oddiy tushunehaga tayanib olib boriladi. Ko'rilayotgan tushunchani tushuntirish uchun shaklning namoyish qilishga mo'ljallangan yoki yakka tartibdagi
modellaridan foydalaniladi.
Rasmlarni bir-biri ustiga qo'yish yo'li bilan bolalar ikki shaklning
yuzasi teng ekanligiga, to'rtinchisi esa beshinchidan kichik, beshinchining
ichiga sig'a olishini ko'radilar. O'qutuvchi shakllarni yuzasi oshib borishi tartibda joylashtirishni va ularni raqamlar bilan belgilashni taklif etadi.
Bunday mashqlar jarayonida bolalarning yuza haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiriladi. Shundan so’ng turli shakllarning yuzalarini taqqoslashni taklif
etadi. Buning uchun ushbu shakldagi kataklar sonini sanab chiqish lozimligini bolalarning o'zlari anglab etadilar_ Shakl yuzasi qancha katta bo'lsa,
kataklar soni ham ko'p bo'ladi. Buning oqibatida yana bir o'lcham - uchburchakni ham tanlash imkoni tug'iladi. Yuzalarni
taqqoslashda bir xii
o'lchamdan foydalanish zarurligiga bolalar diqqatini qaratish lozim. Buning uchun turli kvadratlarga taqsimlangan namoyish shakllardan foydalanish
mumkin. Bolalar kesma uzunligi bilan tanishish davrida bajargan mashqlardan foydalanish mumkin. «Uch o'quvchi bir maydon yuzasini o'lchadilar,
ulardan birinchisining javobi 8, ikkinchisi 4, uehunchisi 2 edi. Nega bunday bo'ldi? Bolalarning qay biri yuzani to'g'ri o'lchadi? (shakl daftarga
chiziladi) o'quvchilar o'lchov vaqtida uchchala bola o'z o'lchamidan foydalarganligi tufayli uch xii javob olinganini tushunib yetadilar. O'qituvchi
uchchala o'lchamlarni turli ranglarga bo'yaydi. Bu kabi mashqlar o'quvchilarni o'lchov uchun yagona birlik - 1 kv. sm (har tomoni bir sm. o'lchov
birligi) ni umumiy o'lchov birligi sifatida qabul qilish fikriga olib keladi. Har bir o'quvchida bir kv.sm o'lchov modeli bo'lishi kerak. Maydon yuzini
o'ichash jarayonini o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirishlari uchun bolalarga turli
xil geometrik shakllar berilib, ularni 1 kv. sm model bilan
o'lchash tavsiya etiladi. Bu topshiriq shu tomoni bilan ma'lumki, shakllar yuzasini o'lchash davomida ular shakl maydoni qancha kvadrat santimetrdan
iborat ekanini bilishga harakat qiladilar. O'quvchilar 1 kv. sm o'lcham modelni
figura yuzasiga joylashtirib, hisoblab chiqishlari qiyin. Kvadrat to'r
kataklar chizilgan yupqa qog'ozdan foydalanish esa ancha qulay ekanini tushunib yetadilar. Shu bilan bolaiar paletkadan foydalanishni o'rganib, uning
yordamida turli shakllar yuzasini topish bo'yicha mashqlar bajaradilar. To'g'ri burchakli to'rtburchaklar yuzasini aniqlashda amaliy usullardan
foydalanish lozim. Bu usul to'g'ri to'rtburchakda nechta 1 kv.sm modul o'lchami borligini ko'rsatadi. Buni yana ham qulayroq yo'l bilan, ya'ni
to'rtburchak enini bo'yiga ko'paytirish bilan ham topish mumkin.