17-Mavzu: Chuyanlarni payvandlash texnalogiyasi
Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan)cho`yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan cho`yan . legirlangan (maxsus) cho`yan deyiladi.
Cho`yan kulrang , oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang cho`yan da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq cho`yan da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq cho`yan da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang cho`yan tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang cho`yan bolgʻalanuvchan va juda puxta cho`yan larga boʻlinadi. Oddiy kulrang cho`yan da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan cho`yanda — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta cho`yanda esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang cho`yan quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok cho`yan qayta ishlanuvchi cho`yan deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq cho`yan ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi cho`yan hosil qilinadi. Oddiy kulrang cho`yan harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang cho`yan ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan cho`yan BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) cho`yan ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
Cho`yanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq cho`yanlardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi cho`yanlardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda cho`yanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy cho`yan — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan cho`yan, u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion cho`yan— yeyilishga chidamli cho`yan, podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh cho`yan — tra koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan cho`yan armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh cho`yan — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh cho`yan — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan cho`yanlar jumlasiga kiradi.
Magniyli cho`yan — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) cho`yan; suyuq cho`yanga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan cho`yan grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas cho`yan — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan cho`yan; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.
Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.
18-Mavzu:Rangli metallarni payvandalash texnalogiyasi
Dostları ilə paylaş: |