Fan va falsafaning mutanosibligi. Ayni shu hol falsafa bilan ham, undan muayyan fanlar ilgari falsafiy tusga ega bo`lgan tadqiqot predmetlari bilan ajralib chiqqanida yuz berishini taxmin qilish o`rinli bo`ladi. Biroq, bunday hol yuz berayotgani yo`q. Tarix fan falsafadan qancha ko`proq ajralsa, unda shuncha ko`proq masala va muammolar paydo bo`lishini, ya`ni falsafa nafaqat kamaymasligi, balki, aksincha, ko`payishini ko`rsatadi. Buning sababi nimada? Bu savolga javobni fan va falsafaning o`ziga xos xususiyatlaridan, ularni alohida-alohida tavsiflovchi masalalar va ularning echimlari o`rtasidagi tafovutdan qidirish, o`rinli bo`ladi.
Fan faqat o`zi olgan haqqoniy bilimlarga va masalalarni yopuvchi muayyan natijalarga tayanishi unda o`z muammolari va «ochiq» masalalari mavjud emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega bo`lmagan falsafiy masalalardan farqli o`laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, balki puxta o`ylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan echimlar olish real yoki potentsial imkoniyatiga egadir. SHu tariqa vujudga keladigan ilmiy fanlar qaynayotgan suvdagi ko`piklar kabi kattalashib, falsafiy mushohada yuritish jabhasini, anglab etilgan narsalar anglanmagan narsalar bilan yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik doirasida javob berishning iloji bo`lmagan yangi masalalarni yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan yangi falsafiy jumboqlar sari o`tilmoqda. “Xudo bormi?”, “Haqiqat nima?”, “Ruhning tabiati qanday?” qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-kesil echish mumkin emas, balki ularni echishning umuman iloji yo`qdir, shu bois bu savollar ham javobsiz qolmoqda.
Nima uchun “balki”? kabi savollar shuning uchunki, qadimda donishmandlarni bugungi kun nuqtai nazaridan mutlaqo falsafiy bo`lmagan va tom ma`noda falsafiy sanalgan masalalar qiziqtirgan. Misol uchun: “YUlduzlar kunduzi, quyosh esa – tunda qaerga yo`qoladi?”, “Nima uchun ayrim jismlar suvda cho`kadi, ba`zi jismlar esa suvda suzadi?”, “CHopqir Axilles sudralib borayotgan toshbaqaga qanday etishi mumkin, basharti har safar ularning o`rtasidagi masofani bosib o`tish uchun u mazkur masofaning teng yarmidan o`tishi lozim bo`lsa?” va h.k. va sh.k.
Biroq bu va shunga o`xshash masalalar falsafadan tabiatshunoslik sohasiga o`tgach, ko`pincha yangi va yangi falsafiy muammolarni yuzaga keltiradi. Masalan: Er va boshqa sayyoralarni, ayni bir yo`nalishda aylantirgan kuch qaerda?
- Agar bizning quyoshimiz o`rtacha kattalikdagi yulduz bo`lsa, unga o`xshagan milliardlab yulduzlarning hech bo`lmasa ayrimlari bizning Erimizdagiga o`xshash hayot mavjud bo`lgan yo`ldoshlarga ega bo`lishi mumkinmi? Inson hatto eng yaqin yulduzlarga etishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning tsivilizatsiyasi tarixidan ham ko`proq vaqt talab etilar ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin?
Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan bo`lsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi?
Bu va boshqa ko`pgina shunga o`xshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitatsiya, qora materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o`lchovlaridagi dunyolar haqidagi har xil falsafiy g`oyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi. SHunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba`zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo`lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” falsafaga qarshi qo`yadi. Bunday qarashlar stsientistik deb, nazariy tafakkur yo`nalishi esa – stsientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Ctsientizmfan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antistsientizmfalsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e`lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.