1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 269,37 Kb.
səhifə32/50
tarix12.09.2023
ölçüsü269,37 Kb.
#142923
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
1-Mavzu Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. R-fayllar.org

Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo`lib hisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma`nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma`nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funktsional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob`ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya`ni, insonning ob`ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta`minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma`noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan xolda, moddiy olamning ob`ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o`zaro bog`lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta`minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko`rinishlari tarzida namoyon bo`ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo`lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko`zga tashlanadi. Ya`ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O`z navbatida, sistemani to`laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funktsional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.

Shuni alohida ta`kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko`ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma`naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma`naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo`lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko`ramiz. Shunga ko`ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo`lib, kategoriyalar sifatida, unga bo`lgan munosabat doirasida konkretlashadi.


Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo`lib hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko`ra: muhim va muhim bo`lmagan, asosiy va asosiy bo`lmagan elementlarga ajratib o`rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko`ra, o`z ahamiyatiga ega bo`ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko`rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo`lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko`ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funktsiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya`ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma`lum vaqtga kelib muhim bo`lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo`lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo`ladi.
Falsafa fanidagi an`anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o`quv qo`lanmalaridan farqli o`laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko`rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.

Yüklə 269,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin