1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Ri – plazmidasi asosida o‘simliklar transformatsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə44/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
биол маж лекция

4.Ri – plazmidasi asosida o‘simliklar transformatsiyasi. A. tumefaciensning Ti- plazmidalaridan tashqari A. rhizogenes agrobakteriyasidan ajratib olingan Ri plazmidalari (ingliz tilidan Root inducing – ortiqcha ildiz hosil bo‘lishini indutsirlovchilar) ham o‘simlik hujayrasiga transformatsiya bo‘lish xususiyatiga ega. Ri plazmidalar ham ildiz hosil bo‘lishini kuchaytirib, Ti – plazmidalar kabi opinlar sinteziga sabab bo‘ladi. Biroq Ri plazmidalar Ti – plazmidalardan farqli o‘laroq, onkogen emas, transformatsiyadan so‘ng o‘simlik hujayralari sog‘lom, serhosildor o‘simliklarni regeneratsiya qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda Ri- plazmidalari asosida ham o‘simliklar gen muhandisligi uchun ko‘plab vektorlar olingan.
5.DNK saqlovchi viruslar asosidagi o‘simlik vektorlari. Ko‘pchilik fitoviruslar genetik axborot tashuvchi sifatida RNK tutadilar. O‘simliklarni zararlovchi viruslarning faqat 1-2 % igina DNK saqlovchi bo‘ladi. Aynan ular rekombinant DNK olish texnologiyasida qo‘llash uchun juda qulay va o‘simliklarga genlarni ko‘chirib o‘tkazuvchi vektorlar uchun asosiy vositalar hisoblanadi. Bu borada karamguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni zararlaydigan gulkaramning CaMV (cauliflower mosaic virus) mozaika virusi eng istiqbolli bo‘lib hisoblanadi. Bu virus qismlari diametri 50 nm atrofida bo‘lib, 8000 j.n. uzunlikdagi halqasimon DNK tutadi. CaMV genomining katta bo‘lmagan hajmi bilan xuddi bakteriya plazmidasi singari virus DNK si bilan in vitro sharoitida ishlash imkoni mavjud va uni o‘simlik bargiga ishqalash orqali kiritish mumkin. Oz miqdordagi hujayralarni zararlantirish yaxlit o‘simlikni zararlanishiga olib keladi, chunki virus hujayradan – hujayraga o‘tib tez tarqaladi. Bitta o‘simlikni zararlash uchun 1- 5 mkg DNK qo‘llanilganda, agrobakteriyalar bilan zararlantirishga nisbatan bir muncha yuqori, deyarli 100 % ga etadigan samaradorlikka erishiladi.
6.Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar (transpozonlar) asosidagi vektorlar. Ac (Activator) – 1940 yillarning o‘rtalarida makkajo‘xori genomi maxsus uchastkalarida xromosomada uzilish va genomning maxsus uchastkalarida ksinillik holatini chaqirish xususiyatiga ko‘ra, birinchi marta genetik usullar yordamida Barbara Mak Klinton tomonidan identifikatsiya qilingan. As- elementi genom bo‘ylab faol transpozitsiya bo‘lish xususiyatiga ega ko‘chib yuruvchi genetik elementlar guruhiga kiritiladi.
Transpozonlarning bu oilasiga birlamchi strukturasi jihatidan As- elementiga qardosh bo‘lgan, biroq ichki rayonlaridagi deletsiyalari tufayli genomga mustaqil joylasha olmaydigan Ds – elementlari geterogen guruhi ham kiritiladi, bunda transpozitsiyalar ehtimoli faqat As – elementi maxsus oqsili transpozoaza ishtirokida amalga oshadi.
Aniqlanishicha, As–elementi makkajo‘xori o‘simligidan tashqari boshqa xil o‘simliklar: arabidopsis, sabzi, kartoshka, pomidor, sholi va h.k. genomlarida ham faol bo‘lishi mumkin ekan. Arabidopsis o‘simligi genomida As–elementi transpozitsiyasi qonuniyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, As- ko‘chib yuruvchi elementi asosidagi konstruksiyalardan nishonlangan transpozitsiyalar tizimini olishda foydalanish mumkin, shuningdek, qopqon (enhances trap lines) nomli genlar liniyalarini yaratish yangi genlar, jumladan to‘qimaga xos ekspressiya, ya’ni, ma’lum bir to‘qimalarda transkripsiya va translyasiyaga uchraydigan genlar guruhini identifikatsiya qilish imkonini beradi. SHunday qilib, muayyan to‘qimalarga xos bo‘lgan, masalan, ildiz, murtak xaltasi va h.k. to‘qimalariga xos genlar va oqsillarni identifikatsiya qilish (va kelgusida amaliyotda qo‘llash) mumkin. Bunday vektorlarda reporter genlarni qo‘llash transpozonli konstruksiyalardagi integratsiyaning yangi saytlarni belgilash va insersiya joylarini aniqlash imkonini beradi. Ular funksional genlarning ketma-ketligi atrofi yoki bevosita o‘ziga o‘tib olib, uning keyingi klonlanishi va sekvens qilinishiga sharoit yaratadi, shuning uchun bunday tipdagi plazmida- vektorlarni - gen tutgich (qopqon) deb ataladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin