Falsafaning funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan Shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o’z-o’zini va o’zini qurshagan borliqni tushunishi, Shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o’z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog’liq bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg’ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog’lanadi. Ayni Shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o’zaro bog’lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, Shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to’g’ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va Shu tariqa o’zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-Shubhasiz inkor etish mumkin bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo’lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo’l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o’rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o’z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo’lgan qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, Shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o’rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog’liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi to’g’risida so’z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, tekshirish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, Shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o’zi o’rganayotgan predmet ning tadqiqot yo’lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o’rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o’ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, falsafa o’ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko’rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog’liq. Real borliqning yangi va yangi ob’ektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o’rin olishi, Shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ilmiy bilim o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydobo’lib, ular nafaqat o’z tadqiqot ob’ekti va predmet ini ajratdi, balki o’zining faqat mazkur fanga xos bo’lgan tili, kagegoriyalar a’’arati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo’lda jiddiy xavf ham mavjud bo’lib, u Shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o’rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o’zaro aloqa qilish qobiliyatini yo’qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalaShuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g’ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba’zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya’ni har biri o’z fanining tilida ga’irgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda bog’lovchi bo’g’inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o’z tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo’llaniladigan fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo’ljal oladi.
Murakkab ob’ektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o’z predmet idan kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o’rganilayotgan ob’ektni yaxlit ko’rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo’lib, u butun vaziyatni yaxlit ko’rish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o’rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o’tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o’rtasida ham bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
Madaniy funksiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg’otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy funksiyani ham bajaradi. U dunyoni o’zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o’rganish ularning o’tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g’oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o’zaro ta’siriga ko’maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funksiyasi. Falsafa hayotning ma’nosi, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendentsiyalarni qisqa muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog’liq bo’lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo’ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib to’adi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko’p jihatdan belgilaydi.