1-Mavzu: FANGA KIRISH
Reja:
1.
Fanning ta’rifi va mohiyati.
2.
Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar
3.
Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli
Tayanch so‘z va iboralar: texnologiya, axborot, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, axborotlashtirilgan jamiyat , axborotlashtirish
1.
Fanning ta’rifi va mohiyati
«Texnologiya» grekcha so‘z bo‘lib(techne) mohirlik, ustalik, biror ishni
uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo‘llanilgan. Jarayon
deganda esa maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui
tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi
va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot
shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining
majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham,
mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki xodisa
to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo‘ladi. Texnologiya xodimning
axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon
bo‘ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish
uchun jalb etish mumkin bo‘lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab
beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq emas) tabiiy
(fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy
izlanishlari natijasida to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha.
Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga
nisbatan ta’siri har xil bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki
prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi mahsulotni
olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va
qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish
jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan
asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot
ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiyalar ro‘yhatini
belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga
oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan), amalda
o‘sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim
funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‘ta
murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni
yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‘qligi
haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda,
tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo,
material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish jarayoni tushuniladi.
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini
xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul
qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |