ekanligi ma`lum bo`ladi. Boshqa bir misol. Endi tanishgan kishingiz haqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan ko`rinishiga qarab xosil qilinadi), u bilan mulokotda bo`lgandan keyin uzgaradi. Mana shu urinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan maqolning xissiy bilish bilan akl o`rtasidagi o`zaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda qilishini ta`kidlash lozim. Yuqorida qayd etib o`tilgan xolatlar bilishda tafakkurga bo`lgan ehtiyojni, uning mohiyatini, bilishda tutgan o`rnini chukur anglashga yordam beradi.
Predmet va xodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio-akl) bilish bosqichi bo`lib, unda predmet va xodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniklanadi, ular o`rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya`ni qonuniy bog`lanishlar aks ettiriladi.Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1) Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda in`ikos qilinadi. Xissiy bilishdan farqli ularok., tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraklashgan (fikran chetlashgan, mavxumlashgan) holda, e`tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga karatishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos nndividual belgilarni (xulk-atvor, temperament, kizikish va shu kabilardagi) e`tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, maqsadga muvofiq. holda mexnat qilish, ongga ega bulish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson»tushunchasini xosil qilish mumkin. 2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettnradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda xosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va xodisalar o`rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. 3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo`lmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan ob`ektlarii (masalan absolyut kattik jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli xil formal sistemalarni kurish bilan kechadi.Ular yordamida predmet va xodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o`rganish, xodisalarni oldindan kurish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal xodisadir.U faqat tilda-moddiy xodisada (tovush tulkinlarida, grafik chiziklarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita kabul kila oladigan, xis etadigan shaklga kiradi va odamlarning o`zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo`lish shaklidir.

Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin