1-MAVZU. GARMONIK TEBRANISHLAR. TEBRANISHLARNI QO’SHISH.
SO’NUVCHI VA MAJBURIY TEBRANISHLAR. ELEKTROMAGNIT
TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR.
Tekshirish
uchun savollar
1. Qanday tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi? Garmonik tebranishlar asosiy
tushunchalarini ta`riflang (siljish,
amplituda, faza, davr, chastota, siklik chastota).
2. Tebranma harakat qilayotgan nuqtaning siljish vaqtga qanday bog'langan?
3. Garmonik tebranishlarning siljishi tenglamasi qanday yoziladi?
4. Garmonik tebranishlarning grafik ifodasi qanday bo‘ladi?
5. Tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning siljishini, tezlikni va tezlanishini yozing.
6. Garmonik tebranishlarni amalga oshiri uchun qanday shart bajarilishi kerak?
Qaytaruvchi kuch nima?
7. Fizik va matematik mayatniklarning xususiy tebranishlar davri qanday topiladi? Fizik
mayatnikning keltirilgan uzunligi deb nimaga aytamiz?
8. Tebranishlar davri bir xil bo‘lgan, bir to‘g'ri chiziq bo‘ylab tarqalayotgan tebranishlar
qo‘shilganda natijalovchi tebranishlarning amplituda qiymati nimaga teng?
9.
Fazalar farqi
ga teng va tebranishlar davri bir xil bo‘lgan o‘zaro perpendikulyar
tebranishlarda ishtirok etayotgan nuqtaning harakat tenglamasi va uning traektoriyasini
tushuntiring. Qanday vaqtda tepkili tebranish hosil bo‘ladi?
10. Tepkili tebranish chastotasi va amplitudasi qanday bo‘ladi? Tepkili
tebranish grafigi,
hosil bo‘lgan murakkab tebranishlarning chastotasi nimaga teng?
11. Tebranishlar sistemasining energiyasining formulasi qanday ko‘rinishda? U qanday
parametrlarga bog'liq?
12. Garmonik tebranishlarda mexanik energiyani bir turdan
ikkinchi turga aylanishini
tushuntiring.
13. Qanday tebranishlar so‘nuvchi deb ataladi? Nima uchun so‘nish vujudga keladi? So‘nish
koeffitsiyentini fizik ma`nosi nima va u qanday aniqlanadi? So‘nuvchi tebranishlarni
chastotasi qanday ifodalanadi? Erkin (so‘nuvchi) tebranishlarning
chastotasi qanday
ifodalanadi?
14. Qanday tebranishlar majburiy deb ataladi? Ularning amplitudasi qanday aniqlanadi? Siljish
bilan majburlovchi kuch o‘rtasidagi fazalar farqi nimaga teng? Rezonans hodisasi deb nimaga
aytiladi va u qachon vujudga keladi? Rezonans chastotasi nimaga teng?
15. Tebranish konturida aktiv qarshilik bo‘lmaganda tebranish jarayonini tushuntiring. Zaryad,
kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari qanday o‘zgaradi? Tebranish konturida erkin
elektromagnit tebranishlar davri qanday aniqlanadi? Tebranish
konturida energiya qanday
o‘zgaradi?
16. Mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun erkin va majburiy tebranishlar differensial
tenglamalari keltirib chiqarilsin.
17.
5. So‘nuvchi
tebranishlarda zaryad, kuchlanish va tok kuchi qiymatlari vaqt bo‘yicha qanday
o‘zgaradi? Tebranishning logarifmik dikrementi nimaga teng va uning fizik ma`nosi qanday?
So‘nish koeffitsiyentini tushuntiring.
18. Vektor diagramma orqali majburiy elektromagnit tebranishlarni tushuntiring. Majburiy
tebranishlarda tokning maksimal qiymati nimaga teng? Kuchlanish, tok kuchi va zaryadlarning
maksimal qiymatlari o‘zaro qanday bog‘langan?
19. Kuchlanish va tok kuchining rezonansi tushuntirilsin.