1-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari: Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo’shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko’proq tarqalgan. Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to’g’rilamoq zarur. Ustma-ustbirikmalar (1-rasm: a)
b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10-12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi.
Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.
Burchak hosil qilgan birikmalar (1-rasm: v). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to’g’ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo’yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).
Tavraviy birikmalar (1-rasm:g). Bunday birikmalarda payvandlanuvchi metall elementlari bir-biriga 900 li burchak ostida payvandlanadi. Payvandlanuvchi element qirrasining shakliga ko’ra qirrasi kertilmay, bir yog’i kertilib yoki ikki yog’i kertilgan bo’lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan asosiy birikmalar po’latni yoy yordamida dastaki payvandlash uchun tipaviy birikmalar hisoblanadi.
7-Mavzu: Kuchlani va deformatsiyalarning paydo bo`lish sabablari
Deformatsiya (lot. deformatio — buzilish) — 1) fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab Deformatsiya. turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin Deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik Deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik Deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism Deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik deformatsiya lanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik deformatsiya lanadi. Plastik deformatsiya temperatura, tashki kuch va deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi deformatsiya passiv (sust) deformatsiya deyiladi. deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy deformatsiya deyiladi. deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; 2)geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi.Mexanik kuchlanish - deformatsiyalangan (siqilgan, choʻzilgan va boshqalar) qattiq jism koʻndalang kesimining yuza birligiga toʻgʻri keladigan elastiklik kuchi. Ushbu S = —i£- tenglik bilan ifodalanadi, bunda Gʻe1 — elastiklik kuchi, S— yuza. Deformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil etuvchi zarralar — atom va molekulalarning maʼlum qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi zaryadlangan zarralar orasidagi elektromagnit kuchlari qarshilik koʻrsatadi. Natijada deformatsilanayotgan qattiq jismda miqdor jihatdan tashqi qoʻyilgan kuchga teng , unga qaramaqarshi yoʻnalgan ichki kuch — elastiklik kuchi vujudga keladi. Xususiy holda bir tomonlama choʻzilish (yoki siqilish)dan iborat de-formatsiyalar uchun Mexanik kuchlanish 8 ning nisbiy uzayish ye ga bogʻliqligi Guk qonuni orqali bunday ifodalanadi: 5 = Yeye, bunda Ye ~ oʻzgarmas kattalik; u deformatsiyalanayotgan sterjenning materialiga va fizik holatiga bogʻliq. Tajribalar 8 ning ye ga chiziqli bogʻlanishi faqat elastik deformatsiyaning kichik qiymatlarida aniq bajarilishini koʻrsatadi.
Nisbiy uzayishning nisbatan katta qiymatlarida va, ayniqsa, noelastik deformatsiya vujudga kelganida chiziqli boglanishdan chetlanishi kuzatiladi. Rasmda polipropilen sterjenning temperaturasi 245 K ga teng boʻlgan holati uchun Mexanik kuchlanish bilan nisbiy uzayish orasidagi bogʻlanish grafigi keltirilgan.
8-Mavzu:Payvandlashdagi deformatsiya kuchlanishlarga karshi kurash usullari