Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to‘xtaydigan temperatura qabul qilingan: bu temperatura absolyut nolp deyiladi. Absolyut nolp Selpsiy shkalasi bo‘yicha – 273,15S temperaturaga muvofiq keladi. Kelvin shkalasi bo‘yicha hisoblanadigan temperatura doimo musbat bo‘ladi. U absolyut temperatura yoki Kelvin bo‘yicha temperatura deyiladi va K bilan belgilanadi.

Absolyut shkala bo‘yicha olingan temperatura bilan Selsiy shkalasi (tS) bo‘yicha olingan temperatura orasidagi bog‘lanish quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
T K =273,15+tS.
Absolyut bosim
Absolyut bosim
U jism sirtiga normal bo‘yicha ta’sir etuvchi va bu sirtning yuza birligiga nisbatan olingan kuchdan iborat. Bosimni o‘lchash uchun turli birliklar: Paskal (Pa), bar, atmosfera (1 kg/sm2), suv yoki simob ustuni millimetri ishlatiladi.
Hajm
Moddaning solishtirma hajmi moddaning zichlik birligi egallagan hajmdan iborat. Solishtirma hajm jism massasi m va uning hajmi V bilan quyidagi nisbat bilan bog‘langan.
ѵ=V/m (1.1)
Moddaning solishtirma hajmi, odatda, m3/kg yoki sm3/gr hisobida o‘lchanadi.