1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə22/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1- Mavzu

Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan va mexanika qonuniga asos solingan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta`riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog`liq bo`lgan yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan o`z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lgan masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug`orilgani sari u o`z tarixiy ildizi – falsafa qirg`oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, teologik aqidalardan qat`iy nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta`limi tizimi rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgolьmda (1739) va Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil etilgan paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Evropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3. XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko`plab ayrim ilmiy fanlar vujudga keladi, ularda ulkan faktik material to`planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Termodinamika qonuni yaratildi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o`ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi o`sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e`tirof etiladi.
XVIII asrning o`rtalarida jahonda fan bilan shug`ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo`lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga etadi. XVI asrda «olimlar»ning yarmidan ko`prog`i diniy ma`lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog`iga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlarning maxsus fakulьtetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shug`ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. 1825 yilda nemis kimyogari YU.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko`p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko`payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e`tiborini o`ziga tobora ko`proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo`lgan ishlarini mablag` bilan ta`minlay boshlaydilar.
4. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo`sag`asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to`plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko`rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo bo`ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning me`yorlari va ideallarida olamshumul o`zgarishlar yuz beradi.
XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o`zgarishlarga olib keladi. Bu o`zgarishlar adabiyotlarda ko`pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o`zgarishlar shu bilan bog`liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko`rilmagan miqyosda amaliyotga – sanoat, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kompьyuterlar) ayniqsa ulkan o`zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avj olgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag`larni sarflashga majbur qiladi.
XX asrning so`nggi o`n yilliklarida fan texnika taraqqiyoti axborot (kompьyuter) inqilobi bosqichiga qadam qo`ydi. Bu bosqichning o`ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. SHu tariqa fan bilan bog`liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta`lim endilikda har qanday jamiyatning tsivilizatsion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o`rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini topish uchun 50-100 yil vaqt sarflangan bo`lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo`linmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo`lib qoldi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur`atlarda o`sib, ijtimoiy mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko`p sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo`lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o`zlarini qiziqtirgan muammolarni echishga buning butun xavf-xatarini o`z bo`yniga olib qo`l urgan ayrim mutafakkirlarning mashg`uloti emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan muddatda bajarish va o`z ishi haqida hisobot berishga majbur bo`lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat – industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug`ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo`lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog`liq bo`lib qolmoqda. Ular faol o`zaro ta`sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta`sir ko`rsatmoqda. Bu hol shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o`tgan ilmiy ma`lumotlarga tayanib, o`z mavhum g`oyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo`lga kiritadi. XXI asr boshiga kelib jahonda olimlar soni qariyb olti millionga etdi, taxminan shuncha odam fanga xizmatlar ko`rsatuvchi mehnat bilan band (laborantlar, texniklar, nashriyotlarning xodimlari va h.k.). Erda qadim vaqtlardan boshlab to XXI asrning boshiga qadar yashagan olimlarning umumiy sonini olsak, ularning o`ndan to`qqiz qismi bizning vaqtdoshlarimiz ekanligi ayon bo`ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni mehnatga qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni ta`minlashga milliy daromadning 5% dan ko`prog`i sarflanadi.
Hozirgi vaqt fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush va kundalik hayotni yo`lga soluvchi qudratli kuchga aylandi. Ayni vaqtda odamlar bugun fanning qudratinigina emas, balki u bilan bog`liq bo`lgan xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o`z yutuqlari va o`zining jo`shqinligi uchun fan oldida mas`uliyatli. Ammo ilmiy haqiqat o`z holicha odamlarning ehtiyojlariga befarq. U beparvo va rahm-shafqatsiz. Ammo, I. A. Karimov ta`biri bilan aytganda, “kuch – bilim va taffakurda”8 bo`lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon etkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
SHuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko`p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli o`zini o`zi yo`q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to`xtatish kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga bo`ysundirish va balki uning qaysidir yo`nalishlarini cheklash zarurligi to`g`risidagi masala kun tartibiga qo`yilmoqda. Ilmiy izlanishning insonparvarlashuvi, uning yo`llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu davrimizning muhim muammolaridir.




  1. Yüklə 167,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin