1-mavzu: falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati


Falsafa va fanning umumiy jihatlari



Yüklə 167,87 Kb.
səhifə24/27
tarix28.11.2023
ölçüsü167,87 Kb.
#167596
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1- Mavzu

Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:
- avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
- o`rganilayotgan ob`ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo`ljal oladi;
- kategoriyalar apparatini (o`z tilini) yaratadi, o`zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o`rtasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog`lanadi, bunda uning g`oyalari, asarlari o`ziga to`q bo`lishi va ularga boshqa faylasuflar qo`shilishi yoki qo`shilmasligiga bog`liq bo`lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e`tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;
- falsafada (muayyan fanlardan farqli o`laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me`yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo`lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo`ladi;
- falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub`ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e`tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
- falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya`ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo`q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo`qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o`rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o`zi beradi, u hozirgi vaqt odami oldiga ko`p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo`lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo`yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Erda hayotning davom etishi uchun o`z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o`rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o`rtasida insoniy, yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini o`rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o`ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar avvalo Er yuzida ta`limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko`pgina faylasuflar fikriga ko`ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta`lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo`qligi yotadi. Bu muammolarni echishda falsafa ham o`z rolini o`ynashi lozim.

Yüklə 167,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin