Mifologik Dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o`zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g`oyalarining ifodasi bo`lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag`oyat yuksalib ketgan davrda juda jo`n va ibtidoiy bo`lib ko`rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o`zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g`oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta`sirchan va samarali omili bo`lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |