1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 145,15 Kb.
səhifə19/57
tarix02.01.2022
ölçüsü145,15 Kb.
#36764
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Лекция текст узб СБ ушын (2)

Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta`limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo`lib, bu dunyoni unutib qo`ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo`li esa mehnatda bo`lmog`i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma`rifat va haqiqat maqomlarini e`tirof etadi.

Naqshbandning ta`kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o`zidan kechish, fano bo`lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog`lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo`l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo`l esa ko`ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.

Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta`limotlari ma`naviyatimiz tarixida juda katta o`rin tutgan. Ular ma`naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo`lib, o`z ta`sirini haligacha yo`qotmagan.

Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta`siri nihoyatda katta bo`lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka yer ishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag`rikengligi tufayli yangi marralarga yer ishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma`naviy yuksalish mazkur uyg`onish davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an`analari, tabiatni o`rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta`sir ko`rsatdi. O`sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma`naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.



Diniy bag`rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo`lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o`tmagan.

Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Ter miziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg`inoniylar peshqadamlik qilganlar.



Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to`plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to`plam holiga keltirgan. Bu to`plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.

Imom iso Ter miziydan (824-892) «Payg`ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar myer os bo`lib qolgan. Imom Ter miziy hadislarni muntazam ravishda to`plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.


Yüklə 145,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin