3.3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) ilk davlatlar bilan bir paytda obyektiv reallik sifatida paydo bо‘lgan keng kо‘lamdagi rang-barang aloqalar va munosabatlarning muhim tarkibiy qismini ifodalaydi. Uzoq tarixga nazar tashlar ekanmiz, qadimgi sivilizatsiyalar eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardayoq iqtisodiy sohada о‘zaro aloqalar olib borishganiga doir bir talay misollarga duch kelamiz, chunki ular hoh Qadimiy Misr yoki Shumer madaniyati bо‘lsin, xoh Ind vodiysi madaniyati yoki Shan-In davridagi Xitoy bо‘lsin, kelib chiqishining avtonomligi va jug‘rofiy jihatdan ajralganligiga qaramasdan, bir-birlari bilan xо‘jalik munosabatlarini о‘rnatishga va ularni keyin ham davom ettirishga intilishgan.
Juda kо‘p manbalar shundan guvohlik beradiki, ahyon-ahyonda tartibsiz tabiatdagi natural tovar ayirboshlash kо‘rinishdagi munosabatlar о‘rniga asta-sekin antik davr (eramizdan avvalgi I minginchi yillar - eramizning I minginchi yillarining о‘rtalari)ga xos bо‘lgan tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi asosidagi doimiy xо‘jalik aloqalari vujudga keladi.
О‘rta asrlarning boshlanishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilgarilanma harakatida iqtisodiyotning yalpi naturallashuvi, mulkning korporativ-tabaqalangan tuzilmasi va ijtimoiy munosabatlarning sakralizatsiyasiga (osvyasheniye, priobsheniye k miru religioznogo, svyashennogo) asoslangan orqaga chekinishni keltirib chiqardi. Biroq shaharlarning о‘sishi va savdo-sudxо‘rlik kapitalining rivojlanishi Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar ochilgan davrda mamlakatlar о‘rtasida iqtisodiy sohadagi aloqalarning misli kо‘rilmagan darajada kengayishiga va Yevropadagi yetakchi davlatlar: Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Fransiya va Britaniyaning kolonial imperiyalari tashkil topishiga poydevor yaratdi.
Aynan ana shu omil, shuningdek, ishlab chiqarish, transport va aloqa vositalarida ulkan olg‘a siljishni ifodalagan XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi sanoat tо‘ntarishi (inqilobi) zamonaviy kо‘rinishdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi uchun zarur bо‘lgan muhit sifatida global iqtisodiy makrotizimni yuzaga kelish jarayoniga hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatdi. Shunday qilib, insoniyatni XIX-XX asrlar bо‘sag‘asida taraqqiyotning industrial davriga о‘tishi an’anaviy kо‘rinishdagi hududiy xо‘jalik tizimlari evolyusiyasidan oldingi davrga yakun yasadi, jahon miqyosida Yevropa (tо‘g‘rirog‘i, ingliz-amerika) bozor iqtisodiyoti modelining g‘alabasini ifodaladi.
Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan Yevropa, Shimoliy Amerika va ma’lum darajada, Yaponiya milliy xо‘jaliklarini, ikkinchi tomondan keng kо‘lamdagi mustamlaka periferiyalarini о‘z ichiga olgan jahon iqtisodiy kompleksi (majmuasi)ning yuzaga kelishi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining shunday kо‘rinishining yaralishiga olib keldiki, bu kо‘rinish shu holatda ma’lum о‘zgarishlar bilan hozirgi kunda ham mavjud bо‘lib kelmoqda. Albatta, о‘tgan о‘n yillik davr xalqaro iqtisodiy munosabatlar tabiati va tuzilmasiga ma’lum о‘zgartirishlar kiritdi. Mustamlakachilik imperiyalarining tugatilishi va rivojlanayotgan mamlakatlar (180 dan ortiq) deb atalmish guruhlarning vujudga kelishi natijasida iqtisodiy aloqalar uch iqtisodiy markaz, ya’ni AQSH, Yevropa, Yaponiya bilan Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasidagi yosh davlatlar о‘rtasidagi aloqalar kо‘rinishini oldi. SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sotsialistik mamlakatlarning tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yо‘liga о‘tishi rejali-buyruqbozlik xо‘jaligining samarasiz ekanligi va rivojlanishning bozor modeliga keng kо‘lamda о‘tish muqarrar ekanligini namoyish qildi. Va, nihoyat, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning chuqurlashuvi bilan birga kuzatiluvchi ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi bir qator integratsion guruhlar, shuningdek, universal va ixtisoslashgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar paydo bо‘lishini rag‘batlantirdi.
