RHEL(Oracle Linux) 5.9 operatsion tizimini sozlash
Oracle Linux(RedHatEnterpriseLinux(RHEL))5.9 o‘rnatilgandan so‘ng, qilinishi kerak bo‘lgan sozlashlarni ko‘rib chiqamiz. Bu operatsion tizimni o‘rnatish mana bu maqolada to‘liq yozib o‘tilgan.
Operatsion tizim o‘rnatilgandan so‘ng, tizimni qayta yuklash kerak bo‘ladi(ya’ni reboot). Qayta yuklash sodir bo‘lgandan so‘ng, sozlash ishlarini amalga oshirish kerakligini ko‘rsatuvchi quyidagi oyna paydo bo‘ladi.
Forward(bu yerda NEXT o‘rniga shu so‘z ekan).
Shundan so‘ng hamma dasturlarda bo‘lgani kabi litsenziya haqidagi ma’lumot ekranga chiqadi va siz yuqoridagi matnni o‘qib(kim ham o‘qirdi) rozilik bildirasiz. Forward.
Shundan so‘ng navbatdagi oyna “Firewall” haqidagi ma’lumot chiqadi.
Firewall – bu to‘siq degani. Hizmatlarni ishga tushirish yoki tushirmaslikni nazorat qilib turadi. Undan tashqari portlarni ham ko‘zdan kechirib, ularni ham bloklab qo‘yadi.
Bu oynada siz ENABLE punktini tanlab, firewall ni yoqishingiz mumkin bo‘ladi, bunda bloklash kerak bo‘lmagan xizmatlarni va portlarni belgilab chiqishingiz kerak bo‘ladi. Belgilanmagan barcha xizmat va portlar avtomat bloklanadi va ishga tushishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar siz Disable punktini tanlasangiz firewall o‘chiriladi va siz istalgan xizmatlarni(slujba) va portlarni ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Keyingi sozlashga o‘tamiz FORWARD.
SElinux ni sozlash oynasi.
Selinux – Security Enhanced linux. Bu ham xavfsizlikni oshiruvchi sozlash hisoblanadi. Bunda tarmoq bilan ishlash jarayonida bloklash ishlari amalga oshiriladi. Biz bu punktni Disable qilib, o‘chirib qo‘yamiz. Chunki biz oddiy shaxsiy kompyuter uchun operatsion tizim o‘rnatmoqdamiz. Agar serverlarga o‘rnatilish kerak bo‘lsa, sozlash ishlarini boshqacha amalga oshiramiz. FORWARD.
Keyingi sozlash amalimiz bu Kdump oynasi.
Kdump – operatsion tizim ishdan chiqganda avtomat qayta tiklash uchun ishlatiladi. Agar bu xizmatni yoqib qo‘ysangiz, xotiraning siz belgilagan qismini olib, shu yerga tizimni nusxasini oladi va kerak bo‘lib qolganda bu nusxa ishlatiladi. Kdump uchun ishlatilgan xotira boshqa ishlar uchun ishlatilmaydi. Biz bu xizmatni ishlatmaymiz, shuning uchun uni belgilamaymiz. Forward
Keyingi oyna kun va vaqtlarni o‘rnatish oynasi.
Undan tashqari bu oyna orqali NTP(network time protocol) xizmatini ham sozlasangiz bo‘ladi. Bu xizmat bir necha serverlar qo‘shilib, klaster shaklida ishlayotgan bo‘lsa, bu serverlarni vaqtini sinxronizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Davom etamiz Forward
Tizim uchun foydalanuvchi yaratish oynasi.
Root superfoydalanuvchisidan tashqari boshqa foydalanuvchi yaratish. Kerak bo‘lsa yaratamiz va Forward
Oxirgi oynamiz qo‘shimcha softlar o‘rnatish kerak bo‘lsa, disk tiqib, shu diskdan o‘rnatish kerakligini bildiruvchi oynadir. Bizning holatda bunga ehtiyoj yo‘q. Biz qolgan paketlarni tizim ichidan o‘rnatamiz. Demak dastlabki sozlash ishlari yakunlandi Finish. REBOOT