Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko`pgina darslik va qo`llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so`zi asosida, ya`ni ataylab xilma-xil ma`noga ega bo`lgan tushunchalarni ishlatish orqali kyer akli, ammo haqiqatga to`g`ri kelmaydigan, ko`chma ma`no-mazmunga yer ishish usuli, deb ta`kidlanadi. Bu usul qo`llanilganda fikrning mazmuni ko`chma ma`noda bayon qilinadi, ya`ni «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» deganga o`xshash holat nazarda tutiladi. U nafaqat Qadimgi Yunoniston, balki o`rta asrlarda Yevropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg’on xulosalarga olib kelsa, nega o`z davrining ko`pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug’ilishi mumkin. Ma`lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni to`g’ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko`p bo`lgan. Bunday holni inkvizitsiya hukmron bo`lgan o`rta asrlar Yevropasiga ham tadbiq etish mumkin. O`sha davrda ham ko`pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yo`q edi. Umuman olganda, «do`ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal» asari kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o`rta asrlar Yevropasiga nisbatan olsak, unda Syer vantesning «Don Kixot» asari nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo`ladi.