Globallashuv jarayonlarining tezlashishiga bir necha omillar ta’sir etadi, bu omillarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
• yopiq tipdagi milliy iqtisodiyotdan ochiq iqtisodiyotga о‘tish;
• xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
• davlat tomonidan tartibga solish usullarining takomillashuvi;
• transmilliy korporatsiyalarning paydo bо‘lishi;
• baynalmilal iqtisodiy ayirboshlash mexanizmlarining vujudga kelishi;
• fan va texnikaning rivojlanishi.
Davlatlarning yopiq tipdagi xо‘jalik tizimi (avtarkiya)dan qutulishga intilishi haqida gapirganda, yetakchi mamlakatlar о‘z siyosatlarida global bozor makrotizimini qurishning asosiy sharti bо‘lgan barcha uchun barobar raqobat muhitini saqlash yoki yaratishni ilgari suruvchi «ochiq EShlar» va «teng imkoniyatlar» tamoyillarini amalda qо‘llaganliklarini qayd etib о‘tish kerak.
Xalqaro mehnat taqsimotiga kelsak, iqtisodiy turmushning ushbu favqulodda hodisasi xо‘jalik taraqqiyotining ilmiy-texnikaviy tarkibiy qismi birinchi darajali ahamiyat kasb etganligi tufayli yangi sifatlarga ega bо‘ldi. Natijada, milliy iqtisodiyotlarning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan tabiiy-jug‘rofiy omil ikkinchi darajali bо‘lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng, transmilliy korporatsiyalar (TMK) nomini olgan xalqaro monopolistik guruhlar davlat chegaralarini kesib о‘tish orqali sayyoramizning barcha mamlakatlari va hududlari bо‘ylab menejment va marketingning yangi uslublarini tarqatish yо‘nalishida globallashuv jarayonlariga ta’sir etmoqda.
Xо‘jalik sohasida baynalmilal ayirboshlash mexanizmlari sezilarli darajada murakkablashdi - kо‘plab yangi huquqiy meyor va tartiblar paydo bо‘ldiki, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olindi hamda iqtisodiy masalalar bо‘yicha ikki va kо‘p tomonlama bitimlarda mustahkamlandi.
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi.
Global xо‘jalik makrotizimi tuzilmasini tabiiy ravishda murakkablashuvi bozor muhiti funksiyalarining tabaqalanishi bilan birga kuzatiladi. Bu funksiyalarning asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• indikativ – bozor agentlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, vositachilar va iste’molchilarni tovar va xizmatlarga talab va taklif tamoyillari yо‘nalishi tо‘g‘risida axborotlardan xabardor qilish;
• tartibga solish – jahon narxlari harakatiga ta’sir о‘tkazish;
• kommunikativ – harakatdagi bozor agentlari о‘rtasida aloqalarni ta’minlash;
• sanatsiyalash – raqobat kurashi jarayonida bozorning «о‘z-о‘zini davolashi» jarayoni, ya’ni iqtisodiy jihatdan samarasiz kompaniyalarni bartaraf etish va talabga ega bо‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishni tо‘xtatish.
Qisqacha xulosalar:
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi. Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda.
Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar.
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi.
Nazorat savollari:
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy belgilari nimalarda namoyon bо‘ladi?
2. Baynalminallashuv jarayonining rivojlanish bosqichlarini tavsiflang?
3. Nima uchun globallashuv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi?
4. Globallashuv jahon iqtisodiyotining qaysi jabhalarida namoyon bо‘lmoqda?
5. Globallashuv va integratsiyalashuv darajalariga tavsif bering?
6. Globallashuv jarayonlarining yanada avj olishiga qanday omillar tо‘sqinlik qilmoqda?
7. Jahon xо‘jaligi globallashuvining milliy iqtisodiyotlarga ta’siri yо‘nalishlarini tavsiflang.
8. Globallashuvning iqtisodiy-tashkiliy, texnologik, ijtimoiy-ma’daniy va siyosiy jihatlarini tavsiflang.
Dostları ilə paylaş: |