1-Mavzu. Fanga kirish. Asosiy tushunchalar. Reja


Linux ОSning asosiy kataloglari



Yüklə 132,75 Kb.
səhifə5/7
tarix06.06.2023
ölçüsü132,75 Kb.
#125561
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza-1

Linux ОSning asosiy kataloglari


/ — asosiy katalog.
/bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp,..).
/boot – Linuks yadrosi va yuklashni boshqarish (grub, lilo va boshqalar)utilitlari saqlanadi.
/dev – Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. (Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar(printer, skaner, qattiq disk ) fayl ko’rinishida saqlanadi. Kerakli qurilmani ishlashi uchun, shu qurilmaga tegishli maxsus fayl mavjud bo’lishi kerak. )
/etc – bu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning(Apache, Samba) sozlash fayllari joylashadi.
/home – operatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy xujjatlari saqlanishi lozim bo’lgan joy. Foydalanuvchi o’z xujjatlarini istalgan o’ziga yoqqan katalogda saqlashi mumkin, lekin xavfsizlik jihatidan linux ushbu joyga saqlashni maslahat beradi. Shuning uchun bu katalogga qattiq diskdan(HDD) alohida joy(razdel) ajratish lozim bo’ladi.
/home/username – username foydalanuvchisining shaxsiy katalogi. Bu katalogda foydalanuvchining shaxsiy sozlash fayllari va foydalanuvchining barcha ma’lumotlari saqlanadi. Linux ko’p foydalanuvchililik OT hisoblanadi, shu sababdan barcha foydalanuvchiga o’z shaxsiy fayllarini saqlash uchun shaxsiy katalog ajratiladi.
/root – root super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, ya’ni root foydalanuvchisining uy katalogi. Bu katalog boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy katalogidan farq qilmaydi. Root foydalanuvchisining imkoniyatlari keng bo’lganligi uchun, uning shaxsiy katalogi alohida asosiy katalog ichida joylashtirilgan.
/lib – Bu katalogda sistema kutubxonlari saqlanadi. Sistema kutubxonalari — /bin /sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim bo’lgan kutubxonalardir.
/media – Operatsion tizim, avtomat montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni(CD-ROM, USb flesh) shu katalogga montirovka(joylashtiradi) qiladi.
/mnt – agar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga “mount” buyrug’i orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi(joylashtiradi).
/opt – Katta xajmdagi dasturlar yoki katta xajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga o’rnatiladi.
/sbin – Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur bo’lgan asosiy sistemali dasturlar saqlanadi (ifconfig, iptables).
/var/www – Apache serveri orqali ishlay oladigan web sahifalar joylashadi.
/var/log – Barcha log fayllar saqlanadi.
/var/games – o’yin fayllari uchun joy.
/var – Tez-tez o’zgaruvchi fayllar uchun joy. Operatsion tizimning jurnallari, barcha log fayllar, kesh fayllar saqlanadi.
/var/cache – Operatsion tizimga o’rnatilgan barcha dasturlarning keshlari uchun joy.
/var/lib – Ish jarayonida dasturlar tomonidan o’zgarishi mumkin bo’lgan doimiy xujjatlar uchun joy(Misol uchun meta ma’lumotlar, malumotlar bazasi,..).
/var/lock – Bu katalogda dasturlar tomonidan bloklangan barcha lock fayllar joylashadi.
/var/spool — bunda qayta ishlashni kutayotgan vazifalar saqlanadi.(Misol uchun xatlarni jo’natish ketma-ketligi vazifasi yoki printerdan chiqarish ketma-ketligi,..)
/usr – Bu katalogda barcha o’rnatilgan dastur paketlari, xujjatlari, yadroning kodlari va X Window tizimi saqlanadi.
/proc – OT ning yadrosi foydalanuvchiga yetkazishi mumkin bo’lgan har xil turdagi ma’lumotlar fayl ko’rinishida shu katalogda saqlanadi. Misol uchun /proc/modules katalogida yadroning barcha yuklangan modullari ro’yxati saqlanadi, /proc/cpuinfo katalogda esa kompyuterning prostessori xaqida ma’lumot saqlanadi. Bu katalogdagi fayllar kompyuter yuklanganda hosil bo’ladi.
/lost+found – fayl tizimida yo’qotilgan fragmentlarni qayta tiklash uchun qo’llaniladigan katalog. Misol uchun biror faylni o’chirayotganda, tokning ochishi xisobiga fayl to’liq o’chmaydi, ya’ni ma’lum bir qismi qolib ketadi va shu yerga saqlanadi.
/srv — bu katalogda turli xil yashirin ishlovchi prostess ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni ko’rib bo’lmaydi chunki bu yashirin prostesslarning xech qanday interfeyslari yo’q.
/tmp – vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Windows operastion tizimidagi C disk ichidagi Windows katalogidagi TEMP katalogi bilan bir xil. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini o’qishi va katalogga yozishi mumkin.


Yüklə 132,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin