Sof moddaning har qanday uchta holat parametri ( P, va T) o‘zaro bir qiymat bilan bog‘langan. Bu moddalarni o‘zaro bog‘laydigan tenglama ayni moddaning holat tenglamasi deb aytiladi va uni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.
F(P, ѵ ,T)=0 (1.3)
Holat parametrlari orasidagi bog‘lanishni P,v va T koordinatalar tizimida termodinamikaviy yuza ko‘rinishida tasvirlash mumkin.
Koordinatalarning bunday turi, odatda moddalarning holat diagrammasi deb aytiladi.
XVII – XIX asrlarda atmosfera bosimiga yaqin bosimlarda gazlar o‘zini qanday tutishini tekshirgan tadqiqotchilar emperik yo‘l bilan bir qancha muhim qonuniyatlarni ochdilar.
Boyl–Mariott qonnui: o‘zgarmas temperaturada gazning berilgan massasi uchun absolyut bosimning hajmga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.
P =const (1.4)
1 mol gaz uchun holat tenglamasi.
1 mol gaz uchun holat tenglamasi.
Gaz holati tenglamasining uchinchi shakli bir mol uchun yoziladi. Shuni eslatib o‘tamizki, gazning molekulyar og‘irligiga son jixatdan teng bo‘lgan kilogrammlar miqdori mol, boshqacha aytganda kilogramm-molekula deyiladi yoki kilomol deb aytiladi. Masalan kislorod (O2) kilomoli 32 kg ga, karbonat angidrid (CO2) kilomoli 44 kg ga teng va hokazo.
Avagadro qonuniga ko‘ra bir xil temperatura va bosimdagi turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo‘ladi.
Bu ta’rifga asoslanib, bir xil temperatura va bosimlarda olingan turli gaz mollarining hajmi o‘zaro teng deb xulosa chiqarish mumkin. Agar –gazning solishtirma hajmi, –gazning molekulyar massasi bo‘lsa, u holda molyar hajmi ga teng. Ideal gazlar uchun: