1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi. Reja



Yüklə 108,65 Kb.
səhifə10/17
tarix04.02.2023
ölçüsü108,65 Kb.
#82783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
1 ma\'ruza IDM UZB

Ezoterizm bilan fanning o’zaro nisbati. Biri mutlaqo ideal xususiyatga ega bo’lgan, ikkinchisi esa insonning barkamollik yo’lidan o’tib, o’zini ham, Koinotni ham o’zgartirishga intilishini ifoda etuvchi ikki reallikning mavjudligi ezoterizmning asosiy g’oyasidir. Ezoterizmning ko’zga ko’rinadigan ikki vektori shundan kelib chiqadi. Ulardan biri o’ta qudratli, ongli va qobiliyatli inson g’oyasini, ikkinchisi esa – hayotni o’zgartirish g’oyasini ifoda etadi.
Agar oqilona ilmiy bilim qoida tariqasida, noemocional va shaxssiz ob`ektiv bo’lsa, ezoteriya an`anasida yashirin bilimga intilishni emocional kechinmalar, jumladan, yorug’likka, yaxshilikka intilishsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Ezoterik qarashlar ikki asosiy maqsadni ko’zlaydi: birinchisi–kundalik tajriba doirasidan tashqaridagi dalillarni aniqlashga yo’naltirilgan ma`rifiy maqsad; ikkinchisi–tashqi muhitdagi jarayonlarni boshqarish maqsadi yoki kiber-maqsad. Agar ilmiy bilim Yangi davrdan boshlab hamisha intellektual tortilishlar markazidan o’rin egallab kelayotgan bo’lsa, ezoteriya turli tarixiy bosqichlarda har xil o’rin egallagan. U dam chetga chiqarilgan, dam ma`naviy izlanishlarning markazidan o’rin egallagan.
Fan haqida so’z yuritilganida, avvalambor, uning tizimliligi qayd etiladi. Ammo bunday xossani hozirgi zamon ezoterik ta`limotlarida ham uchratish mumkin. Ko’pgina olimlarning fikricha, «qamariy» bilim hozirgi fizika singari murakkab bilimlar tizimini tashkil etadi, uning farazlari ba`zan ehtimollik bilan noehtimollik tutashgan joyda vujudga keladi.
Germetik falsafaning murakkab binosida mo’ljal olish oson emas. Amaldagi atama va tushunchalarning ma`nosini tushunishda jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud. Jumladan, E. Varshavskiy ularning quyidagi tasnifini taklif qiladi19. Ezoterik bilimning to’rt turi farqlanadi. Birinchidan, tabiatda ma`lum rasm-rusumlar yordamida uyg’otiladigan okkulьt kuchlar bilimi. İkkinchidan, kabbala, tentrik e`tiqod va ba`zan afsungarlik bilimi. Uchinchidan, mistik kuchlarning ovozda (efir), mantlarda (qo’shiq, zikr va sh.k.) ifodalangan bilimi. Boshqacha qilib aytganda, vibraciya qonunlarini bilish hamda tabiat energiyalarini va ularning o’zaro ta`sirlarini bilishga asoslangan mo’`jizaviy harakat. To’rtinchidan, Qalbni, germetizmni o’rganishni nazarda tutadigan Sharqning asl donishmandligini bilish.
Barcha okkulьt fanlar ekzoterik va ezoterikka bo’linadi. Ekzoterik fanlar tabiat hodisalarining tashqi shaklini o’rganadi; ezoterik fanlar ularning ichki mohiyatini tadqiq qiladi. Bunga fanda mavjud bo’lgan tadqiqotning empirik va nazariy darajalari o’xshab ketadi.




Yüklə 108,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin