a) Geometrik shakllar va ulaming elementIari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o'rganiladi, geometrik shakllami tanib olish va o'zaro
farqlash ko'nikmalari shakllanadi.
b) Katak daftarda chizg'ich va uchburchak shakllami yasash.
d) Shakllami guruhlarga ajratish.
e) Shakllarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa shakllar yasash.
t) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.
g) (4-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalami o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida geometrik tasavvumi shakllantirish metodikasida ma'lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon
va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.
Geometrik elementlarni o'rganishda quyidagi metodlardan masalan, geometrik
modellashtirishdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastilin va
simlardan shakllarning modellarini yasash, qog'ozda geometrik shakllarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvumi rivojlantirishga omil bo'ladi.
Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki,
bolalar
ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik shakllaming barcha
sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvuming to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan, to'g'riburchakli to'rtburchakni o'rganishjarayonida bolalar
uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan-sinfga o'tgan sari o'zgarib boradi. Masalan, «kesma», «burchak»,
"ko'pburchak" kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol
berish noto'g'ri bo'lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o'z bilimi doirasida javob
bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).
Quyi sinf o'quvchilarini geometrik shakllar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo'igan harakat nafaqat
dasturiy talablami oshirishga, shu bilan
birga materialni noto'g'ri o'zlashti-rishga qadar xatolarga yo'l qo'yishga, masalan, o'quvchilar kvadratning to'g'ri burchakli to'rtburchak ekanligini
sezmaydilar, kO'pburchakli shakllar hisobiga faqat besh-olti burchakli shakllami kiritadilar.
Boshlang'ich sinflarda geometrik materialni o'rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to'g'ri va to'g'ri bo'lmagan burchaklar, ko'p burchakli
shakllar (burchaklar soniga ko'ra uchburchak, to'rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar.
Mashg'ulotni shunday
tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak yoki ko'pburchakli shakl deb atay
olsinlar.
Geometrik materialni o'rganishda chizma va o'lchov asboblarini qo'llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik shakllar tasvirini yasash bilan
bog'liq bo'lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko'nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda bajarilayotgan ishlarni so'zlar
bilan
tariflay olish, dasturda ko'zda tutilgan simvolika(belgi, ramz) va atamalarni qo'llay olish muhim ahamiyatga egadir.
Shuni ham nazarda tutish zarurki, boshlang'ich sinflarda olingan geometrik shakllarni yasash va o'Ichashga doir ko'nikmalar bolalar ongida uzoq
vaqtlar saqlanib qoladi.
Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari
chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqIik biIan o'Ichash ko'nikmasiga ega bo'lishlari kerak. Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni
bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash
ko'nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo'yish kerak.
Chizish va o'Ichashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning
uchun nafaqat matematika, boshqa
fanlardan,
jumladan,
mehnat
darsi,
tasviriy
san'at,
tabiatshunoslik
mashg'ulotlaridan
ham
foydalanish
lozim.
Dostları ilə paylaş: