Mavzu: Relyativistik dinamika elementlari.
momentining saqlanish qonuni:
Reja:
Mexanika. Kirish
Kinematika asoslari
Dinamika asoslari.
MEXANIKA.
Kirish
Fizika predmeti deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari hamda qonuniyatlarini o’rgatuvchi fanga aytiladi.Boshqacha qilib aytganda “Fizika” fani deb materiya harakatning mexanika va fizik shakllarini o’rgatuvchi fanga aytiladi.
Materiya harakatning quyidagi fizik turlari mavjud: mexanik, malekulyar, issiqlik, elektr, elektromagnit, atom va yadrolar ichidagi materiyalar harakatlari.
Shunday qilib, zamonaviy fizik materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning o’zaro bir-biriga aylanishi shuningdek, modda va maydon xossalarini o’rgatadi.
Fizika yunoncha “phusis”-tabiat degan so’zdan olingan bo’lib,tabiatshunoslik degan ma’noni bildiradi.Fizika fanini (kitobini) birinchi bo’lib qadimda yunon mutafakkiri Aristotil (eramizdan avvalgi 384-322 yil) o’zining 8 tomli kitobida bayon etgan.
Texnika va tabiatdagi yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo’llanilishi natijasida fizikadan fizik-ximya,astrofizika,geofizika,biofizika va hakozalar shu kabi mustaqil fanlar ajralib chiqadi.
Asrimiz fizikasining katta yutuqlaridan biri-kosmosni o’rganish natijasida yuzaga kelgan kosmofizika fanidir.
Dostları ilə paylaş: |